Rekuperativ (tarmoqqa energiyani rekuperatsiya qilish orqali to’xtatish) rejimida (xarakteristikani II qismi) w>wo bo’lgani uchun EYuK manba kuchlanishidan katta bo’ladi, tok va mo ment o’zlarini yo’nalishlarini teskarisiga o’zgartiradi. Dvigatel ishchi mexanizmdan mexanik energiya olib uni elektr energiya ko’rinishida tarmoqqa beradi.
Qisqa tutashuv rejimi (xarakteristikani V nuqtasi) co=0 va E=0 bo’lganda vujudga keladi. Bu rejimda elektr energiya tarmoqdan olinib issiqlik ko’rinishida yakor zanjiridagi qarshiliklarda tarqaladi. Dvigatel validan mexanik energiya uzatilmaydi.
Teskari ulab to’xtatish rejimi -w<0 bo’lganda boshlanadi. Tezlik yo’nalishining o’zgarishi hisobiga EYuK ham o’zining qutblarini o’zgartiradi. Yakordagi tok, kuchlanish va EYuK bilan yo’nalish bo’yicha mos tushadi va ularni birgalikdagi ta'siri orqali aniqlanadi.
Dinamik to’xtatish rejimi dvigatelning yakori tarmoqdan uzilib va uni qo’shimcha qarshilikka ulanganda hosil bo’ladi.
Shunday qilib MU UTD ni to’xtatish rekuperativ, teskari ulab to’xtatish va dinamik to’xtatish rejimlari orqali amalga oshiriladi.
Dvigatelningyurg’izish tokini chegaralash. Agar dvigatel kuchlanishi U bo’lgan tarmoqqa ulansa ishga tushirishni boshlang’ich paytida yakor o’zini tinch xolatdagi enertsiyasini saqlashi (n = 0) sababli Е = 0 bo’lib dvigatelni toki yakorning qarshiligi bilan cheklanadi, ya'ni Iit= Ikt= U / Rya, bu tok yakorning qisqa tutashuv toki ham deyiladi. U (18 ^ 20) Iya.nom ga teng. Yakor chulg’amini bunday katta tokdan saqlash maqsadida yakor chulg’amiga ketma-ket qilib ishga tushirish qarshiligi (reostat) ulanadi. Ishga tushirishni boshlang’ich paytida yakordagi tok Iya= U / (Rya+ Rt). Ishga tushirish tokini qiymati esa Iit = (1,5 ^ 2) Iya.nom bo’lishi kerak. Ma'lumki, dvigatel aylanish tezligi ortgan sari yakordagi tok va aylantiruvchi mo ment kamaya boradi. Aylantiruvchi momentni bir me'yorda ushlab turish uchun ishga tushirish reostati qarshiligini kamaytira boriladi va dvigatel nominal tezlikka erishganda Ritq 0 bo’ladi.
Dvigatelning elektromexanik va mexanik xarakteristikalarini ifodalovchi formulalar kuchlanishlar tenglamasi U = E + IR, yakor EYuK si Е = kFw va dvigatel momenti M = kFI ifodalaridan foydalanib (bunda yakor reaktsiyasi hisobga olinmaydi, dvigatel validagi moment elektromagnit momentga teng deb faraz qilinadi) keltirib chiqariladi va ular mos ravishda quyidagicha ifodalanadi:
w = (U - IR) / kF (2.1)
w = U / kF - MR / (kF)2 (2.2)
Tok va moment mutanosib bo’lgani uchun ularni bitta to’g’ri chiziq ko’rinishida tasvirlash mumkin.
Rasm 2.3 da dvigatelning yakor zanjiri har xil qarshiliklarga ega bo’lgandagi xarakteristikalari tasvirlangan. Rasmdan ko’rinadiki, yakor zanjiridagi qarshilik ortgan sari burchak tezlik va xarakteristika qattiqligi kamayadi, xarakteristikalar w0 dan boshlanadi.
Rasm 2-3. Dvigatelning yakor zanjiri har xil qarshiliklardagi xarakteristikalari.
Bunday xarakteristikalarga reostat xarakteristikalar deyiladi. Bunda yakor toki quyidagicha aniqlanadi
Iya = (U- ye) / R (2.3)
Mexanik va elektromexanik xarakteristikalarining abstsissa o’qi bilan kesishish nuqtasi qisqa tutashuv rejimidagi moment (Mk) va tokni (Ik) ifodalaydi, bunda tok
Ikt = U / (R-Rt) (2.4) formula bilan aniqlanadi.
Rasm 2-4 da MU UTD ni turli magnit oqimlarida elektromexanik va mexanik xarakteristikalari keltirilgan. Bunday xarakteristikani qurishda uyg’otish toki kuchini ozaytirish hisobiga magnit oqimi nominalga nisbatan kamaytiriladi. Rasm 2-4 a dan ko’rinadiki, magnit oqimi kamaytirilganda dvigatelni ideal salt yurish burchak tezligi (w0) oshadi. Qisqa tutashuv toki magnit oqimiga bog’liq bo’lmaydi. Shuning uchun, barcha sun'iy elektromexanik xarakteristikalar Ikt bo’lgan nuqtadan o’tuvchi to’g’ri chiziqlar to’plamidan iborat bo’ladi.
Qisqa tutashuv momenti esa magnit oqimi kamaytirilganda, kamaya boradi. Mexanik xarakteristikada rasm 2-4 b da ko’rsatilgan ko’rinishdagi to’g’ri chiziqlardan iborat bo’ladi.
Magnit oqimini o’zgartirish asosan tezlikni rostlash uchun qo’llaniladi, bu usul sodda va tejamli bo’lgani uchun elektr yuritmalarda keng qo’llaniladi.