Rostlash diapazoni D-dvigatel validagi yuklamani berilgan chegarasida maksimal wmax va minimal wmin tezliklarni nisbati bilan aniqlanadi, Dq wmax G’wmin;
Rostlash ravonligi. U rostlashdagi ikki yonma-yon (I va i-1) burchak tezliklari qiymatlarining nisbati bilan topiladigan rostlashning ravonlik koeffitsienti bilan aniqlanadi, K=Qi/wi-1;
Tezlik stabilligi (barqarorligi) dvigatel tezligini, uning validagi yuklama momentini belgilangan chetga chiqish orqali o’zgarishi bilan xarakterlanadi va mexanik xarakteristikalarni bikrligi bilan aniqlanadi;
Tezlikni rostlash yo’nalishi olinayotgan sun'iy xarakteristikalarni tabiiy xarakteristikaga nisbatan joylashishi bilan aniqlanadi;
Tezlikni rostlashning iqtisodiy tejamliligi. Avtomatlashtirilgan elektr yuritmani yaratish va uni ishlatish uchun qilingan kapital sarflar va rostlashdagi quvvat yo’qotishining qiymatini taqqoslash orqali baholanadi.
O’zgarmas tok elektr yuritma tezligini rostlash
O’zgarmas tok elektr yuritmalarida dvigatel tezligini yakor zanjiridagi qarshilik miqdori, qo’zg’atuvchi magnit oqimi va yakor zanjiri kuchlanishini o’zgartirish usullari bilan rostlash mumkin.
Dvigatel tezligini yakor zanjiridagi qarshilik miqdorlarini o’zgartirish yordamida rostlash o’zini soddaligi bilan ajralib turadi va amalda keng qo’llaniladi. Ma'lumki, dvigatelni salt yurish tezligi w0=U/(kF) yakor zanjiridagi rezist or qarshiligiga bog’liq bo’lmaydi, tezlikni o’zgarishi (pasayishi) esa Лш = IR / (kF) yakor zanjiridagi rezistor qarshiligiga bog’liq (Rasm 4.1) va qarshilik qancha katta bo’lsa, shunga ortadi. Yakor zanjiridagi rezistor qarshiligini (R) o’zgarishi bilan (bunda In=e onst) dvigatel no minal burchak tezligini (wn) o’zgartiriladi.
Bu usulda tezlik rostlanganda tezlikni rostlash diapazoni unga katta bo’lmaydi. Tezlikni rostlash yo’nalishi tabiiy xarakteristikadan pastga bo’ladi. Tezlikni rostlash ravonligi R ning o’zgarish xarakteriga bog’liq bo’ladi, odatda bu usul tezlikni bosqichli rostlashni ta'minlaydi.
Tezlikni barqarorligi rostlash diapazonini ortishi bilan kamaya boradi. Tezlikni ideal salt yurish tezligiga nisbatan ikki marta kamaytirilganda (D=2:1) tarmoqdan iste'mol qilinayotgan butun quvvatning yarmi dvigateldagi quvvat yo’qotishini qoplash uchun sarflanadigan, ya'ni FIK 50 foizdan ortmaydi, rostlash diapazonini ortishi bilan esa, u yana ham ko’p darajada kamayadi.
Rasm 4-1 . Mustaqil qo’zg’atishli UTD ni qo’zg’atish tokini rostlash sxemalari: a-qo’zg’atish chulg’ami zanjiriga rezistor ulash orqali, va b-
boshqariladigan to’g’rilagich (BT) orqali.
Dvigatel tezligini magnit oqimini o’zgartirish bilan rostlash usuli elektr yuritmalarda, o’zining soddaligi va tejamli bo’lganligi uchun keng qo’llaniladi. Bu usulda magnit oqimi nominalga nisbatan qo’zg’atish toki kuchini ozaytirish hisobiga kamaytiriladi. Qo’zg’atish tokini rostlash uchun qo’zg’atish zanjiriga qo’shimcha qarshilik (Rkk) ulash yoki qo’zg’atish chulg’amini boshqariladigan to’g’rilagich (BT) orqali kuchlanish bilan ta'minlash lozim. To’g’rilagichni chiqish signali (Uchik) boshqarish signali (Ubosh) orqali rostlanadi. Bu sxema berk boshqarish tizimli elektr yuritmalarda ishlovchi katta quvvatli dvigatellarni qo’zg’atish tokini keng ko’lamda rostlash uchun qo’llaniladi.
Rasm 4-1 da UTD ni qo’zg’atish tokini rostlash sxemalari ko’rsatilgan. Ushbu rostlash usulini ko’rsatkichlari quyidagicha:
tezlikni rostlash diapazoni - D =3-4:1;
tezlikni rostlash diapazoni - tabiiy xarakteristikadan yuqoriga;
tezlikni barqarorligi - ancha yuqori, u magnit oqimini pasayishi bilan kamayadi;
usul texnik - iqtisodiy tejamli, uni amalga oshirish katta kapital sarflarni talab qilmaydi, bu usulda sezilarli quvvat yo’qotishlar kuzatilmaydi.
O’zgartirgichlar va maxsus sxema yordamida o’zgaruvchan tok elektr yuritmalar tezligi
rostlash
O’zgaruvchan tok elektr yuritmalar tezligini o’zgartirgichlar va maxsus sxemali «generator- dvigatel», «tiristorli o’zgartirgich-dvigatel» tizimlari yordamida rostlanadi.