Elektr yuritmaning energetik ko’rsatkichlari
Hozirgi vaqtda elektr yuritmalar ishlab chiqarilayotgan elektr energiyani asosiy iste'molchisi hisoblanadi. Shuning uchun elektr yuritmalarni asosiy energetik ko’rsatkichlarini aniqlash va ularni ko’tarish usullarini topish amaliy ahamiyatga ega.
Elektr yuritmalarni asosiy energetik ko’rsatkichlariga quvvat yo’qotishlar, foydali ish koeffitsienti va quvvat koeffitsienti kiradi.
Elektr yuritmalarni energetik ko’rsatkichlari uni ish rejimiga, yuklamani o’zgarish xarakteriga va koordinatasini rostlash usuliga bog’liqdir. Ma'lumki, elektr yuritmalar rostlanmaydigan va rostlanadigan turlarga bo’linadi. Ularni energetik ko’rsatkichlari normal (o’rnatilgan) va o’tish rejimlari uchun aniqlanadi.
Rostlanmaydigan elektr yuritmalarni o’rnatilgan ish rejimidagi energetik
ko’rsatkichlari
Rostlanmaydigan elektr yuritmalarda umumiy quvvat isrofi elektr yuritma elementlari, shu jumladan dvigateldagi va mexanik uzatmadagi quvvat isroflari yig’indisidan iborat bo’ladi.
Mexanik uzatmadagi quvvat isrofi AR
mex asosan harakatlanuvchi qismlardagi ishqalanish bilan aniqlanadi va uzatilayotgan momentga bog’liq bo’ladi. Mexanik uzatmadagi
isrof FIK bilan baholanadi, turli mexanik uzatmalar uchun FIK qiymatlari ma' lumotno malarda keltiriladi.
Elektr dvigateldagi quvvat isrofini shartli ravishda o’zgarmas va o’zgaruvchan qismlarga bo’lish mumkin, ya'ni
ARd= K + V. (7.1)
O’zgarmas isrof (K) bu dvigatel tokiga bog’liq bo’lmagan va uni yuklamasi bilan aniqlanadigan isrofdir. Bu isrofga po’lat magnit o’tkazgich va podshipniklardagi ishqalanishdan mexanik quvvat yo’qotishlar kiradi. Sinxron dvigatellar va o’zgarmas tok dvigatellar (mustaqil qo’zg’atishli) uchun qo’zg’atish chulg’amidagi isrof ham doimiy quvvat yo’qotishga kiradi. O’zgarmas quvvat yo’qotish qiymati amalda o’zgarmas bo’lmaydi., u dvigatelni tezligi va dvigatel iste'mo l qilayotgan kuchlanish amplitudasi va chastotasiga bog’liq bo’ladi. Lekin o’zgarmas quvvat isrofi juda kam miqdorda o’zgargani uchun o’zgarmas deb qabul qilinadi va u nominal doimiy isrofga teng deyiladi.
Dvigatelni mis chulg’amlarida undan o’tayotgan yuklama toklari sababli ajralayotgan isrof o’zgaruvchan quvvat isrofi (V) deyiladi.
Turli dvigatellar uchun umumiy xolda o’zgaruvchan quvvat isrofini quyidagicha ifodalash mumkin.
V=Vn-X
2 (7.2) bu yerda: V
n-no minal o’zgaruvchan quvvat isr ofi X-dvigatellar tok karraligi.
Dvigateldagi to’la quvvat yo’qotishlarni quyidagicha aniqlanadi
ARd = K + Vn • X
2= Vn(a + X
2) (7.3) bu yerda a = K / V
n - isrof koeffitsienti, turli dvigatellar uchun a = 0,5 ^ 2.
Dvigatel no minal ish rejimida ishlagandagi quvvat isr o fi dvigatelni pasport ma'lumotlari bo’yicha quyidagicha aniqlanadi:
ARn= Rn (1 - hn) hn (7.4)
O’zgarmas (doimiy)
quvvat isrofi
K = AR
n - Vn. (7.5)
Dvigatel doimiy yuklamada ishlagan vaqt uchun energiya isrofi
AA = AR • t (7.6)
Dvigatel tsiklli o’zgaruvchan yuklamada ishlaganda
Do'stlaringiz bilan baham: