RAQOBAT USTUNLIGIDETERMINATLARIOMILLARINING POG ONALARI
Omillarning raqobat ustunligini yaratishdagi uzoq muddatli rolini tushunish uchun omillarning turlarini farqlab olish
tobora muhim bo'lib bormoqda Bunda omillarni farqlashning ikkita muhim printsipini ajratishadi. Birinchisi - omillarni asosiylar
va rivojlanganlarga bo'lish. Asosiy omillar - tabiiy resurslar, iqlim sharoitlari, mamlakatning jo'g'rofiy holati, malakasiz va yarim
malakali ishchi kuchi va debet kapitali shular jumlasidandir. Rivojlangan omillarga axborot amlashishning zamonaviy
infrastrukturasi (raqamli asosda axborot amlashish), yuqori ma’lumotli xodimlar, (oliy ma’lumotli injenerlar, komp yu erlar
bo'yicha mutaxassislar va sh.k.) va universitetlarning murakkab fanlar bilan shug'ullanuvchi tadqiqot institutlari kiradi.
Asosiy omillar mamlakatga tekin tushadi yoki ularni yaratish kam xususiy va davlat mablag'larini talab qiladi. Bunday
omillar yo mamlakat raqobat ustunligi uchun katta ahamiyatga ega emas yoki ular tomonidan yaratiladigan ustunliklar
barqaror emas.
Asosiy omillar o'z ahamiyatini qazib oluvchi tarmoqlarda va qishloq xo'jaligi bilan bog'liq tarmoqlarda (masalan,
o'rmon sanoati yoki soya yetishtirish), shuningdek, texnologiya va ishchilarning ko'nikmalariga talab unchalik baland
bo'lmagan, qo'llaniladigan texnologiya esa keng tarqalgan tarmoqlarda saqlab qoladi. Bunga misol - alohida murakkab
loyihalash ishlari talab qilinmaydigan fuqarolik ob’ektlarini (uy-joy, maktablar va sh.k.) qurishdir. Bunday ob’ektlar qurishda
koreya firmalari muvaffaqiyat qozongan. Bu ulardagi arzon va intizomli ishchi kuchi tufaylidir. Biroq ishchi kuchi arzonroq
bo'lgan mamlakatlar koreys firmalarini siqib chiqarmoqda, rivojlanganroq mamlaktlardan bo lgan raqobatchilar esa (masalan
Italiya) arzon ishchi kuchidan mahalliy joyning o'zida (ular shartnoma tuzgan mamlakatlarda) yoki rivojlanayotgan
mamlakatlarda (masalan, Hindistonda) foydalanishmoqda va shu bilan Koreya firmalarining ustunligini yo'qqa
chiqarishmoqda. Bu Yaqin Sharqda qurilishga bolgan qiziqishning pasayishi bilan birgalashib shunga olib keldiki, koreys
qurilish sanoati chuqur inqirozda qoldi. Bu faqat asosiy omillarga asoslangan ustunliklar qanchalik mustahkam emasligini
ko'rsatadi.
Demak, raqobat ustunligi uchun rivojlangan omillar eng katta ahamiyatga ega. Mahsulotning tabaqalashuvi yoki
patentlashgan texnologiya kabi yuqoriroq ustunliklarni olish uchun aynan shu omillar zarur. Ular asosiy omillar kabi keng
tarqalmagan, chunki ularning rivojlanishi uchun ko'plab va uzoq muddat davomida odam kuchi hamda kapital qo'yilmalari
talab qilinadi. Haqiqatan rivojlangan omillar yaratish uchun zarur bo lgan vositalar (masalan, ta’lim dasturlari)ning o'zi yuqori
malakali xodimlar vaG’yoki yuqori texnologiyalarni talab qiladi. Bundan tashqari, rivojlangan omillarni jahon bozorida sotib
olish yoki xorijiy fillallar orqali topish qiyin. Ular firma tomonidan taklif qilinadigan tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqishdagi va
firma yangiliklarga qodirligining zaruriy sharti hisoblanadi. Yangilanishlarni esa firma joylashgan mamlakatda amalga oshirgan
yaxshi. Bu beixtiyor umuman firma strategiyasi bilan mustahkam bog' langan.
Shuni nazardan qochirmaslik kerakki, rivojlangan omillar ko'pincha asosiy omillar ustiga quriladi. Masalan, doktorlik
darajasidagi biologlarga ega bo'lish uchun shu sohada qobiliyatli universitet bitiruvchilari bo'lishi kerak. Bu shuni anglatadiki,
115
garchi asosiy omillar o'z-o'zicha raqobat ustunligining ishonchli manbai bo'lmasa-da, ular asosida turdosh rivojlangan omillar
yaratish uchun yetarlicha sifatli bo'lishi lozim.
Omillarni bo'lishning ikkinchi muhim printsipi - ularning ixtisoslashuvi bo'yichadir. Umumiy omillar - avtomobil yo'llari
tarmog'i, debet mablag'lar, oliy ma’lumotli (yuqori haq to'lanadigan, demakki ushbu firmada ishlashdan manfaatdor bo'lgan)
xodimlardir; Ulardan keng tarmoqlarda foydalanish mumkin.. Ixtisoslashgan omillar - tor mutaxassislikdagi xodimlar, o'ziga xos
turdagi infrastruktura, bilimlarning ma’lum bir sohasidagi ma’lumotlar bazasi va tor doiradagi tarmoqlarda yoki hatto bitta
tarmoqda qo'llaniladigan boshqa omillardir. Bunga misollar - optika sohasidagi ilmiy-tadqiqot instituti, kimyoviy yuklarni
ortishga ixtisoslashgan port, qobiliyatli avtodizayner xodimlar dasturiy ta’minot ishlab chiqishni moliyalashtirishga yo'naltirilgan
vensur kapitalidir. Rivojlangan omillar ham garchi har doim bo'lmasa-da, ixtisoslashish tendentsiyasiga ega. Masalan, yuqori
malakali dasturchilar rivojlangan omil hisoblanadi, lekin ulardan keng tarmoqlar doirasida foydalanilishi mumkin.
Ixtisoslashgan omillar, umumiy omillarga qaraganda raqobat ustunligi uchun salmoqliroq va uzoq muddatli asosni
tashkil qiladi. Umumiy omillar faqat chelangan xarakterdagi ustunliklarni beradi. Ular odatda ko'plab mamlakatlarda mavjud,
global tusdagi faoliyat olib bora turib, ularni topish nisbatan oson. Ularsiz ham ish ko'rish yoki ular asosidagi ustunliklarni
yo'qqa chiqarish ham mumkin. Umumiy omillardan faol foydalanib olib boriladigan faoliyatni (masalan, past malakali
mehnatni jalb qilgan holda ko'p ish talab qiladigan yig'ish opreatsiyalari) ko'pincha bazaviy mamlakat hududidan tashqarida
amalga oshirish mumkin.
Bazaviy mamlakatda ixtisoslashgan omillar albatta mavjud bolishi shart. Xorijiy filialda esa ular unchalik ham muhim
emas. Bundan tashqari, xorijiy firmalar ham ixtisoslashgan, ham rivojlangan omillarni olishda qiyinchiliklarga duch keladilar.
Masalan, yapoinyada faoliyat yuritayotgan xorijiy firmalar o'z shtatlariga yapon texnik oliy o'quv yurtlarining bitiruvchilarini jalb
qilishlari yoki mahalliy oliy o'quv yurtlarining tadqiqot dasturlariga yapon firmalari bilan bir xil asosda yetishishlari qiyin.
Eng barqaror va muhim raqobat ustunligiga mamlakatda ushbu tarmoqda muvaffaqiyatli raqobat uchun zarur bo
lgan omillar (bir vaqtning o'zida ham rivojlangan, ham ixtisoslashgan hisoblangan) tashkil qilinganda erishiladi. Ixtisoslashish
darajasi ham tobora ortib borayotgan tamoyillardandir. Bugungi ixtisoslashgan omillar ertaga umumiyga aylanib qolishi
mumkin. Elektrotexnika kollejlarining bitiruvchilari bir vaqtlar ixtisoslashgan omil edi va faqat ba’zi tarmoqlardagina ulardan
foydalanilardi. Endilikda esa ular ko'plab tarmoqlarda talab qilinadi, elektrotexnika bo'yicha injener mutaxassisligi esa o'z ichiga
ko'plab «kichik mutaxassisliklar»m oladi.
Omil resursi agar uni doimiy takomillashtirib va ixtisoslashganroq qilib bormasa, uzoq muddatli raqobat uchun asos
sifatida qadrini yo'qotadi. Ayniqsa malakali kadrlar va bilimlar (aytish mumkinki ular raqobat ustunligini kuchaytirish uchun eng
muhim omillardir). Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, har qanday paytda omillar asosida ustunlikka ega bo'lish
mamlakatning uzoq muddatli ustunligini tushuntirish uchun yetarli emas. Yuqorida eslatilgan omillarni farqlashning yana bir
printsipi
116
quyidagicha: ular mamlakatda o'z-o'zidan paydo bo'lganmi (masalan, tabiiy resurslar yoki jo'g'rofiy holat) yoki sun’iy
yaratilganmi. Yuqoriroq darajadagi yoki barqarorroq raqobat ustunligiga erishish uchun eng muhim bo'lgan omillar har doim
sun’iydir. Masalan, mamlakatdagi telekommunikatsiyalar yoki mikrobiolog kadrlar tizimi manfaatdor shaxslar, raqobat kurashi
uchun yangi qurollar qidirayotgan firmalar, jamiyat yoki iqtisodiyot uchun farovonlik qilishga intilayotgan jamoat tuzilmalari
yoki hukumatlardan tushadigan kapital qoyilmalar yordamida yaratiladi. Butun dunyo bo'ylab oimllarga bolgan o'sib
borayotgan talablar shunga olib keladiki, bir martalik kapital qoyilmalar omillar asosida raqobat ustunligini olish uchun yetarli
emas va omillarning sifatini oshirish maqsadida uzluksiz moliyalashtirish talab qilinadi. Rivojlangan va ixtisoslashgan omillar
eng katta va uzoq muddatli kapital qo'yilmalarni, boz ustiga, buni amlga oshirishning eng qiyin shakllaridagilarini talab qiladi.
Mamlakatlar milky «romb» (bu termin bilan raqobat ustunligi determinantlari tizim sifatida nomlangan) eng qulay
xususiyatga ega bo'lgan tarmoqlarda yoki ularning segmentlarida muvaffaqiyat uchun eng yuqori imkoniyatlarga ega bo'ladi.
Ayni paytda bu mamlakatning har bir firmasi muvaffaqiyatga erishadi degan gap emas. Aksincha mamlakatdlagi muhit
qanchalik dinamik bo'lsa, ulardan ba’zilari muvaffaqiyatsizlikka ehtimoli ko'proq. Chunki hamma firmalarda ham bir xil resurslar
va texnologiyalar mavjud emas. Shuningdek mamlakatdagi holatdan ularning hammasi har xil foydalanidi. Kimdir yaxshiroq,
boshqasi esa yomonroq. Lekin baribir bunday sharoitda voyaga yetgan firmalar xalqaro raqobatda muvaffaqiyatga erishishi
tabiiyroqdir.
Milliy «romb» - tarkibiy qismlari bir-birini kuchaytiradigan tizimdir. Har bir determinant boshqasiga ta’sir ko'rsatadi.
Faqat bir yoki ikki determinant asosidagi raqobat ustunligi tabiiy resurslarga juda bog'liq bo'lgan tarmoqlarda yoki murakkab
texnologiyalra kam qo'llaniladigan tarmoqlardagina mumkin. Bunday ustunlikni saqlab qolish juda qiyin, chunki u bir
mamlakatdan ikkinchisiga o'tib turadi. Global firmalar esa keng miqyosli strategiyalar yordamida bunday ustunlikni bartaraf
qila oladilar. Barcha determinantlar bo'yicha ustunliklarning o'zaro hamkorligi kuchayib boradigan yutuqli holatlarni
ta’minlaydi. Bunday ustunlikni xorijiy raqobatchilar yo'q qilishi yoki undan nusxa olishi juda qiyindir.
Har bir mamlakatda iqtisodchilar ishlab chiqarish omillar deb taydigan omillar mavjud. Bu har qanday tarmoqdagi
firmalar faoliyati uchun zarur bo'lgan komponentlardir.
Standart, an’anaviy savdo nazariyasi ishlab chiqarish omillariga tayanadi. Ushbu nazariyaga muvofiq, turli mamlakatlar
har xil omillar miqdoriga ega. Mamlakat ishlab chiqarilishida ushbu mamlakatda nisbatan katta miqdorda mavjud bo'lgan
omillardan jadal foydalaniladigan tovarlarni eksport qiladi
Eng barqaror va muhim raqobat ustunligiga mamlakatda ushbu tarmoqda muvaffaqiyatli raqobat uchun zarur bo'lgan
omillar (bir vaqtning o'zida ham rivojlangan, ham ixtisoslashgan hisoblangan) tashkil qilinganda erishiladi.
Ixtisoslashish darajasi ham tobora ortib borayotgan tamoyillardandir. Bugungi ixtisoslashgan omillar ertaga umumiyga aylanib
qolishi mumkin. Elektrotexnika kollejlarining bitiruvchilari bir vaqtlar ixtisoslashgan omil edi va faqat ba’zi
117
tarmoqlardagina ulardan foydalanilardi. Endilikda esa ular ko'plab tarmoqlarda talab qilinadi, elektrotexnika bo'yicha injener
mutaxassisligi esa o'z ichiga ko'plab «kichik mutaxassisliklar»ni oladi.
Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, har qanday paytda omillar asosida ustunlikka ega bo'lish mamlakatning uzoq
muddatli ustunligini tushuntirish uchun yetarli emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |