Namangan muhandislik-texnologiya instituti "sichtei" kafedrasi "hozirgi zamon raqobat nazariyasi"


AN’ANAVIY VA ZAMONAVIY XALQARO RAQOBAT USTUNLIGI



Download 2,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/160
Sana04.02.2022
Hajmi2,32 Mb.
#428585
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   160
Bog'liq
hozirgi zamon raqobat nazariyasi

AN’ANAVIY VA ZAMONAVIY XALQARO RAQOBAT USTUNLIGI 
NAZARIYASIDAGI ASOSIY FARQLAR 
Ma’lum tarmoqlardagi muvaffaqiyat sababi va bundan firma yoki umuman mamlakatning xalqaro faoliyatdagi 
siyosatini belgilashda qanday xulosalar qilish zarurligi to’g’risidagi fikrlarni malakatdan ko’ra kichikroq siyosiy yoki jo’g’rofiy 
birliklarga nisbatan ham qo’llash mumkin. Muvaffaqiyatli raqobatlashayotgan firmalar ko’pincha mamlakatning ma’lum 
shaharlari va tumanlarida jamlanadi. Masalan, AQSHda ko’chmas mulk bilan savdo qiluvchi yetakchi firmalarning ko’pchiligi 
Dallas(Texas shtati)da, neft va gaz olish uchun uskunalar yetkazib beruvilar Xyuston(Texas shtati)da, kasalxonalarni boshqarish 
tuzilmalari Neshvill (Tenessi shtati) atrofidagi janubiy markaziy mintaqada, gilamlar tayyorlovchilar Dolton(Jorjiya shtati)da, 
sport poyafzallari tayyorlovchilar Oregon shtatida joylashgan. Ko’rinib turibdiki, bu yerlarda ular uchun qulay sharoit mavjud. 
Garchi mazkur ishimiz mamlakatlar miqyosida bo’lsa-da, sanoat tarmoqlarining mamlakat u yoki bu mintaqasida jamlanishini 
tukShuntirib berish ham muhimdir. Hukumat siyosati ham davlat, ham mahalliy darajada milliy raqobat ustunligini 
shakllantirishda katta ahamiyat kasb etadi. 
Aslida firmani o’rab olgan muhit vaqt o’tishi bilan uning raqobatdagi muvaffaqiyatiga qanday ta’sir ko’rsatadi? Agar 
savolni yanada umumiyroq qo’yadigan bo’lsak: nima uchun ba’zi tashkilotlar muvaffaqiyat qozonadi, boshqalari esa 
muvaffaqiyatsizlikka uchraydi? Atrofdagi muhitning bir qismi - firmaning jo’g’rofiy joylashishidir. Bundan tegishli oqibatlar kelib 
chiqadi, albatta (tarix, xarajatlar va talab ma’nosida). Lekin bu bilan «atrof-muhit» tushunchasi chegaralanib qolmaydi: masalan, 
firma ishchilari va menejerlari qaerda o’qitilganligi yoki uning birinchi va eng muhim xaoridorlari kimligi ham muhimdir. 
Xalqaro raqobat ustunligi va uni qanday yaratish yoki aksincha qo’ldan chiqarish haqida ko’p narsa ma’lum. Nega 
firma to’g’ri qaror qabul qilish haqida esa 
107 


kam o’rganilgan. Xalqaro faoliyatda mamlakatlarning iqtisodiy muvaffaqiyatini o’rganishda oddiy va tekis ifodalash sari moyillik 
mavjud bo’lib, u qoidadan ko’plab istisnolar bo’lgani holda faqat ishonish asosida qabul qilinadi. Fanning ixtisolishuvi ortib 
borayotganligi mana Shu moyillikni kuchaytirmoqda. Aslida tadqiqotlarda hozirgacha qilingan kashfiyotlardan ham oldinga 
ketish mumkin-ku. Bilimning ko’plab sohalaridagi olimlar fanlar vakolatlari sohasidagi an’anaviy chegaralar ularning 
imkoniyatlarini cheklab qo’yayotganligini endigina anglamoqda. Murakkab va rivojlanayotgan tizimlar qanday ishlashini 
tushunish uchun bu chegaralardan o’tish imkoniyatlariga ega bo’lish kerak. Shu maqsadda ikki-uch o’zgaruvchilarga ega 
matematik modellar mavjud ma’lumotlar bilan cheklangan statistika asosidagi matnlarni ishning boshqa turlari bilan to’ldirish 
kerak. 
Ikki-uchta muhim ko’rsatkichlar bilan cheklanib qolmay balki o’z ichiga ko’plab o’zgaruvchan kattaliklarni oladigan 
nazariya, turli tarmoqlarning yuzdan oshiq tarixlarini tahlil qilish uzoq muddatli, ko’p mehnat talab qiladigan va statistik tahlilga 
unchalik mos kelavermaydigan ishdir. Albatta, xatolarsiz va nazardan qochirishlarsiz ish bitmaydi, lekin ko’rinishidan, 
mamlakatlarning raqobat ustunligini aniqlovchi bir qator muhim o’zgaruvchilarni chiqarish va bu o’zgaruvchilarni tizimga 
solishni belgilab beradigan eng muhim yo’llarni aniqlashga muvaffaq bo’lindi. Maqsad - milliy resurslarni oqilona joylashtirish 
uchun eng maqbul strategiyani tanlab olishda firmalar va mamlakatlarga yordam berishdir. Agar firma o’z strategiyasini 
texnologiyani yangilash va yaxshilash, raqobat qilishga tayyor turish va o’z «milliy muhiti»ni real tushunish va uni yaxshilash 
yo’llariga soslanib tuzmas ekan, oxir-oqibatda uni muvaffaqiyatsizlik kutadi. Iqtisodiyot tarmoqlarining globallashuvi iqtisodiy 
bazadan ko’ra muhimroq degan nuqtai nazarlar, ayni paytda raqobatdan qochishga asoslangan strategiyalar ham yolg’on 
tasavvurlarga asoslanadi. 
O’z navbatida, mamlakatlar hukumatlari to’g’ri va tegishli maqsadlarni qo’yishi kerak: yuqori mahsuldorlikka erishish 
Shu jumladandir, chunki milliy o’sish Shunga asoslanadi. Bu hukumatlar haqiqatan ham mahsuldorlikni belgilab beradigan 
narsalarga, ya’ni rivojlanishni rag’batlantirish, to’la-to’kis ishlash va raqobatga intilishlari zarur. Hukumatlarga ko’pincha taklif 
qilishadigan subsidiyalar, xalqaro kopoperatsiya bo’yicha keng miqyosli dasturlar yoki vaqtinchalik «protektsionizm»ga berilib 
ketish yaramaydi. Bu choralar ko’pincha mahsuldorlikni pasayt irib yuboradi. 
Raqobatning globallashuvi kuchayishi bilan go’yo mamlakatlarning ahamiyati kamayib boradi, degan ta’kidlar 
eshitila boshladi. Aslida esa hammasi aksincha, ya’ni baynalmilallashuv va protektsionizm hamda boshqa to’siqlarning bartaraf 
etilishi raqobatda faqat mamlakatning rolini oshirdi. Millatlarning xarakteri va madaniyatidagi farq global raqobat tufayli 
kamayib qolgani yo’q. Buning ustiga raqobatdagi muvaffaqiyat ular juda muhim hisoblanadi. Quyidagi mulohazalar esa - 
mamlakatlarning xalqaro faoliyatda butunjahon raqobatidagi yangi, o’zgargan rolini tushunishga urinishdir. 
Tarmoqlarning globallashuvi va firmalarning baynalmilallashuvi g’ayriodatiy holga olib keladi. Bir qarashda firmalar 
mamlakatlardan ko’ra muhimroq o’rin tutgandek ko’rina boshladi. Biroq haqiqiy tadqiqot natijalari bunday xulosadan farq 
qiladi. Alohida tarmoqlar va ular yetakchilari segmentlarining bir-ikki mamlakatda jamlanishi tendentsiyasi mavjud. Bunda 
raqobat ustunliklari o’n yillab saqlanib 
108 


qolmoqda. Masalan, turli mamlakatlarning firmalari ittifoq tuzishganda raqobat ustunligiga ega mamlakatlar firmalari 
priovardida bunday ittifoqda so’zsiz yetakchilarga aylanadilar. Raqobat ustunligi mahalliy sharoitlar bilan uzviy aloqada 
yaratiladi va saqlab turiladi. Mamlakatlarning milliy xo’jalik tuzilishi va qadriyatlar o’lchovidagi, milliy madaniyat, davlat 
muassasalari va tarixidagi farq raqobatdagi muvaffaqiyatga jiddiy ta’sir qiladi. 
Ma’lum tarmoqlardagi muvaffaqiyat sababi va bundan firma yoki umuman mamlakatning xalqaro faoliyatdagi 
siyosatini belgilashda qanday xulosalar qilish zarurligi to’g’risidagi fikrlarni malakatdan ko’ra kichikroq siyosiy yoki jo’g’rofiy 
birliklarga nisbatan ham qo’llash mumkin. Muvaffaqiyatli raqobatlashayotgan firmalar ko’pincha mamlakatning ma’lum 
shaharlari va tumanlarida jamlanadi. 
Ikki-uchta muhim ko’rsatkichlar bilan cheklanib qolmay balki o’z ichiga ko’plab o’zgaruvchan kattaliklarni oladigan 
nazariya, turli tarmoqlarning yuzdan oshiq tarixlarini tahlil qilish uzoq muddatli, ko’p mehnat talab qiladigan va statistik tahlilga 
unchalik mos kelavermaydigan ishdir. Albatta, xatolarsiz va nazardan qochirishlarsiz ish bitmaydi, lekin ko’rinishidan, 
mamlakatlarning raqobat ustunligini aniqlovchi bir qator muhim o’zgaruvchilarni chiqarish va bu o’zgaruvchilarni tizimga 
solishni belgilab beradigan eng muhim yo’llarni aniqlashga muvaffaq bo’lindi. 

Download 2,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish