Zamonaviy iqtisodiy rivojlanishning xarakatlantiruvchi kuchi - innovatsiya ekanligiga xech kimda Shubxa yo'q. Endi
innovatsiya nazariyasi vujudga kelishiga tarixiy manbalar taxlilini qilib ko'ramiz.
Adam Smit o'zining 1776 yilda chop etgan “The Wealth of Nation” nomli monografiyasida nafakat bozor tizimi
(talab va taklifning nisbati), balki yangi texnologiyalar yordamida raqobatbardoshlikni yanada oshirish xam kapitalizmning
tashkiliy mexanizmi sifatida xizmat qilishi to'g'risida ta’kidlab o'tgan. Vaqt o'tgan sari mazkur postulat yanada keng va yanada
salmoqli ahamiyat kasb eta boshladi va xozirgi kunda tashkilot va kompaniyalar ochiq bozordagi raqobat kurashida
innovatsiyalardan amaliy omil sifatida foydalanamoqdalar.
Iqtisodiy adabiyotlarda innovatsiya nazariyalarini bir butun sifatida tadqiq etilgan ishlar juda xam kam uchraydi.
Innovatsiya mavzusining evolyutsiyasiga keladigan bo'lsak, adabiyotlar taxlili quyidagi tarixiy bosqichlarni aniqlash imkonini
berdi:
•
10-30 yy. - nazariyaning fundamental asoslari shakllanishi;
•
40-60 yy. - avvalgi davr tayanch innovatsion toyalarni rivojlantirish va batafsil o'rganish;
•
70- yy.ning o'rtasidan to xozirga kadar.
Innovatsiyalarning fundamental asoslari shakllanishida “katta tolkinlar” nazariyasi asoschisi N.D. Kondratevning
tadqiqotlaridan boshlash to'g'riroq bo'lardi. Xolbuki, u katta to'lqinlar shakllanishida texnik o'zgarishlarning rolini aniq ko'rsatib
bermagan bo'lsa-da, katta to'lqinlarning ko'tarilishi chog'ida amalga oshmagan ixtirolar amalda o'z ifodasini topishini nazarda
tutgan.
N.D. Kondratev uzining tadqiqot faoliyati natijasida quyidagi asosiy xolatlarni aniqlagan:
•
sanoat ishlab chiqarishda almashinuv fazalari ketma-ketligining davriyligini aniqlagan;
•
davrlarning ko'pligini isbotlagan;
•
davrlar modelini ishlab chiqqan
Keyinchalik uning ilmiy qarashlariga Y. Shumpeter tomonidan qo'shimcha kiritildi va u katta to'lqinlarning paydo
bo'lishida texnik ozgarishlar asosiy o'rin tutishini asoslab berdi. Innovatsion rivojlanish nazariyasi asoschisi Y.Shumpeter o'z
tadqiqotlarida quyidagi asosiy xolatlarga e’tibor qaratgan[5]:
•
iqtisodiy innovatsiyalarni faqat sanoat bilan bog'lagan xolda ularga asosiy urg'u bergan;
•
“kashfiyot” va “yangilik” tushunchalarini ajratgan;
•
iqtisodiyotda dinamik o zgarishlar innovator-tadbirkor tufayli ro'y beradi deb ta’kidlagan;
•
global davriy inkirozdan fakatgina yangi texnologik qatlamdagi tayanch innovatsiyalarni jaxon miqyosida
ragbatlantirish orqaligina chiqib ketish mumkin deb ta’kidlagan.
U Kondratev sikllarini xarakatga keltiruvchi kuch sifatida
Do'stlaringiz bilan baham: