O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYA INSTITUTI
“SICHTEI” KAFEDRASI
“HOZIRGI ZAMON RAQOBAT NAZARIYASI”
fanidan
Namangan - 2018
1
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYA INSTITUTI
“SICHTEI” KAFEDRASI
«HOZIRGI ZAMON RAQOBAT NAZARIYALARI»
FANIDAN
MA’RUZALAR MATNI
NAMANGAN-2018
2
Ma’ruzalar matni 2017-yil O’zR OO’MTV tomonidan № BD - 5230100-3.01
raqami bilan 2017-yil 8 avgustdagi 3-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan fan dasturi
asosida ishlab chiqilgan.
Tuzuvchi:
N.Tursunov
“SIChTEI” kafedrasi katta
o’qituvchisi
Taqrizchi:
i.
f.n., dots. I.Mahkamov
Ma’ruzalar matni NamMTI o’quv-uslubiy kengashining 2018 yil 29 avgustdagi
qaroriga muvofiq o'quv jarayoniga tatbiq et ish uchun tavsiya etilgan.
3
KIRISH
O’zbekistonda iqtisodiyotni erkinlashtirish, modernizatsiya qilish va milliy
iqtisodiyotning jahon xo’jaligiga oqilona va samarali integratsiyalashuvi bosqichida
bozor qonuniyatlariga asoslangan milliy xo’jalik bosqichma-bosqich shakllanib
bormoqda, uning tarkibi, xususan, tarmoq va hududiy tuzilishi takomillashtirilmoqda.
Bozor transformatsiyasi jarayonlarida milliy iqtisodiyot amal qilishi va rivojlanishida
o’ziga xos tendensiya va qonuniyatlar yuzaga chiqmoqda.
Mamlakatimizda mavjud moddiy, iqtisodiy, intellektual resurslardan oqilona
foydalanish, cheklangan zahiralardan yuqori samara olish, aholi turmush darajasining
pasayib ketishining oldini olish va muttasil oshirib borish, inqirozning salbiy
oqibatlarini yumshatish va barqaror iqtisodiy o’sishni ta‘minlash bo’yicha chora-
tadbirlar ko’rilmoqda, tegishli islohotlar olib borilmoqda. Olib borilayotgan islohotlar
samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi
uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning
barcha sohalarini liberallashtirish bo’yicha ustuvor yo’nalishlarni amalga oshirish
maqsadida 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi tasdiqlandi.
Xususan, Harakatlar strategiyasida ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo’naltirilgan
aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirib borish, ijtimoiy himoya va sog’lig’ini
saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish,
arzon uy-joylar barpo etish, yo’l-transport, muhandislik- kommunikatsiya va ijtimoiy
infratuzilmalarni rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo’yicha maqsadli
dasturlarni amalga oshirish, ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport
sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish qat’iy belgilab
qo’yildi.
Ushbu
majmuani
tayyorlashda
ma‘ruza
va
seminar
mashgulotlari
texnologiyalarini ishlab chiqish usul va vositalari, ularning muhim belgilaridan iborat
ta‘limni texnologiyalash qoidalarini hisobga olgan holda, fanning predmeti va asosiy
vazifalari, fanni Namangan muhandislik-texnologiya institutida o’qitish xususiyatlari
e‘tiborga olingan, hamda mualliflarning o’quv-pedagogik va ilmiy-uslubiy
tajribalaridan foydalanilgan.
Ma’ruzalar matni maqsadi - talabalarga hozirgi zamon raqobat nazariyalari
tushunchalari va tamoyillari, milliy iqtisodiyot, bozor iqtisodiyoti, uning shakllanish va
rivojlanish tendensiyalari x,amda qonuniyatlari borasidagi asosiy bilimlarni singdirish,
iqtisodiy tafakkur usullarini, bilim, malaka va ko’nikmalarini shakllantir ishdan iborat.
Ma’ruzalar matni yordamida o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga
oshiriladigan masalalar doirasida talabalarning milliy iqtisodiyot amal qilishining
mikro parametrlarini, bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar va uy xo’jaligi
faoliyatining tamoyillarini, shart-sharoitlarini va omillarini bilib olishi, ma‘ruza
materiallarini o’zlashtirish va chuqur tahlil qila olish asosida milliy iqtisodiy otiga oid
nazariy materiallarga tayangan holda amaliy va ilmiy faoliyatni mustaqil tashkil etish,
O’zbekistondagi islohotlar strategiyasining ustuvor yo’nalishlari, uning natijasi, milliy
iqtisodiyotning asosiy, tub muammolari, korxonalar va uy xo’jaligi uchun maqsadga
muvofiq faoliyat yo’nalishlarini tahlil qilish ko’nikmalariga ega bo’lishi hamda milliy
4
iqtisodiyotning amal qilishi, korxonalarning boshqarilishi va bozor islohotlarini
chuqurlashtirish va bozor munosabatlarini takomillashtirish bilan bog’liq ilmiy va
amaliy faoliyatni mustaqil tashkil etish malakalariga ega bo’lishi nazarda tutiladi.
«Hozirgi zamon raqobat nazariyalari» iqtisodiy fan bo’lishi bilan birga amaliy
iqtisodiyot sohalaridagi barcha muammolarni o’rganadi, milliy iqtisodiyot
rivojlanishining shart-sharoitlari va omillarini tadqiq etadi, bozor iqtisodiyotiga
asoslangan ijtimoiy-iqtisodiy tizim xususiyatlarini yoritib beradi. Shuning uchun bu
fanni o’rganish nazariy va amaliy ahamiyatga egadir.
Talabalarning «Hozirgi zamon raqobat nazariyalari» fanini dastur doirasida yetarli
saviya va darajada o’zlashtirishlari uchun o’qitishning ilg’or va zamonaviy interfaol
usullaridan foydalanish, yangi axborot texnologiyalarini ushbu jarayonga tadbiq etishga
e‘tibor qaratish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o’zlashtirishda, fan bo’yicha bilim
berishda va o’qitishda ko’rgazmali qurollar, tarqatma materiallar, interaktiv va
masofaviy usullardan keng foydalaniladi. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi
Statistika Davlat qo’mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, tarmoq ilmiy tadqiqot muassasalari
tahliliy materiallari, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar va ilmiy-tadqiqot markazlari
tomonidan nashr etilgan statistik va tahliliy to’plamlar materiallari ishlatiladi.
5
Do'stlaringiz bilan baham: |