raqobatda iste’molchilar talabi asosiy urin tutganligi sababli resurslarning iste’molchilar
talabi yuqori bo'lgan ishlab chiqarish tarmoqlariga yo'nalishiga xizmat qiladi.
Raqobat tadbirkorlarni yangi texnologiyalarni jalb etishga undaganligi sababli
ilmiy-texnikaviy rivojlanishga turtki boladi. Bundan tashqari, raqobatning eng muhim
xususiyatlaridan biri Shundaki, bunda eng asosiy e’tibor tadbirkorlarning shaxsiy
mustaqilligiga karatiladi. Faqat raqobatgina iqtisodiy faoliyatni ma’muriy boshqarishsiz
ham muvofiqlashtirishi mumkin va bu tadbirkorlar manfaatlarini
tolaroq qondirishga
imkoniyat yaratib beradi. Raqobatning salbiy tomonlari sifatida Shuni aytish mumkinki,
raqobat bozorda muvozanatni yuzaga keltirishi yoki ozi uni buzib quyishi mumkin.
Chunki talab va taklifning o zgarishiga qarab narxlarning tuxtovsiz ozgarib turishi
bozordagi sub’ektlarning mavqelarini bir maromda saqlab turishlariga imkon bermaydi.
Shuningdek, raqobatning mavjudligi tadbirkorni foyda olish va bozorda oz
mavqeini saqlab qolish maqsadida shunday metodlardan foydalanishga majbur etadiki,
bu oz navbatida tabiiy resurslardan nooqilona foydalanishga, oz raqibini
obro'sizlantirishga, iste’molchilarni chalg'itishga olib kelishi mumkin.
Jahon bozoriga nima asos bo’lgan? XVIII asrga qadar
olimlar bu savolga javobni
tabiat in’omlarining turli mamlakatlar va xalqlar o’rtasida notekis taqsimlanganligi
bilangina bog’lar edi. Mulohaza yuritish mantiqi oddiy edi: agar bir mamlakatda
marmar koni, boshqasida esa oltin koni bo’lsa, ularning qirollari oltin tojda marmar
qoplangan saroyda o’tirishlari uchun bu mamlakatlar bir-biri bilan savdo qilib,
marmarni oltinga ayirboshlashi kerak. Adam Smit bilim sari yangi qadam tashlab,
“mutloq ustunlik" tushunchasini kiritdi. "Mutloq ustunlik"
har qaysi mamlakatda
Shunday tovar mavjudki, harajatlar birligiga hisoblaganda u boshqa mamlakatlarga
qaraganda ko’prok ishlab chiqarishi mumkin bo’lgan vaziyatdir. Iqtisodiy tahlilda
“Xalqaro savdo” mavzusi fikr yuritishning eng qadimgi mavzularidan biri hisoblanadi.
Erkin ayirboshlash nazariyasining asoslari XIX asrdayoq buyuk iqtisodchilar
tomonidan yratilgan. Ushbu nazariya ikkinchi jahon urushi tugagandan so’ng xalqaro
savdo sohasida yuzaga kelgan halqaro ayirboshlashning rivojlanishini
tushuntiruvchi
qoidalarga juda katta ta’sir ko’rsatdi. A.Smit modelini ko’rib chiqayotganda tahlil
uchun foydalaniladigan ba’zi shartlarni keltirish talab etiladi:
1)
Dunyoda faqat ikkita mamlakat mavjud.
2)
Mamlakatlarda faqat ikkita mahsulot ishlab chiqariladi.
3)
Mamlakatlar orasida tovarlar savdosi cheklashlarsiz amalga oshiriladi.
4)
Xalqaro savdo muvozanatlashtirilgan (import eksport bilan to’lanadi).
5)
Faqatgina mehnat tovar bahosiga va unumdorlikka ta’sir ko’rsatadi.
6)
Ishlab chiqarish omillari mamlakat orasida ko’chib yurmaydi.
7)
Mehnat va mahsulotni chiqishi orasidagi nisbat doimiy.
8)
Ishlab chiqarish omillari tarmoqlar orasida mutlaq ko’chib yurishi mumkin.
9)
Xar ikki mamlakatda va ikki tarmoqda sof raqobat muhiti mavjud bo’ladi.
Nisbiy foyda qoidasi har bir mamlakatni mavjud resurslardan tong oqilona
foydalanishga imkon beradigan darajada o'z iqtisodiyotini ixtisoslashtirishga va boshqa
mamlakatlar bilan tovar ayirboshlash natijasida oz fuqarolarining
16
farovonligini eng yuqori nuqtaga ko'tarishga undaydi. A.Smitning “mutlaq ustunlik
nazariyasi”da biror-bir davlatning hamma tovarlar bo’yicha mutlaq ustunlikka ega
bo’lgan holati ko’rib chiqilgan edi. Bu holatni esa David Rikardo o’zaro
manfaatli
savdoning va xalqaro ixtisoslashuvning umumiyroq (A.Smitning modelini xususiy hol
sifatida o’z ichiga oluvchi) tamoyilini shakllantirgan “Siyosiy iqtisodning va soliqqa
tortishning boshlanishi” (1819 yil) asarida ko’rib chiqdi. D.Rikardo xalqaro iqtisodiy
munosabatlarning o’ziga xosligini ta’kidlab, A.Smitning tamoyilini amal qilmasligi
o’zaro manfaatli savdoga to’sqinlik bo’la olmasligi ko’rsatib berilgan modelni yaratdi.
D.Rikardo solishtirma ustunlik qonunini yaratdi, ya’ni davlat ishlab chiqarishda eng
yuqori mutlaq ustunlikka ega bo’lgan (agar u har ikki tovar bo’yicha mutlaq ustunlikka
ega bo’lsa) yoki eng kam mutlaq ustunlikka ega bo’lgan (agar u birorta tovar bo’yicha
hech qanday ustunlikka ega bo’lmasa) tovarlar eksportiga ixtisoslashishi kerak.
O’z zamonasining ko’pchilik iqtisodchilari singari u o’z konqepqiyasini
rivojlantirishni aniq bir misol orqali: vino va jun hamda ikki mamlakat:
Angliya va
Portugaliya o’rtasidagi savdodan boshlaydi.
2-jadvaldan ko’rinadiki, Angliyada ma’lum bir (a) miqdorda jun ishlab chiqarish
uchun yiliga 100 ta ishchi mehnati talab etiladi. Ushbu miqdordagi junga Angliya
ma’lum bir (v) miqdorda portugal vinosini sotib oladi. Angliyaning o’zi vino ishlab
chiqarganda yiliga 120 ishchining mehnati talab etilgan bo’lar edi. Bundan Angliyaning
Portugaliyadan jun hisobiga vino sotib olishi manfaatli ekanligi kelib chiqadi. Ushbu
tovarlarni ishlab chiqarish uchun Portugaliya mos ravishda yiliga 90 va 80 ishchining
mehnatini sarflaydi. Shuning uchun unga vino hisobiga jun olib kelish manfaatli.
2-jadval
Jun
Vino
Angliya
100 ishchi
90 ishchi
Portugaliya
120 ishchi
80 ishchi
D.Rikardoning fikricha, 100 ingliz ishchisining mehnati va Portugaliya
ishchisining mehnatiga noekvivalent almashinuvi ishlab
chiqarish omillarining
mamlakatlar o’rtasida harakatining qiyinligi bilan tushuntiriladi. D.Rikardoning
modeliga binoan Portugaliya Angliya oldida har ikki tovar ishlab chiqarish bo’yicha
Do'stlaringiz bilan baham: