kapitali)dagi ulushga ega bo’lishga haqli emas. O’zining asosiy jamiyati (shirkati)ning
ustav fondi (ustav kapitali)dagi ulushni sotib olgan sho’’ba xo’jalik
jamiyati ushbu
qismda belgilangan taqiq kuchga kirgunga qadar asosiy jamiyat (shirkat)ning
ishtirokchilari yoki aktsiyadorlarining umumiy yig’ilishida ovoz berishga haqli emasligi
haqidagi norma qo’shilmoqda.
Sho’ba xo’jalik jamiyatlari tomonidan asosiy jamiyatning aktsiya (ulush)larini
sotib olishga bo’lgan taqiq ko’plab rivojlangan mamlakatlar (Buyuk Britaniya,
Frantsiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Shvetsiya, Yangi Zelandiya, Avstraliya, Polbsha,
Braziliya, Hindiston va boshqa mamlakatlar) qonunchiligida nazarda tu tilgan bo’lib,
unga ko’ra, sho’ba jamiyatlar o’zining asosiy jamiyati aktsiya (ulush)larini sotib olish,
aktsiya (ulush)larga egalik qilish, aktsiyadorlar (ishtirokchilar) umumiy yig’ilishida
ovoz berish imkoniyatiga ega emas.
Masalan, Buyuk Britaniyaning “Kompaniyalar to’g’risida”gi qonunida
belgilanganiga ko’ra, xolding kompaniya tomonidan nazorat qilinadigan sho’’ba
kompaniya xoldingning ishtirokchisi bo’la olmaydi
hamda xolding kompaniya
aktsiyalarining sho’’baga chiqarilishi yoki berilishi haqiqiy emasdir. Shunga o’xshash
taqiq Yangi Zelandiyaning “Kompaniyalar to’g’risida”gi qonunida ham nazarda
tutilgan.
Shuningdek, Fuqarolik kodeksining qaram xo’jalik jamiyati, unitar korxona
haqidagi moddalarida to’ldiruvchi normalar orqali ularning o’z mulkida o’zining
mulkdori ustav fondi (ustav kapitali)dagi ulushga ega bo’lishga, asosiy jamiyat
(shirkat)ning ishtirokchilari yoki aktsiyadorlarining umumiy yig’ilishida ovoz berishga
haqli emasligi ko’rsatib o’tilmoqda.
Qonun loyihasining muhim normalaridan yana biri
ruxsat berish jarayonlarini
soddalashtirish bilan bog’liq. “Raqobat to’g’risida”gi qonunda monopoliyaga qarshi
organdan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar birlashmalarini tuzish, xo’jalik yurituvchi
sub’ektlarni qo’shib yuborish va qo’shib olish, aktsiya (ulush)larni va boshqa mulkiy
huquqlarni olish bo’yicha bitimlarni tuzishdan oldin rozilik olish
kabi ruxsat beruvchi
jarayonlar mavjud. Endilikda qonun loyihasidagi o’zgartish orqali xo’jalik yurituvchi
sub’ektlar birlashmalarini tuzish, boshqa mulkiy huquqlarni olish bitimlarini tuzishda
monopoliyaga qarshi organ bilan kelishish normasini chiqarib tashlash taklif etilmoqda.
Bu tadbirkorlik sub’ektlarining keng erkinligini ta’minlash, ularning faoliyatiga davlat
organlari aralashuvini hamda ortiqcha ruxsat berish jarayonlarini qisqartirishga olib
kelishi bilan ahamiyatlidir.
Tanlov (tender) savdolarida monopoliyaga qarshi talablar bo’yicha ham
muayyan qo’shimcha qonun loyihasida o’z aksini topmoqda. Gap Shundaki, amaliyotda
alohida holatlarda buyurtmachilar savdo qatnashchilarining
sonini qisqartirish
maqsadida savdo lotlariga bir-biri bilan texnologik va funktsional bog’liq bo’lmagan
mahsulotlarning ro’yxatini kiritishadi, bu esa raqobatning cheklanishiga, buyurtmachi
va savdoning taxmin qilinayotgan g’olibi o’rtasida til biriktiruviga olib kelishi mumkin.
Ushbu holatlarni bartaraf etish maqsadida “Raqobat to’g’risida”gi qonunning 11-
moddasiga bitta lotdagi tovarlarning turlarini cheklovchi qo’shimcha kiritilmoqda. Bu
esa savdo jarayonida buyurtmachi va yetkazib beruvchi o’rtasidagi til biriktiruvning
yuzaga kelishi ustidan nazoratni ta’minlash imkonini yaratadi.
7
Shuningdek, qonun loyihasi asosida “Raqobat to’g’risida’gi qonunning 34-
moddasidagi monopoliyaga qarshi organning qarorlari (ko’rsatmalari) ustidan shikoyat
qilish normalarini “Xo’jalik sub’ektlarining faoliyatini nazorat qilish to’g’risida’gi
qonunning 19-moddasi hamda “Tabiiy monopoliyalar to’g’risida’gi qonunning 20-
moddasi normalariga uyg’unlashtirish ham ko’zda tutilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: