114
O’rnatish vaqtida filьtr korpusi bilan plita orasiga tegishli qo’ymalar (plitalar),
qistirmalar va boshqa texnologin uskuna qo’yiladi.
Klapan faskali tutashmasidagi markazdan qochma filьtr klapanining
germetikligi – uya 0,05 va 0,10 MPa bosmda hamda rostlash probkasi oxirigacha
buralgan holda tekshiriladi. Klapan kanalining to’kish teshigi-dan moy oqishiga
yo’l qo’yilmaydi. Zarur bo’lsa klapan pritirlanadi. Keyin markazdan qochma filtr
klapani rostlanadi. Klapanning rostlash klapani shunday holatga o’rnatiladiki,
bunda ochila boshlanishi (to’kish teshigidan ingichka moy oqimining ko’rinishi)
stend manometri bo’yicha 0,55...0,60 MPa bosimda sodir bo’ladi.
To’kish klapanining germetikligi 0,2 MPa bosimda hamda reduktsion
klapanning germetikligi 0,04 MPa bosimida tekshiriladi va so’ng ular ochila
boshlash bosimiga rostlanadi. Aksari dvigatellar uchuy to’kish klapanlariniig
ochila boshlash bosimi 0,25...0,35 MPa, reduktsion klapanniki esa 0,06...0,07
MPa.
Klapanlar rostlangandan keyin tsentrifuga rotorining germetikligi tekshiri-
ladi. Rotorni aylanib ketishdan ushlab turgan holda bosim bo’shatish ventili
vositasida (magistraldagi ventil berklngida) 0,7 MPa gacha ko’tariladi, moy oqimi
kuzatiladn. Rotor qopqog’i (stakani) ostidan va uning yuqorigi zichlamasndan
moy oqishiga yo’l qo’yilmaydi. Podshipniklardagi zazorlardan, gayka va rotor
korpusining rezbali birikmasidan moyning sizib chiqishiga yo’l qo’yiladi. So’ng
rotorni bo’shatnb, magistral jo’mrak ochiladi va filьtr kirishida moy bosimi
0,70...0,75 MPa ligida (barcha traktor dvigatellarn uchun) tsentrifuga rotorining
aylanish chastotasi KI-1308V ‘vibratsnon pribori erdamida o’lchanadi. U MTZ,
YuMZ, shuningdek D - 37, D-21 tipitagi traktor dvngatellari uchun kamida
5500 ayl/min, barcha modifikatsiyadagi SMD dvigatellarn uchun 5200 ayl/min
bo’lishi lozim. Barcha dvigatellar uchun filtrdan keyiyagi moy bosimi 0,3 MPa
Agar moy filtri bu talablarga javob bermasa, u stenddan olinib, qayta remont
kiliiadi.
Rotor germetiklikka va aylanish chastotasiga tekshirilgandan keyin rotordan
vibratsion pribor, texnologik qalpoq olinib, rotoriing o’q bo’ylab siljishi
tekshiriladi. U aksari dvigatellar uchun 0,60...0,125 mm atrofida bo’lishi lozim.
Qalpoq filьtr korpusiga qo’yilib, u maxkamlanadi va uzil-kesil yig’ilgan filtr
germetiklikka tekshiriladi. Moy bosimi 0,6...0,7 MPa ligida 0,5...1,0 min da
moyning oqishiga va filtrning tashqi sirti terlashiga yo’l qo’yilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: