Namangan muhandislik qurilish


-  rasm. Moy nasosi korpusida epoksidli tarkibni juva yordamida



Download 9,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/177
Sana30.06.2022
Hajmi9,91 Mb.
#720458
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   177
Bog'liq
xizmat korsatish texnikasi va jixozlari

1

rasm. Moy nasosi korpusida epoksidli tarkibni juva yordamida
qoplash: 
1 – tar ki b: 2 – jo’va 
Yo’l qo’yilgandan ortiq darz ketgan, singan yoki yeyilgan qopqoq 
yaroqsizga chiqariladi. 
Odatda, po’lat 45 dan yasalgan yetakchi shesternya valigida (vtulkalar
va shlitslarga tegib turish sirti, agar bor bo’lsa, HRG 45…50 qattiklikkacha
YuCHT da toblangan bo’ladi) quyidagi nuqsonlar bo’lishi mumkin: vtulka osti
sirtining yeyilishi, shlitslar va shponka pazining yeyilishi, egilishi, darz ketish va 
sinishi. 
Eyilgan sirt sovitish suyuqligi ishlatib prujina simi bilan tebranma yoy 
yordamida suyuqlantirib qoplab, shuningdek plazmaviy suyuqlan-tirib koplab yoki 
xromlab tiklanadi va keyin unga nominal o’lchamga moslab ishlov beriladi. Ishlov 
berilgan sirtning g’adir-budurligi kamida 7 klass, qattikligi kamida NS 45 va
tepishi kupi bilan 0,02 mm bo’lishi kerak. Ba’zan o’stirilgan sirtga 
kattalashtirilgan o’lchamga moslab ishlov beri-ladi. Yeyilgan vtulkalar esa
kattalashtirilgan o’lchamgacha razvyortkalanadi. Yeyilgan shlitslar suyuqlantirib
qoplanadi va shu joyning o’zida yangisi frezalanadi. SHponka pazi shponkaning 
kattalashtirilgan o’lchamiga moslab frezalanadi yoki E-50 elektrodi bilan butkul 
suyuqlantirib qoplanadi va boshqa joydan eskisiga nisbatan 90° yoki 180° 
burchak ostida yangi paz frezalanadi. 
SHesternyalar tishlari darz ketganda, singanda, uvalanib tushganda,
tishlar eni va balandligi bo’ylab yeyilganda, shuningdek shesternyalar balandligi 
bo’yncha texnik shartlar yo’l qo’ygan darajadan ortik yeyilganda yaroqsizga
chiqariladi. 
Tirnalgan va qirilgan torets sirtlar plitada donadorligi 6...5 bo’lgan 
jilvirlash qog’ozi bilan jilvirlanadi yoki pritirlanadi. SHester-nyalar toretslarpinng
teshiklar o’qiga nisbatan tepishi ko’pi bilan 0,03 mm bo’lishiga yo’l qo’yiladi. 


112 
SHesternyalar balandligi bo’yicha yeyilganda qopqoqning tegib turish tekisligini 
jilvirlab korpusdagi uyalar chuqur-ligidan xuddi shu o’lchamda kamaytnriladi. 
Nasosni yigish va sinash. Moy nasosi ma’lum ketma-ketlikda, taxmi-nan 
turli markali dvigatelь nasoslari bilan bir xil usulda yigiladi. Vtulkalar 
yetaklanuvchi shesternyaga 0,15...0,06 mmt taranglikda, korpus va nasos 
qopqog’iga esa 0,08...0,12 mm taraiglikda presslanadi. Vtulkalarning torets 
sirtlarga nisbatan chiqib turishiga yo’l qo’yilmaydi. Presslash vaqtida vtulka va 
shesternyadagi moy teshiklarinnng bir-biriga mos kelishi ko’zatiladi. Agar yangi
vtulka yasalgan bo’lsa, unda u presslangandan so’ng moy teshigi shesternyadagi 
teshik orqali parmalanadi. So’ngra vtulka ichki diametri bo’ylab shesternya
o’qiga moslashtiriladi va o’q 0,015...0,065 mm taranglikda korpusga
presslanadi. Qopkoq nasos korpusiga o’rnatiladi va ayni vaqtda korpusdagi 
hamda yetakchi shesternya valigi tayanchi sirtlarining ostidagi qopqoqdagi 
vtulkalar razvyortkalanadn. Qopqoq olinadi, yetakchi shesternyali valik kortsusga 
o’rnatiladi va yetaklanuvchi dnesterpya o’qqa kiyg’iziladi. SHesternyalar torets 
sirtlari bilan nasos qopqog’i orasidagi zazor 
1
(97-rasm) shchup va lineyka 
yordamida o’lchanadi, u 0,25...0,150mm atrofida, shesternya tishlari orasidagi 
yon zazor 
2
0,12…0,34 mm va uyalar devori bilan tishlarning cho’qqilari 
orasidagi radial zazor 
3
0,12…0,20 mm bo’lishi lozim. So’ngra nasos qopqog’i 
boltlar bilan mahkamlanib, saqlash klapani yig’iladi. Klapan o’z massasi bilan 
kanalda erkin siljishi va uyaning zichlash sirtini germetik berkntishi lozim. 

Download 9,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish