113
SMD-14 dvigatelining moy nasosi val 1410 ayl/min chastotada aylanishida
0,60...0,65 MPa atrofida bosim hosil qilishi, kamida 60 l/min moy uzatishi
lozim. Bosim 0,75...0,85 MPa bo’lganda saklash klapani ishga tushadi.
Dizelь dvigatellarining moy nasoslari 50% dizelь moyi va 50% dizelь
yonilg’isi aralashmasi eritmasida 20...25
0
S temperaturada chiniq-tiriladi va
sinaladi, bu karter moyining 21...29 sSt qovushoqligiga yoki ish temperaturasida
(21...29) 10
-v
m
2
/s ga mos keladi.
Karbyuratorli dvigatellarning moy nasoslari 90% kerosin va 10 %
mashina moyi aralashmasida chiniqtiriladi va sinaladi.
Moy filtrini yig’ish va sinash.
Ixtisoslashtirilgan korxona-larda filьtrlar
maxsus moslamalarda, umumiy ishlar bajariladigan ustaxonalarda esa tiskida
yig’iladi. Yig’ish oldidan klapanlar detallari va tsentrifuga rotori qo’shimcha
ravishda dizelь yonilg’isida yuvilib, siqilgan xavo bilan quritiladi. Turli markali
traktir dvigatellari-ning moy filьtrlariii yigish (qism-larga ajratish) tartibi
asosan bir xil bo’lib, ularning konstruktiv xususiyatlariga bog’liq bo’lgan ba’zi
tafovutlar ham mavjud. Quyida moy filьtrlariii yig’ishga qo’yiladigan asosiy
texnik talablar «Belarusь» traktorining to’la oqimli markazdan qochma moy
filьtrini yigish misolida keltirilgan.
Avval filьtr rotori yigiladi. Rotor korpusining halqasimon ariqchasiga yangi
rezina ziylash halqasi o’rnatiladi. Qopqoq rotor qopqo-g’idagi (stakani) zichlash
halqasi ostidagi kertikka solidol surkab rotor korpusiga shunday o’rnatiladiki,
bunda belgilar bir-biriga mos kelsin va u gayka bilan maxkamlaiadi.
Qopqoqni korpusga ixtiyoriy ravishda o’rnatish man etiladi, chunki bu detallar
yig’ilgan xolatda muvozanatlangan. Ularda biri almashtirilgan yoki
komplektsizlangan holda yigilgan rotor statik muvozanatlanib belgilar qo’yiladi.
So’ngra filьtr korpusi moslamaga yoki tiskyga mahkamlanadi va trubka
bilan yig’ilgan xoldagi rotor o’qi buriladi, boshqa markali dvigatelь filьtrlari uchun
esa trubka va korpusga presslangan drosselь oldindan o’rnatiladi. Trubkaning
erkin uchi A-01M va A - 41 dvngatellari uchun rotor o’qi kallagiga urinadigan
tekislik ustidan ko’pi bilan 101 mm, SM D-60, SM D-62 na SMD-64 uchun ko’pi
bilan 87 mm, barcha modifikatsiya-dagi SMD-14 dvngatellari uchun ko’pi bilan
62,5 mm, D- 240 uchun ko’li bilan 75,5 mm va D-50 dvigatellarn uchun
ko’pi bilan 44 mm chiqib turishi lozim. Trubka uchining chiqib turishi maxsus
trubasnmon shabdop yordamida tekshililali hamda MTZ va YuMZ tipidagi
traktorlar dvngatellari filьtrlari rotorining o’qi 160... 200 Nm moment bilan
buraladi. Barcha filьtr klapanlari (agar ular qismlarga ajratilgan bo’lsa) yig’iladi.
Klapanlarni yig’ish va remont qilish uchun talablar moy nasosining saqlash
klapanini yig’ish va remont qilishdagi talablarga o’xshash. Yig’ilgandan so’ng
klapanlar germetiklikka tekshiriladi va moy nasoslari sinalgan stend-larda
rostlanadi, bunda turli markali dvigatellarning har bir filьtri uchun maxsus
texnologik uskuna hamda sxemadan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: