Oksidlanish va qaytarilish jarayonlari. Hamma kimyoviy reaksiyalarni ikki guruhga ajrat-
ish mumkin. Birinchi guruh reaksiyalarda o’zaro ta’sir etuvchi moddalar tarkibiga kiruvchi element-
larning oksidlanish darajasi o’zgarmaydi. Bu guruhga almashinish, birikish va ajralish reaksiyalari
kiradi:
AgNO
3
+ KCl = AgCl + KNO
3
Ikkinchi guruh reaksiyalariga bir yoki bir necha elementlarning oksidlanish darajasi
o’zgaradigan reaksiyalar kiradi:
Zn + 2HCl = ZnCl
2
+ H
2
Ma’lumki, biz shu paytgacha moddalarni yonish jarayonlarini oksidlanish jarayoni deb qarab
keldik. Masalan:
S + O
2
= SO
2
;
2H
2
+ O
2
= 2H
2
O;
2Cu + O
2
= 2CuO; CH
4
+ 2O
2
= CO
2
+ 2H
2
O.
Va aksincha, birikma tarkibidan kislorodni ajralishini qaytarilish jarayoni deb tushunamiz:
2HgO = 2Hg + O
2
;
6CO
2
+ 6H
2
O = C
6
H
12
O
6
+ 6O
2
va hokazo.
Oksidlanish va qaytarilish jarayonlari bir vaqtning o’zida ham sodir bo’lishini kuzatganmiz:
CuO + H
2
= Cu + H
2
O;
Cr
2
O
3
+ 2Al = 2Cr + Al
2
O
3
va hokazo.
Demak, bu yerda kislorod birikishini oksidlanish jarayoni, kislorod berishni esa qaytarilish
jarayoni deb qaradik.
Eng oddiy oksidlanish va qaytarilish jarayoni bo’lgan quyidagi reaksiyaga diqqatimizni
qaratamiz:
CuO + H
2
= Cu + H
2
O
CuO tarkibidagi mis atomi reaksiyadan so’ng hosil bo’lgan mis atomidan 2 ta elektroni kam-
ligi bilan farq qiladi, ya’ni u Su
2Q
holida bo’ladi. Shuningdek, vodorod molekulasi har bittasi bit-
tadan elektronini kislorodga berib, suv molekulasini hosil qiladi. Natijada bu kimyoviy reaksiyada
mis 2 ta elektron qabul qilib, mis atomiga, vodorod molekulasidagi 2 ta vodorod atomi bittadan 2 ta
elektron berib vodorod ioni H
+
hosil qiladi. Mis reaksiyada erkin holatdagi mis atomiga qaytariladi.
Vodorod esa suv hosil qilib vodorod ioniga aylanib oksidlanadi. Demak, qaytarilish jarayonida ele-
ment atomi yoki ioni elektron biriktirib oladi va aksincha oksidlanish jarayonida element atomi yoki
ioni elektron beradi.
Cu + 2e = Cu qaytarildi (oksidlovchi)
H
2
- 2e = 2H
+
oksidlandi (qaytaruvchi)
Elektron biriktirib olgan atom yoki ion qaytariladi, oksidlovchi bo’lib xizmat qiladi va
aksincha elektron bergan atom yoki ion oksidlanadi, qaytaruvchi bo’lib xizmat qiladi.
Shu aytilgan xulosadan kelib chikib, barcha turdagi reaksiyalarni 2 turga bo’lish mumkin:
1) Ion almashinish reaksiyalari:
«Umumiy va noorganik kimyo» fanidan ma’ruzalar matnlari.
52
2) Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari.
Ko’pgina reaksiyalarda kislorod ishtirok etmasa ham, bir element atomi yoki ioni elektron
berishi, ikkinchi element atomi yoki ioni elektron biriktirib olishini kuzatish mumkin:
2Na + Cl
2
= 2 NaCl
Natriy atomi 1 ta elektron berib, natriy ioniga, xlor atomi 1 ta elektronni biriktirib olib, xlor
ioniga aylanadi.
Na
o
- 1e = Na
+
oksidlanadi (qaytaruvchi)
Cl
o
+ 1e = Cl
–
qaytariladi (oksidlovchi)
Do'stlaringiz bilan baham: |