Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari. Oksidlovchi va qaytaruvchilar. Element atomlari
yoki ionlarining oksidlanish darajasi o’zgarishi bilan boradigan reaksiyalar oksidlanish-qaytarilish
reaksiyalari deyiladi.
Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida bir element atomi oksidlanib, albatta ikkinchi element
atomi qaytariladi. Oksidlangan element qaytaruvchi, qaytarilgan element esa oksidlovchi vazifasini
o’taydi. Element elektron bersa oksidlanadi, qaytaruvchi bo’ladi va aksincha elektron qabul qilib
olsa qaytariladi, oksidlovchi bo’ladi.
Elementlarning oksidlovchilik va qaytaruvchilik xossalari ham D.I.Mendeleevning element-
lar davriy sistemasida davriy ravishda o’zgaradi. Atom og’irligi, shuningdek atomning yadro zaryadi
ortib borishi bilan guruhlarda metallarning oksidlovchilik xususiyati kamayib, qaytaruvchilik
xususiyati ortib boradi; metalmaslarning oksidlovchilik xususiyati kamayib, qaytaruvchilik
xususiyati ortib boradi. Davrlarda oksidlovchilik xususiyati ortib, qaytaruvchilik xususiyati kamayib
boradi.
Elementlarning oksidlovchilik yoki qaytaruvchilik xususiyatlari, ularning birikmalardagi
oksidlanish darajasiga ham bog’liq.
Xrom o’z birikmalarida 0, +2, +3 va +6 oksidlanish darajalarini namoyon qiladi, masalan
metall Cr
o
, CrO (+2), Cr
2
O
3
(+3), K
2
Cr
2
O
7
(+6) lardan Cr (0) metali faqat qaytaruvchi; CrO (+2) va
Cr
2
O
3
(+3) larda ham oksidlovchi, ham qaytaruvchi; K
2
Cr
2
O
7
(+6) faqat oksidlovchi xossasiga ega
bo’ladi.
Tarkibida qaytariluvchi element bo’lgan moddalar oksidlovchilar, oksidlanuvchi element
saklovchi moddalar qaytaruvchilar deyiladi.
Oksidlovchilar tarkibidagi element o’z oksidlanish darajasini pasaytiradi, qaytaruvchilar
tarkibidagi element o’z oksidlanish darajasini oshiradi.
Muhim oksidlovchilar:
1. Oddiy moddalar: F
2
, Cl
2
, Br
2
, J
2
, O
2
, S.
«Umumiy va noorganik kimyo» fanidan ma’ruzalar matnlari.
53
Kimyoviy reaksiyalar vaqtida bu moddalar elektronlar biriktirib olib, manfiy zaryadlangan
zarrachalarni hosil qiladi: F
–
, Cl
–
, Br
–
, J
–
, O
2–
, S
2–
.
2. Kislorodli kislotalar: H
2
SO
4
, HNO
3
va ularning tuzlari: KMnO
4
(kaliy permanganat),
K
2
Cr
2
O
7
(kaliy bixromat); xlorning kislorodli kislotalari (HClO, HClO
3
, HClO
4
) va ularning tuzlari
(gipoxloritlar, xloratlar va perxloratlar); ba’zi kislotalarning angidridlari, masalan, CrO
3
(xrom (VI)-
oksid), Mn
2
O
7
(marganes (VII)-oksid), O
3
(ozon), H
2
O
2
(vodorod peroksid), metallarning peroksi-
dlari (Na
2
O
2
, CaO
2
) va boshqalar.
3. Metallarning yuqori oksidlanish darajasiga ega bo’lgan ionlari, masalan: Fe
3+
,Au
3+
, Cu
2+
,
Sn
4+.
Muhim qaytaruvchilar:
1. Metallar, ayniqsa ishqoriy metallar (Li, Na, K va boshqalar ) va ishqoriy-er metallari (Ca,
Sr, Ba).
2. Vodorod, uglerod (koks), uglerod (II)-oksid CO.
3. Kislorodsiz kislotalar va ularning tuzlari: gidridlar tarkibidagi vodorod ioni H
–
(NaH, KH,
CaH
2
va b.).
Ba’zi moddalar sharoitga qarab ham oksidlovchi, ham qaytaruvchi vazifasini bajarishi
mumkin (masalan, HNO
2
, H
2
SO
3
).
Do'stlaringiz bilan baham: |