Metallarni korroziyasining oldini olish usullari. Metallarni korroziyadan saqlash uchun
bir necha chora-tadbirlardan foydalaniladi:
1. Metall sirtini boshqa metall bilan koplash. Temirni rux bilan qoplash anod qoplama
deyiladi. Qoplama yemirilmaguncha qoplanuvchi metall yemirilmaydi. Temirni mis yoki qalay bilan
qoplash katod qoplama deyiladi. Katod qoplamani biror joyi ko’chsa, qoplanuvchi metall tezda
ishdan chiqadi.
2. Metall sirtini metall bo’lmagan moddalar bilan koplash. Lak, buyoq, rezina, surkov moy-
lari (solidol, vazelin, emal) bilan ishlov berish.
3. Metallarga turli qo’shimchalar kiritish. Odatdagi po’latga 0,2-0,5% mis qo’shish yo’li bi-
lan po’latning korroziyaga chidamliligi 1,5-2 marta oshirish mumkin. Zanglamaydigan po’lat tar-
kibida 12% ga qadar xrom bo’ladi. Bunday po’latlar legirlangan po’latlar deyiladi.
4. Metall sirtida kimyoviy birikmalar hosil qilish usuli bilan qoplamalash. Maxsus kimyoviy
operatsiyalar o’tkazib, metall sirtini korroziyaga chidamli birikmalar pardasi bilan qoplash mumkin.
Bunday pardalar — oksidli, fosfatli, xromatli va h. pardalar nomi bilan yuritiladi. Metall sirtida kor-
roziyaga chidamli oksid parda hosil qilish jarayoni oksidirlash deyiladi. Metall buyumni oksidlash-
ning uch xil usuli mavjud: 1) metall buyum sirti yuqori haroratda organik moddalar bilan oksi-
dlantiriladi (qoraytiriladi, ko’kartiriladi va hokazo); 2) metall buyum (MnO
2
, NaNO
3
, K
2
Cr
2
O
7
kabi)
oksidlovchi moddalar ta’sirida konsentrlangan ishqor eritmasi bilan suyuqlikning qaynash haro-
ratigacha qizdiriladi; 3) metall buyumni biror elektrolit eritmasi ichida anod qutbga joylab elektroliz
o’tkaziladi, bu jarayon anodirlash deyiladi.
Korroziya jarayonining tezligiga eritmalarda bo’lgan ionlar, ya’ni H
+
va OH
–
ionlari (eritma
muhiti - pH) katta ta’sir ko’rsatadi. H
+
ionlari ko’paysa korroziya kuchayadi, OH
–
ionlari temirning
korroziyalanishini susaytiradi, ammo amfoter metallarning korroziyalanishini tezlashtiradi.
Korroziyani tezlashtiruvchi moddalar korrozion aktivatorlar deyiladi. Korrozion muhitga
qo’shilganda metallarning korroziyalanishini susaytiruvchi moddalar korrozion ingibitorlar
deyiladi. Masalan, aminlar, mochevina, aldegidlar, xromatlar, fosfatlar, nitritlar, silikatlar va h. kor-
rozion ingibitorlardir.
Nazorat uchun savol va mashqlar.
1. Metallar korroziyasi deb nimaga aytiladi? Kimyoviy va elektrokimyoviy korroziya orasida
kanday farq bor?
2. Ushbu metallar bir-biriga tegib turadi: Zn va Fe, Fe va Sn, Fe va Cu.
Shu metallar juftlaridan qaysilari sulfat kislotada ancha shiddatli eriydi?
3. Odatdagi po’latning suvda korroziyalanish jarayonlarining tenglamalarini yozing?
4. Metallarni korroziyadan himoya qilishning eng muhim usullarini aytib bering?
5. Metallar korroziyasining ingibitorlari nimadan iborat va ular qanday hollarda ishlatiladi?
Mavzuga oid tayanch iboralar.
1. Korroziya
5. Katod qoplama
2. Korrozion aktivatorlar
6. Elektrokimyoviy korroziya
3. Korrozion ingibitorlar
7. Gaz korroziya
4. Anod qoplama
8. Kimyoviy korroziya.
«Umumiy va noorganik kimyo» fanidan ma’ruzalar matnlari.
62
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Rahimov X.R. «Anorganik ximiya», T.: «O’qituvchi»-1984.
2. Parpiev N.A., Rahimov X.R., Muftaxov A.G. Anorganik kimyo. Nazariy asoslari. -
T.:O’zbekiston, 2000. –5-9 b.
3. Rasulov K., Yo’ldoshev O., Qorabolaev B. «Umumiy va anorganik kimyo», T.:
«O’qituvchi»-1996.
4. Glinka N.L. «Umumiy ximiya», T.: «O’qituvchi»-1986.
«Umumiy va noorganik kimyo» fanidan ma’ruzalar matnlari.
63
Do'stlaringiz bilan baham: |