98
asoslanib, ishlarining xajmiga ko’ra bir-biridan farqlanadi. 1-5 sistemalar maxsulot
namunalarini umumiy xolda nazorat qilishga asoslanib, nazorat ishlari xajmining o’sib
borishi bilan tavsiflanadi. 6-8 sistemalar o’zaro bog’lanmagan, 1-5 sistemalarga xam
bog’liq emas.
1-sistema.
Ushbu sistema uchinchi tomon orqali maxsus sinov markazlarida
maxsulotni umumiy xolda sinovdan o’tkazishga asoslangan. Bunday sertifikatlashda
faqatgina namunaning tegishli standart va me’yoriy xujjatlarga muvofiqligi o’rnatiladi.
2-sistema. Bunda 1-sistemadan farqli ravishda savdo soxasidan olingan maxsulot
namunalarini vaqti-vaqti bilan nazorat sinovidan xam o’tkaziladi. Sertifikatlashning
ushbu sistemasi iste’molchilarga sifatsiz maxsulot yetkazilishi oldini olish imkonini
beradi.
3-sistema.
Bu sistemada, 2-sistemadan farqli nazorat sinovlari vaqti-vaqti bilan
maxsulot savdo soxasiga borib tushmasdan o’tkaziladi. Bu esa standartlarga javob
bermaydigan maxsulotlarning jo’natilishining oldini oladi.
4-sistema. Sertifikatsiyalash sistemasining asosida 1-3 sistemalarida nazarda
tutilgan namunalarning vaqti-vaqti bilan o’tkaziladigan nazorat sinovlari yotadi. Ushbu
sistema yaroqsiz maxsulotning sotib olinish extimolini kamaytiradi. Ammo bunda
maxsulot sifatini nazorat qilish ishlarining xajmi ortadi.
SHuni ta’kidlash lozimki, 1-4 sistemalar maxsulotlarni standartlar shartiga va
boshqa me’yoriy-texnikaviy xujjatlarga muvofiqligini attestatsiyadan o’tkazish uchun
tavsiflidir.
5-sistema. Sertifikatlashning bu sistemasi 4-sistemadan farqli qo’shimcha ravishda
ishlab chiqaruvchi korxonada sifatni ta’minlash sistemasining faoliyati va ishlab
chiqaruvchi korxonani attestatsiyadan o’tkazishni ko’zda tutadi. Bunday sistema
faqatgina maxsulotning sifatini o’rnatibgina qolmay, balki korxonaning talab etilayotgan
sifat darajasida maxsulot ishlab chiqara olish imkonitini xam baxolashga imkon beradi.
5-sistema xalqaro sertifikatsiyalash sistemalarida va sanoat rivojlangan mamlakatlarda
keng tarqalgan.
6-sistema. Ushbu sistema faqatgina ishlab chiqaruvchi korxonada maxsulot sifatini
ta’minlash sistemasini ta’minlashni amalga oshirishgagina asoslangan. Ba’zi xollarda uni
korxonani attestatsiyadan o’tkazish deb xam ataladi. Bu sistema standart tugallangan
maxsulotga nisbatan shartlarni qanoatlantirmay, faqatgina ishlab chiqarish turiga nisbatan
shartlarni o’rnatganda qo’llanadi.
7-sistema. Ushbu sistema xar bir tayyorlangan maxsulotlar partiyasidan
tanlanmalarni sinovdan o’tkazishga asoslangan. Sertifikatsiyalashning bu turi uchun
ishlab chiqarilgan maxsulotlarning xajmi va o’rnatilgan sifat darajasiga bog’liq xolda
tanlanmaning xajmini aniqlash muximdir.
8-sistema. 7-sistemadan farqli xar bir ishlab chiqarilgan maxsulotning standartlar
shartlariga muvofiqligini sinovdan o’tkazishga asoslangan. Bu sistemada maxsulot
sifatiga nisbatan qat’iy shartlar qo’yilib, ularning tegishli standartlardan biroz bo’lsada
chetlanishi iste’molchiga katta zarar yetkazishi mumkin bo’lgan xollarda qo’llaniladi.
Sertifikatsiyalash ishlarini amalga oshirish uchun quyidagilar asos bo’lib xizmat
qiladi:
Tovar ishlab chiqaruvchining imkoniyatlariga, import qiluvchi davlat
qonunlariga, iste’mol shartlariga javob berishi to’risida xulosa chiqarish mumkin bo’lgan
kriteriylarni tanlash;
Sertifikatsiyalash tashkilotining reputatsiyasi, uning kompetentligi, shuningdek
sinov o’tkazuvchi davtgoxlar va o’lchov
asboblarini takomillashtirish;