Namangan muhandislik-qurilish instituti "menejment" kafedrasi r. Ismatov, O. Ahmedov


Standartlashtirish dasturlarining samaradorligini aniqlash



Download 2,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/151
Sana15.07.2021
Hajmi2,2 Mb.
#119886
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   151
Bog'liq
sifat menejmenti

6.7. Standartlashtirish dasturlarining samaradorligini aniqlash 
 
Olingan  ishlab  chiqarish  va  moliyaviy  natijalar  ko’p  jihatdan  ularning  texnik 
iqtisodiy  asoslash  bosqichida  qanchalik  to’g’ri  bashorat  etilganligiga,  ya’ni  innovatsion 
loyihaning samaradorlik ko’rsatkichlari qanchalik haqiqatga yaqin ekanligiga bog’liq.  
Iqtisodiy  samaradorlik  hisobi,  odatda,  innovatsion  loyihalar  samaradorligining 
quyidagi turlari bo’yicha amalga oshiriladi: 
 uning  bevosita  ishtirokchilari  uchun  loyixani  amalga  oshirishning  moliyaviy 
oqibatlarini inobatga oluvchi moliyaviy samaradorlik; 
 loyihani  amalga  oshirilishining  regional,  mahalliy  byudjetga  moliyaviy  ta’sirini 
hisobga oluvchi byudjet samaradorligi; 
 loyihani  amalga  oshirish  bilan  bog’liq  bo’lgan  moliyaviy  harajatlarni  va 
natijalarni hisobga oluvchi umumiqtisodiy samaradorlik.  
Dastur bo’yicha ishlarni amalga oshirish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Har 
bir bosqichni amalga oshirishga esa ma’lum vaqt hamda harajatlar talab qilinadi. Dastur 
samaradorligini  hisoblashning  murakkabligi,  odatda,  integral  samara  olish  imkonini 
bermaydi,  shuning  uchun  ham  taxminiy  hisob  sifatida  yillik  samarani  aniqlash  bilan 
cheklanish mumkin.  
  Tashkiliy sistemalar bo’yicha standartlashtirish dasturlarida to’xtaladigan bo’lsak, 
bunda ularni ishlab chiqish, so’ngra ishlatishda sistemalar samaradorligi bilan cheklanish 


 
 
95 
kerak. Misol uchun korxonada mahsulot sifatini boshqarishning kompleks sistemasi joriy 
etilayotgan  bo’lsin.  U  holda  ushbu  maqsadlarga  sarflanayotgan  harajatlarning 
samaradorligini  aniqlanish  muammosi  paydo  bo’ladi.  Uni  joriy  etish  to’g’risida  qaror 
qabul qilingandan keyin, u bir necha yillar davomida takomillashtirish, tuzatishlar kiritish 
bilan  qo’llaniladi.  Bunday  holatda  mana  shu  sistemaning  ishlashidan  olinayotgan 
samarani aniqlash masalasi yuzaga keladi.  
Xuddi  shunday  yondoshuv  boshqa  sistemalar,  masalan,  texnologik,  konstruktorlik, 
ishlab  chiqarishni  tayyorlash,  mahsulotni  ishlab  chiqarishga  qo’yish  bosqichlari  uchun  
ham  tegishlidir.  Umumiqtisodiy  samara  bilan  bir  qatorda  moliyaviy  samara  olish  ham 
muhim element hisoblanadi. 
Korxonada  bu  sistemalar  bevosita  samarasiz    harajatlarning  qisqarishi,  foydaning 
ko’payishi hisobiga samaradorligini oshirish manbasi bo’lib hisoblanadi.  
Iqtisodiy  samaraning  ishonarli  qiymatini  olishning  muhim  sharti  samaralarni 
variantlar  bo’yicha  taqqoslashdir.  Buni  amalga  oshirish  quyidagi  parametrlar  bo’yicha 
ta’minlanadi.   
- yanada  sifatliroq  mahsulot  ishlab  chiqarish  orqali  qondirilgan  ehtiyojning  hajmi 
bo’yicha; 
- qondirilgan  ehtiyojning  sohasi  va  diapazoni  bo’yicha,  shuningdek  mahsulotni 
ishlatish sharoitlari bo’yicha; 
- vaqt omili bo’yicha; 
- mahsulotni ishlab chiqarish va iste’molning ijtimoiy oqibatlari bo’yicha; 
- mahsulotni  ishlab  chiqarish  va  ishlatishda  atrof  muhitga  salbiy  ta’sir  ko’rsatiщ 
darajasi bo’yicha. 
Eng  muhim  holatlardan  biri  sifat  bo’yicha  qabul  qilingan  bazis  hamda  qabul 
qilingan variantlarni taqqoslashdir. Variantlarni sifat bo’yicha taqqoslash mumkinligi – u 
yoki  bu  variant  foydasiga  qaror  qabul  qilishning  umumiy  bahosidir.  U  qabul  qilingan 
sifat ko’rsatkichlari bo’yicha amalga oshiriladi.  
  Sifat  darajasini  belgilash  baholanayotgan  mahsulotning  sifat  ko’rsatkichlarini 
taqqoslash  asosi  qilib  qabul  qilingan  bazis  mahsulotning  sifat  ko’rsatkichlari  bilan 
taqqoslashga asoslangan.  
 

Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish