Namangan muhandislik-qurilish instituti "menejment" kafedrasi r. Ismatov, O. Ahmedov


 Sertifikatsiyalash tartibi va unga qo’yiladigan talablar



Download 2,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/151
Sana15.07.2021
Hajmi2,2 Mb.
#119886
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   151
Bog'liq
sifat menejmenti

7.4. Sertifikatsiyalash tartibi va unga qo’yiladigan talablar 
 
  Sertifikatsiyalash tartibi quyidagi asosiy tadbirlarni amalga oshirishdan iborat. 
- Sertifikatsiya o’tkazish uchun qaror va ariza deklaratsiya berish; 
- Sertifikatsiyalashtiriladigan  maxsulotlardan  tajribalar  o’tkazish  uchun  namunalar  olish. 
Me’yoriy xujjatlar bo’yicha namunalar olish miqdorini belgilash. 
- Maxsulot yoki ishlab chiqarishni sertifikatsiyalashtirish sxemasini tanlash; 
- Olingan natijalarni taxlil qilib muvofiqlik sertifikatini berish to’risida qaror qabul qilish; 
- Davlat standarti ro’yxatidan maxsulotni o’tkazib, muvofiqlik sertifikatini berish; 
- Xalqaro  sertifikatlash  tashkilotlari  tomonidan  berilgan  muvofiqlik  sertifikatlarini  tan 
olish; 
- Sertifikatsiyadan  o’tgan  maxsulotning  sifat  ko’rsatkichlarining  barqarorligini  nazorat 
qilish; 
- Sertifikatsiya natijalarining axboroti; 
- Noroziliklarni ko’rib chiqish. 
Sertifikatsiyalashtirish ishlarini amalga oshirish uchun sertifikatsiyaga tegishli tashkilotga 
ariza-deklaratsiya  va  unga  qo’shimcha  xujjatlar  jo’natiladi.  Tegishli  arizani  qabul  qilgan 
tashkilot  bir  oy  davomida  xujjatlarni  ko’rib  chiqib,  sertifikatsiyalashga  oid  talablarga  mos 
kelishi to’risida qaror qabul qiladi, qaysi tartibda va kimlar tomonidan o’tkazilishi belgilanadi. 
Tanlangan  namunalar  Milliy  sertifikatsiyalash  tizimining  akkreditlangan  sinov 
laboratoriyalarida sinovdan o’tkaziladi. Lozim bo’lsa sertifikatsiyalashtirish tashkiloti tajribalar 
o’tkazish uchun usulubiy ko’rsatmalar ishlab chiqishni tashkil eatadi.  
Sertifikatlangan  maxsulotning  sifat  ko’rsatkichlari  barqarorligini  tekshiruv  nazorati  shu 
maxsulotni  ishlab  chiqarish  jarayoniga  sertifikat  bergan  tashkilot  tomonidan  maxsus  reja 
asosida amalga oshiriladi. Zarur xollarda betaraf mutaxassislarni tekshiruv nazoratiga jalb etish 
mumkin. Tekshiruv nazorati natijalariga ko’ra sertifikatsiyalash tashkiloti muvofiqlik sertifikati 
yoki muvofiqlik belgisini quyidagi xollarda bekor qilishi yoki to’xtatib qo’yishi mumkin.  

me’yoriy texnik xujjatlardagi talablar o’zgarsa; 

maxsulotning tarkibi va tuzilishi o’zgarsa; 

tashkilot yoki ishlab chiqarish texnologiyasi o’zgarsa; 

sifatni ta’minlovchi sistema, texnologiya, sinash uslublari o’zgarsa. 


 
 
102 
Tekshiruv  nazorati  tomonidan  aniqlangan  kamchiliklarni  bartaraf  qilingunga  qadar 
muvofiqldik  sertifikatini  berish  to’xtatib  turiladi.  SHu  muddatda  xam  axvol  o’zgarmasa, 
muvofiqlik sertifikati bekor qilinadi. Bundan tashqari sertifikat berish yoki muvofiqlik belgisini 
qo’yish quyidagi xollarda xam bekor qilinadi: 

maxsulotda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilib bo’lmasa; 

ishlab chiqaruvchi o’zining moliyaviy majburiyatlarini bajarmay qo’ysa; 

ishlab  chiqaruvchi  sertifikatni  vaqtincha  to’xtatib  qo’ygandan  keyin  muddatni 
uzaytirish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirmasa; 

maxsulotni ishlab chiqarish to’xtatilgan bo’lsa. 
Sertifikatsiyalashtirish  tashkiloti  bu  xaqda  rasmiy  axborot  beradi  va  mazkur  maxsulot 
ishlab  chiqarish  sertifikatini  davlat  ro’yxatidan  chiqaradi.  Axborot  bilan  ta’minlash 
sertifikatsiyalash tashkiloti ishtirokchilari bilan xamkorlikda amalaga oshiriladi. 
 

Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish