Alkanlarning ishlatilishi. Alkanlar arzon yoqilg’i va kimyo sanoatida ko’p tonnalab ishlab chiqariladigan mahsulotlar uchun xom ashyodir. Neftni qayta ishlab, motor va reaktiv yoqilg’i olinadi. Alkanlardan alkenlar – etilen, propilen, butenlar olinadi. SHuningdek, tabiiy gaz tarkibidagi metandan pirolizlash yo’li bilan atsetilen olinadi.
To’yinmagan uglevodorodlar
Molekulasida qo’sh bog’ tutgan uglevodorodlarga alkenlar (olefinlar) deyiladi. Alkenlarning birinchi vakili etilendir. Etilenning vodorodlarini alkil guruhlarga almashtirilsa, uning gomologik qatori hosil bo’ladi. Masalan: etilen vodorodini metil guruhga almashtirilsa, metiletilen hosil bo’ladi. Metiletilenda uch xil vodorodlar bo’lib, ularni CH3ga almashtirilsa, uchta alken izomerlari hosil bo’ladi:
etiletilenCH3CH2CHCH2,
simmetrik dimetiletilen CH3CHCHCH3,
nosimmetrik dimetiletilen (CH3)2CCH2.
Bu alkenlar bir-biriga izomerlardir. Bu birikmalarni ratsional nomenklaturada nomlash uchun etilen asos qilib olinadi va radikallarning nomi qo’shib yoziladi. Alkenlarni sistematik nomenklaturada nomlash uchun tegishli alkanning yakuniy –an qo’shimchasi o’rniga –en qo’shimchasi almashtiriladi.
CH2CH2 eten CH3CHCH2 propen
CH3CH2CHCH2 buten-1 CH3CHCHCH3 buten-2
Alkenlarda uch xil izomeriya mavjud:
Zanjirdagi qo’shbog’ning holatiga o’zgarish hisobiga sodir bo’luvchi izomerlar:
CH3CH2CH=CH2, CH3CH=CHCH3.
Zanjirning tarmoqlanishi hisobiga hosil bo’luvchi izomerlar:
CH3CH2CH=CH2, (CH3)2S=CH2
Qo’shboqqa nisbatan o’rinbosarlarning joylanishi hisobiga hosil bo’luvchi fazoviy izomerlar:
Olish usullari. 1. To’yingan uglevodorodlardan degidrogenlash orqali olish:
2. Spirtlarni degidratlash usuli bilan olish:
Katalizator sifatida N2SO4, H3PO4 va Al2O3 ishlatiladi. Ikkilamchi butil spirtidan Al2O3 ishtirokida buten-2 olinadi:
Reaktsiya A.M.Zaytsev qoidasi bo’yicha borib, ajralayotgan vodorod kam vodorod tutgan uglerod atomidan ajraladi.
3. Molekulasida bitta uglerod atomi tutgan birikmalardan alkanlar, alkenlar va aromatik birikmalar olish mumkin. Buning uchun tseolit katalizatoridan foydalaniladi:
Uglerod (II)-oksidini temir, kobalt, nikel katalizatorlari ishtirokida qaytarilsa, alkanlar va alkenlarning aralashmasi hosil bo’ladi:
Agar katalizator sifatida kobalt olinsa, alkenning unumi 80% ga etadi.
4. Alkenlarni mono- yoki digalogenli birikmalarida ishqorning kontsentrlangan eritmasi ta’sirida olish mumkin:
Digalogenli birikmalardan rux metali yordamida qizdirish orqali alkenlar olinadi:
5. Dien va alkinlarni selektiv katalizatorlar ishtirokida vodorod bilan qaytarib alkenlar olinadi:
6. Neftni kreking qilishda hosil bo’ladigan mahsulotlarni bosim ostida haydab alkenlar olinadi.
7. Ko’mirni kokslash jarayonida hosil bo’ladigan gazlarni qayta ishlab alkenlar olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |