Subsidiyalar esa davlat tomonidan institutsion birliklarga ishlab chiqarishni qo'llab-quvvatlash maqsadida beriladigan to'lovlardan iborat. Subsidiyalar o'z xarakteriga ko'ra mamlakatning (davlat boshqaruv idoralari sektorining) birlamchi daromadlari hisobidan boshqa sektorlarga berilgani uchun minus ishora bilan
14 Yirik korxona va tarmoqlar uchun, ularning iqtisodiy faoliyatini chuqur tahlil qilish maqsadida, ushbu schyotni tuzish foydadan holi bo'lmaydi.
45
yoziladi. Soliqlar va subsidiyalar ayirmasi odatda sof soliqlar deb yuritiladi va u davlat boshqaruv idoralari sektorining birlamchi daromadi hisoblanadi.
Shuni aytish joizki, hamma soliqlar ham birlamchi daromad bo'lavermaydi (IV- bobning 2-bandiga qarang). Jumladan, daromad va mulk soliqlari (foydadan soliq, daromad solig'i, ishlab chiqarishda foydalanilmagan aktivlardan mulk solig'i), kapital soliqlar (merosga qolgan, sovg'aga berilgan mulkni rasmiylashtirishda to'lanadigan soliq) (davlat tashkilotlariga to'lanishiga qaramay) birlamchi daromad sifatida qaralmaydi. Ular qayta taqsimlash operatsiyalari (joriy yoki kapital transfert) sifatida qayd etiladi.
Xulosa qilib aytganda, davlat boshqaruv idoralarining birlamchi daromadi tarkibiga soliq turlaridan faqat ishlab chiqarish va import uchun soliqlar plyus ishora bilan subsidiyalar minus ishora bilan kiradi.
Ishlab chiqarish va import uchun soliq (subsidiya)lar soliqlar va subsidiyalar tasnifiga asosan ikki qismga bo'linadi:
mahsulot va import uchun soliq (subsidiya)lar;
shu jumladan:
mahsulot uchun soliqlar (subsidiyalar);
import uchun soliqlar (subsidiyalar)
bevosita ishlab chiqarish uchun soliq (subsidiya)lar.
Mahsulot uchun soliqlar rezident birliklar tovar yoki xizmatni ishlab chiqarganda va uni sotganda mahsulot birligiga nisbatan bevosita va yashirin to'lanishi lozim bo'lgan (to'langan emas) soliqlar miqdoridan iborat. Ular tarkibiga qo'shilgan qiymat, aksiz, mahsulot narxiga ustama va qo'shimchalar va yashirin soliqlar kiradi (IV- bobga qarang).
Mahsulot uchun subsidiyalar rezident birliklariga davlat byudjeti tomonidan tovar yoki xizmatni ishlab chiqarganda yoki uni sotganda mahsulot birligiga nisbatan bevosita va yashirin to'lanishi lozim bo'lgan (to'langan emas) subsidiyalar miqdoridan iborat. Ular tarkibiga bevosita davlat tomonidan berilayotgan va yashirin ko'rinishdagi subsidiyalar kiradi. Ularni mahsulot va import uchun subsidiyalar sifatida guruhlash mumkin. Ularga misol tariqasida, mahsulotni sotganda yoki import qilganda korxonaga davlat tomonidan beriladigan mablag'larni keltirish mumkin.
Bevosita ishlab chiqarish uchun soliqlar rezident institutsion birliklarning ishlab chiqarish faktorlariga to'laydigan to'lovlaridan iborat. Ular tarkibiga er solig'i, ishlab chiqarishda foydalanilgan mulk (asosiy vositalar) solig'i, mehnat resurslariga to'lovlar, foydali qazilma boyliklarini topish maqsadida bajariladigan geologiya- qidiruv ishlari uchun ajratmalar, yakka tartibda faoliyat ko'rsatish uchun patent to'lovlari, obodonlashtirish uchun soliqlar, qurilish ob'ektlari egalaridan olinadigan soliq, import va davlat bojlari, bozorlardan yig'imlar, transport solig'i, o'rmon solig'i va boshqalar kiradi.
46
Yana shuni ta'kidlash lozimki, ayrim soliqlar va subsidiyalar amaliyotda operatsiya sifatida yaqqol ko'rinishda bo'lmasligi mumkin, ya'ni ular soliq tashkilotlarida va ishlab chiqaruvchi birliklar hisoblarida qayd etilmagan bo ' l ishi mumkin.Masalan, paxta tolasi markazlashgan tarzda davlatga tegishli savdo kompaniyalari orqali sotiladi. Bunda paxta tolasini savdo kompaniyalariga etib kelgandagi tola qiymati (narxi) eksportga sotgandagi qiymatdan kam yoki ko'p bo'lishi mumkin. Narxlardagi farq asosida hosil bo'lgan qiymat eksport narxi yuqori bo'lsa musbat qoldiq hosil bo'ladi, aks holda manfiy qoldiq hosil bo'ladi. MHT metodologiyasiga asosan musbat qoldiq mahsulot uchun soliq olingan, manfiy qoldiq esa - mahsulot uchun subsidiya berilgan deb talqin qilinadi. Chunki bu qoldiqlar davlat byudjetiga borib qo'shiladi yoki hosil bo'lgan zarar byudjetdan qoplanadi. Bunday holatlar yuzaga kelganda milliy hisobchilar tegishli hisoblarni amalga oshirib, tegishli hisoblarda o'zgartirishlar kiritishlari lozim.
Sof foyda nomoliya, moliya, davlat boshqaruv idoralari va uy xo'jaligiga xizmat ko'rsatuvchi notijorat tashkilotlarning birlamchi daromadi hisoblanadi. MHT metodologiyasiga asosan birlamchi daromad sof holda hisoblanishi tavsiya etiladi. Lekin, amaliyotda asosiy kapitalning iste'moli ko'rsatkichini hisoblash qiyin bo'lgani sababli, sof foyda ko'rsatkichi bilan AKI birga qo'shib hisoblanadi. Hosil bo'lgan ko'rsatkich yalpi foyda deb yuritiladi. Bu ko'rsatkich, yuqorida zikr etilgan sektorlarning bevosita ishlab chiqarish faoliyatlari natijasida ega bo'lgan daromadlaridan iborat. Nazariy jihatdan qaraganda, uning qiymati daromadlarni shakllanishi schyotidagi saldo ko'rsatkichiga teng bo'ladi.
Aralash daromad uy xo'jaliklariga tegishli nokorporativ korxonalarning birlamchi daromadi hisoblanadi. Ko'rsatkichning “aralash daromad” deb atalishiga asosiy sabab, bu ko'rsatkich tarkibida mehnat haqi va yalpi foyda qo'shilib ketgan bo'ladi yoki ularni alohida hisoblash amaliy jihatdan qiyin bo'ladi. Masalan, uy xo'jaligiga qarashli ustaxonada yollangan ishchilar bilan birgalikda uy xo'jaligi a'zolari faoliyat ko'rsatadilar. Yollangan ishchilar ish haqi oladilar, uy xo'jaligi a'zolari esa odatda ish haqi olmaydi. Natijada, bunday korxonalarda foyda ko'rsatkichi tarkibida uy xo'jaligi a'zolari tomonidan olinmagan ish haqi yotga bo'ladi va uni ajratishning zarurati bo'lmaydi. SHu sababli, bunday korxonalarning foyda ko'rsatkichi aralash daromad deb yuritiladi.
Aralash daromadni MHT metodolgiyasiga ko'ra sof usulda hisoblash tavsiya etiladi. Lekin, amaliyotda uy xo'jaliklari uchun asosiy kapitalning iste'moli ko'rsatkichini hisoblash qiyin bo'lgani sababli, aralash daromad tarkibida AKI yotgan bo'ladi. SHu sababli, bu ko'rsatkichni yalpi aralash darnmad dеb atash mеtоdоlоgik jihatdan to'g'ri bo'ladi. Bu ko'rsatkich, uy xo'jaligi sektorlarining bevosita ishlab chiqarish faoliyatlari natijasida ega bo'lgan daromadlaridan iborat. Nazariy jihatdan qaraganda, uning qiymati uy xo'jaligi sektorining daromadlarni shakllanishi schyotidagi saldo ko'rsatkichiga teng bo'ladi.
47
Daromadlarni hosil qilish hisoblamasi va uning ko'rsatkichlari.
Bu schyot mamlakat miqyosida, iqtisodiyot sektorlari va tarmoqlari kesimida tuziladi. Schyotni tuzishdan ko'zlangan maqsad, mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot hamda iqtisodiyot sektorlari va tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo'shilgan qiymatning tarkibini aniqlashdan iborat. SHu bilan birga, schyotdagi ko'rsatkichlar ishlab chiqarishda band bo'lgan barcha institutsion birliklarning birlamchi daromadlari tarkibini ifodalaydi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |