Ishlab chiqaruvchi bahosi asosiy baho bilan mahsulotlar uchun sof soliqlar yig'indisidan iborat.
Mahsulotlar uchun sof soliqlar ishlab chiqaruvchi birlikning mahsulot uchun to 'lagan soliqlaridan shu turdagi subsidiyalarni chegirish natijasida topiladi.
Iste'molchi bahosi ishlab chiqaruvchi bahosi bilan savdo-transport ustamasi yig'indisidan iborat.
Savdo-transport ustamasi savdo va transport tashkilotlarining tovarni iste'molchiga yetkazishdagi xizmatlari uchun oladigan qiymat miqdoridan iborat.
YalM - MHTning asosiy ko'rsatkichi sifatida va uni o'ziga xos jihatlari.
Ma'lumki, qishloq xo'jaligi tarmog'i keng qamrovli, rangbarang tovar va xizmat ko'rsatish faoliyatlarini o'zida mujassamlantirgan. Bundan tashqari, qishloq xo'jaligi tarmog'ida bir hisobot davrida (oy, chorak, yil) iste'molchi talabini qondiradigan tayyor xolatda ishlab chiqarib bo'lmaydi. YA'ni, tayyor mahsulotni ishlab chiqarish jarayoni har doim ham bir hisobot davrida yakunlanmaydi, u bir necha hisobot davrlariga cho'zilishi mumkin. Masalan, bug'doy urug'i kuzda sepildi, mahsulot
41
keyingi yilning yozida yig'ib olinadi. Chorva mollarini go'shtga topshirish uchun bir necha yillar kerak bo'ladi. Bunday xolatlarda, ishlab chiqarishning oxirgi - mahsulot tayyor bo'lgan davridan oldingi hisobot davrlarida ishlab chiqarish hajmini o'lchash, ya'ni yalpi mahsulot qiymatini hisoblashda muayyan qiyinchiliklar paydo bo'ladi. Odatda, mahsulot tayyor bo'lmagan davrlardagi ishlab chiqarishni tugallanmagan ishlab chiqarish deyiladi.
Tugallanmagan ishlab chiqarishni hisobga olish tartib qoidalarini dehqonchilik va chorvachilik quyi tarmoqlari misolida bayon etamiz.
Dehqonchilik. Bu tarmoqda tugallanmagan ishlab chiqarish hajmini hisoblashda хarajatlar usulidan foydalanamiz. Xarajatlar usulining mohiyati quyidagicha. Unga ko'ra, yalpi ishlab chiqarish hajmi hisobot davrida ishlatilgan tovarlar va xizmatlar qiymati (OI), mehnat haqi (MX) va o'rtacha (shartli) hisoblangan foyda (SHF) ko'rsatkichlarining yig'indisidan iborat.
YAICH =OI+MH +SHF, (9)
bu erda,
OI - hisobot davrida ishlatilgan tovarlar va xizmatlarning qiymati;
MH - ishchi-xizmatchilarga yozilgan ish haqi, qo'shimcha va mukofotlar, majburiy sug'urta fondlariga ajratmalar;
SHF - shartli foyda.
Shartli foyda quyidagicha hisoblanadi:
o'tgan davr(yil)dagi ma'lumotlardan foydalanib, bir birlik oraliq iste'mol va mehnat haqiga to'g'ri keladigan foyda (normasi) miqdori (FN) topiladi12.
topilgan foyda normasini hisobot davri uchun hisoblangan oraliq iste'mol va mehnat haqi yig'indisiga ko'paytiriladi. Topilgan miqdor shartli foyda bo'ladi.
SHF = (OI + MX)x FN/100; (10)
Yuqorida keltirilgan fikrlarni paxta xom ashyosini (bundan keyingi matnlarda qisqacha - paxta deb yuritamiz) yetishtiruvchi fermer xo'jaligi misolida ko'rib chiqamiz. Shuni alohida aytish lozimki, fermer er solig'i to'laydi. Bu soliq bevosita ishlab chiqarish uchun soliq hisoblanadi va YAICH tarkibiga kiradi. Bu soliq fermerga biriktirilgan ekin maydoniga nisbatan belgilanadi va hamma davrlar uchun bir xil miqdorda bo'ladi. Keltirilayotgan misol murakkab bo'lib ketmasligi uchun bu omilni hisobga olmaymiz. Bundan tashqari, fermer xo'jaligi qo'shilgan qiymat solig'i to'lamaganligi uchun, hisoblarda oraliq iste'mol tarkibiga kiruvchi materiallar va xizmatlar qiymati qo'shilgan qiymat solig'i qo'shib hisoblangan, deb hisoblaymiz.
Misolda hisobot davri o'lchov birligi sifatida - chorakdan, pul o'lchov birligi sifatida - mln.so'mdan foydalanamiz.
Paxtani yetishtirish, hosilini terib topshirish bir necha hisobot davrlarida amalga oshiriladi. SHuni e'tiborga olib quyidagi ma'lumotlardan foydalanamiz.
12Foyda normasi foizlarda hisoblanadi. Foyda normasini topish uchun, o'tgan yildagi foyda ko'rsatkichini mehnat xaqi va oraliq iste'mol ko'rsatkichlari yig'indisiga bo'lib, 100ga ko'paytiriladi.
42
Fermer xo'jaligi 2008 yilda 100ga erda paxta yetishtirgan. Ja'mi 250 tn paxta sotgan. Uning umumiy qiymati 50 mln.so'm bo'lgan. Oraliq iste'molga xarajatlar - 25, mehnat haqi - 20, foyda - 5.2. Fermer xo'jaligi 2009 yilda 110 ga erda paxta yetishtirish bo'yicha dehqonchilik ishlarini boshlagan. Emi tekislash, xaydash ishlari 2008 yilning oxirgi choragida bajarilgan. Bu ishlarni bajarish uchun ja'mi 3 birlik sarf xarajat bo'lgan. SHu jumladan: 2.5 - oraliq iste'molga, 0.5 mehnat haqiga sarf bo'lgan.
Fermer xo'jaligining 2009 yil ma'lumotlariga ko'ra, 1 -chorakda bajarilgan ishlarga ja'mi 2 birlik, shu jumladan oraliq iste'molga - 1.8, mehnat haqiga - 0.2 birlik sarf qilingan. Asosiy kapitalning iste'moli (AKI) 0.05 ga teng.
chorakda bajarilgan ishlarga ja'mi 10 birlik, shu jumladan oraliq iste'molga - 6, mehnat haqiga - 4 birlik sarf qilingan. O'tgan uch chorakda paxta mahsuloti sotilmagan. Asosiy kapitalning iste'moli (AKI) 0.1 ga teng.
chorakda bajarilgan ishlar jami 20 birlik, shu jumladan, oraliq iste'molga - 10, mehnat haqiga - 10 birlik sarf qilingan. Bu chorakda 120 tn paxtani 26 birlikka sotgan. Asosiy kapitalning iste'moli (AKI) 0.1 ga teng.
chorakda bajarilgan ishlar jami 28 birlik, shu jumladan, oraliq iste'molga - 12, mehnat haqiga - 16 birlik sarf qilingan. SHu jumladan, keyingi yil hosili uchun oraliq iste'molga 3, mehnat haqiga 1 birlik sarf qilingan. Asosiy kapitalning iste'moli (AKI) 0.1 ga teng. Bu chorakda 180 tn paxtani 40 birlikka sotgan. Barcha ishlab chiqarilgan paxta mahsuloti sotilganligi uchun zaxirada mahsulot qolmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |