darajasi, u tomonidan taklif qilinayotgan ilmiy-texnik qarorlarni zamonaviy ilmiy
istiqbolligi va texnik asoslanishi tadqiqot qilinadi.
Inovatsion loyihalarni boshqarishga tizimli yondoshish nuqtai nazaridan sotsial tahlil
ularning samaradorligini tahlil qilishda markaziy o’rinni egallaydi. Innovatsion loyiha
samaradorligi sotsial tahlilning maqsadlari va vazifalarga o’ar xil sotsial guruhlar
manfaatlarini loyiha natijalariga mosligini ta’minlash bo’yicha masalalarni tadqiqot
qilish va choralarni ishlab chiqish bilan bog’liqdir. Bunday moslik
loyihaning yetarlicha
yuqori samaradorligiga erishish uchun zarurdir, chunki u loyihani aholi tomonidan qo’llab-
quvvatlanishini ta’minlaydi. Loyiha maqsadlariga erishishni rag’batlantiruvchi belgilangan
sotsial guruhlarning ttasavvurlari va xulqiga ta’sir ko’rsatish mumkin bo’ladi.
Agar loyihani ishlab chiqishda uning samaradorligining sotsial tahliliga yetarlicha
e’tibor berilmasa, loyiha yetarlicha keng sotsial qatlamlarga emas,
balki loyihani ishlab
chiqaruvchilarning o’zlarining sotsial qadriyatlariga mo’ljallantirilishi mumkin. Loyiha
natijalari bo’lajak iste’molchilari guruhini boshidan bunday toraytirilishi odatda uning
past samaradorligiga olib keladi.
Ko’pgina hollarda turli - tuman sotsial omillar, manfaatlar va afzalliklarni hisobga
olish loyihani ishlab chiqish va amalga oshirishga qo’shimcha xarajatlarni talab qilishi
mumkin.
Innovatsion mahsulotlar, xizmatlar, texnologiyalarni amalga oshirish uchun
do’stona sotsial muhitni yaratish bilan bog’liq bu xarajatlarning zarurligini baholash
muhimdir.
Loyiha samaradorligining moliyaviy –iqtisodiy tahlili odatda uni ishlab chiqishning
namunaviy ekspertiza qilishning yakunlovchi bosqichida o’tkaziladi, ammo amalda u
innovatsion loyiha samaradorligini butun tizimli tahlilining markaziy elementi bo’ladi.
Loyihaning investitsiyalar kirtishdan oldingi
bosqichida uning moliyaviy
samaradorligini tahlil qilish va investitsion qaror qabul qilishda loyihaning kiruvchi va
chiquvchi pul oqimlarining bashoratli miqdorini baholash va tenglashtirish muhimdir.
Boshqacha qilib aytganda, bu bosqichida loyihani “qora quti” sifatida ko’rib chiqish,
ya’ni loyihaning tashqi tuzilishi va uni amalga oshirish mexanizmiga e’tibor bermasdan
kiruvchi pul oqimlari ()ya’ni kerakli resurslar yoki loyihaning xarajatlari qiymati ni
loyihani chiquvchi pul oqimlari (ya’ni, ishlab chiqarish mahsulotlar qiymati yoki
loyihaning
foydalari, daromadlari bilan) baholash va tenglashtirish maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: