Feromonlar. Bular hasharotlar ishlab chiqaradigan moddalar bo’lib, funktsiyasi tashqi muhit sharoitida qarama-qarshi jinsiy organizmni o’ziga jalb qilishdan iborat. Ingibitorlar organizmda ishlanib chiqadigan kimyoviy moddalar bo’lib, ular ta`sirida fermentlar faoliyati susayadi yoki tirik mavjudotning rivojlanishi pasayadi. Antifidantlar hasharotlarning ishtahasini susaytiruvchi kimyoviy moddalardir.
Fizik-mexanik usul. O’simlik zararkunandalariga qarshi mexanik tadbirlar sifatida ularning to’planishiga, turib qolishiga, harakatlanishi yoki o’simliklarni zararlashiga qarshi oldini olish vositalaridan foydalaniladi. Bundan tashqari, o’simliklar qoldig’i hamda hasharotlar uyasini yo’qotish, o’simliklar tanasini eski po’stloqdan tozalash va boshqa mexanik tadbirlar ham kiradi. Zararli hasharotlarning to’planishi yoki tuxum qo’yishining oldini olish uchun go’ng, xas-xashak, daraxtlar, tutqich belbog’ va xazon g’aramidan foydalaniladi. Bunday joylarda hasharotlar to’plangach, ular turli yo’llar bilan qirib tashlanadi. Mexanik kurash tadbirlari daraxtlarning qurigan va zararlangan shoxlarini kesish va yoqib yuborish, chirigan, zararlangan mevalarni ajratib olish va yo’qotishdan iboratdir. Jumladan, ko’sak qurti (Heliothis ormigera)ga qarshi kurashda ularni qo’lda terib yo’qotish ham mumkin. Masalan, pomidor pishganda unga tushgan ko’sak qurti ham qo’lda teriladi, chunki bu vaqtda insektitsidlardan foydalanish mumkin emas. Kartoshkadagi kolorado qo’ng’izi va uning tuxumini ham qo’lda terib va mexanik usulda yo’qotish taklif etilgan. Xuddi shunday, karam kapalagi (Pieris brassicae) tuxumini to’p-to’p qilib qo’yadi. Har bir to’pda 250 tagacha tuxum bo’ladi. Bu tuxumdan qurtlar chiqmasdan, ularni nobud qilish mumkin. Do’lana kapalagi (Aporia crataetgi)ning daraxtlar bargi to’kilgandan keyin shoxlaridagi o’rgimchak iniga o’xshab bir-biri bilan yopishgan qishlovchi qurtlari 25 donagacha bo’ladi, ularni qo’lda olib tashlash va o’ldirib yuborish mumkin. Yozda olma kuyasi (Huponomeuta malinellus)ning g’umbakli ini ham qo’lda yig’ib olib yo’qotiladi.
Daraxtlar po’stlog’i ostida ko’plab zararkunandalar qishlovga kiradi. Masalan, olma qurtlari (Carpocapsa pomonella), yozda esa g’ilofli kuya (Coleophora hemerobiola) qurtlari g’umbakka aylanadi. Shuning uchun erta bahorda yoki kech kuzda daraxtlar ostiga choyshab yozilib, unga to’kilgan po’stloq va hasharotlar kuydirib yuboriladi. Bunda faqat zararkunandalar emas, balki ularning g’umbakka aylanish joyi ham yo’qotiladi. Daraxtlarni silkitib, hasharotlarni yig’ib olish ham mumkin. Masalan, may oyi o’rtalarigacha o’rik va olcha daraxtlaridagi kazarka (Rhynchites bacchus), olcha uzunburun qo’ng’izlari (Rhunchites auratus)ni ham daraxtni silkitish yo’li bilan yig’ib olib, yo’qotish mumkin.
Yopiq gruntdagi issiqxona oqqanotini, sakrovchi qo’ng’izlarni maxsus rangli qog’oz va yelim (kley) yordamida tutish yaxshi yo’lga qo’yilgan. Yashil va sariq rangli qog’ozlarga yopishtirilgan yelimga uchib kelib qo’ngan oqqanotning katta yoshdagilari ham, mayda qo’ng’izlari ham yopishib qoladi. Xuddi shunday tutqichlar qo’ng’izlarga, qurtlarga va kapalaklarga qarshi ham ilgaridan ishlatib kelingan. To’p-to’p bo’lib yashaydigan chigirtkalarni ekin ekilmagan bo’sh maydonlar tomongaburib yuborish uchun ko’chma devorlar qo’llanilgan. Ular yo’lidachuqurligi, eni va uzunligi 70 sm li tutqich chuqurlar qaziladi. Ana shuchuqurlarga chigirtkalar tushib to’planadi, chiqib ketmasligi uchun ustiko’mib tashlanadi yoki yoqib yuboriladi. Ayrim hollarda jalb qiluvchikimyoviy moddalar hidiga uchib keladigan kuzgi tunlam (Agrotis segetum)va boshqa hasharotlar yopishib qolaveradi. Har 2-3 haftada bu moddayangilab turiladi. Tutqich belbog’lardan foydalanish ham mumkin. Bundadaraxtlar tanasi ko’chgan po’stloqdan tozalanib, daraxt ostiga eski lattayoki paxta qo’yiladi. Belbog’lar zararkunandalar lichinkasi g’umbakkaaylanishi uchun pastga tushish vaqtiga to’g’rilab bog’lanadi, bunda olmaqurtiniki may oylarida, g’ilofli kuyaniki oq akatsiya gullashi davriga to’g’ri keladi. So’ngra g’umbaklar kapalakka aylanmasdan oldinbelbog’lar har haftada bir marta tekshirilib, qurtlar olib tashlanadi. Olmaqurtiga qarshi ishlatiladigan belbog’ni teshigi 2,5 mm bo’lgan simto’rdanyasash mumkin. Bunda simto’r 10-15 sm yo’g’onlikda qalin qilibo’raladi va chetlari bir-biriga mindiriladi, quvur cheti daraxtga bostiriladi,uchlari egiladi, simto’r ostiga qog’oz va payraha qo’yiladi. Qurtlarsimto’richiga osonlikcha kiradi, lekin g’umbakdan chiqqan kapalaklar simto’rdanchiqa olmaydi va nobud bo’ladi. Simto’rdan yasalgan belbog’ni tez-tezqarab turishning hojati yo’q, chunki u bir necha yil xizmat qiladi. Ayrimhollarda zaharlangan belbog’dan ham foydalanish mumkin. Bunda daraxttanasiga loy surkab, keyin zaharlangan belbog’ bog’lab qo’yiladi.
Hozirgi vaqtda respublikamizda juda ko’plab zararli organizmlaruchun maxsus feromon tutqichlar ishlab chiqilib, keng qo’llanilmoqda. Ayniqsa, g’o’zadagi kuzgi tunlam (Ageisegetum) ko’sak qurti (Chloridea obsoleta)ga qarshi yaxshi samara beradigan feromon tutqichlar keng qo’llanilmoqda. Feromon tutqichlar qarama-qarshi jinsli zararkunandalardan ajratib olingan moddalarga asoslangan bo’lib, ular zararkunandalarning qarama-qarshi jinslilarini o’ziga jalb qilib chaqiradi va bu yerga boshqa jinsli hasharot kapalaklari uchib kelib, surtilgan yelimga yopishib qoladi. Bu yo’l bilan hasharotlarning paydo bo’lishi to’g’risida oldindan ma`lumot olish ham mumkin bo’ladi.
Zararkunandalarga qarshi kurashda fizik usullardan ham samaralifoydalanilib kelinmoqda. Ayniqsa, qishloq xo’jalik ekinlari o’rnini vahosilini saqlashda bu usul yaxshi samara beradi. Masalan, (Bruchuspisorum) hosil (don) saqlanayotganda uni no’xatxo’r zararlagan bo’lsa,muzlatkichda –10, –11°C saqlansa, bir haftada deyarli barchano’xatxo’rlar nobud bo’ladi. Loviya mevaxo’ri (Acanthoscelidesobtectus) –10°Cda 12 soatdan keyin to’liq nobud bo’ladi. Ayrim hollardadondagi zararkunandalarni yo’qotish uchun ular yuqori chastotali tokyordamida qizdiriladi. Parnik zararkunandalariga qarshi kurashda urug’gatermik ishlov berilsa, parnik-issiqxona tuproqlarini bug’ bilan ishlansa,ko’pgina zararkunandalar - ildiz kanasi (Rlosoglupgus eshinopus), kuzgitunlam (Agrotis segeym), yovvoyi tunlam (Euxoa conspicua) lichinkalarinobud bo’ladi. Ombor zararkunandalari, jumladan, ombor uzunburunqo’ng’izi (Calandra granaria) bilan zararlangan don tashilgan temir yo’lvagonlari va platformalar bug’ bilan dezinfeksiyalanadi. Ayrim hollardaissiqxona va xonada o’stirilgan o’simliklarda yashovchi kanalar va o’simlikbitlariga qarshi 50 -53°C isitilgan suv yordamida kurashish mumkin. Ombor zararkunandalariga qarshi quruq issiq bilan kurash usuli ham qo’llaniladi, zararlangan mahsulotlar 50°C da 15 minut qizdiriladi. Bunda hasharotlardan tashqari, ko’pgina kasallik qo’zg’atuvchilar ham nobud bo’ladi. Ko’p hollarda meva daraxtlarining qurigan shox-shabbasi, zararlangan ombor chiqindilari, to’kilgan barglar yoqib yuboriladi. Tog’ va cho’l oldi zonalarida qurib qolgan o’simliklar qoldig’i yoqib yuborilganda, bunda xasva (Eurygaster integriceps), nashtarboshli qandalalar (Aelia acuminata), bug’doy trirsi (Haplotnrirs tritici), bug’doy arrakashi (Cephus pyomaeus) zararkunandalari yo’qotiladi. Hasharotlarni yoriqqa jalb qilish usuli ularning paydo bo’lishini oldindan aytib berish uchun ham qo’llaniladi. Ko’pgina hasharotlar, ayniqsa, bizda karantin obekti bo’lgan g’o’za kuyasi (Pectinophora gossypiella) qizilrang yorug’likka moyil ekanligi, ba`zi hasharotlar esa ultrabinafsharang yorug’likka ko’proq uchib kelishi aniqlangan.
Hozirgi vaqtda qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlashda radiatsiya nurlaridan ham foydalanish ustida ish olib borilmoqda. Bu usul umumlashtirilgan nur yordamida juda ko’p zararli hasharotlarni sterilizatsiya qilish prinsiriga asoslangan. Erkak jinsli hasharotlar radiatsiya nuriga juda sezgir bo’lib, ular birinchi navbatda pushtsizlanadi. Buning uchun laboratoriya sharoitida nur yordamida pushtsizlangan juda ko’p hasharotlar tabiatga qo’yib yuboriladi. Ular urg’ochi hasharotlar bilan juftlashishi ham mumkin, lekin tuxumidan qurt chiqmaydi va buning natijasida tabiatda shu zararkunandaning juda ko’p qismi nobud bo’ladi.
Bu usul birinchi marta AQShda qo’llanilib, yaxshi natija olingan. Hozirqishloq xo’jalik ekinlarining va bog’larning zararkunandalariga qarshikurashda bu usulni qo’llash mumkinligi isbotlangan. Shu bilan birga,ultraqisqa elektr to’lqinining ombor zararkunandalarini qirishimkoniyatidan ham foydalanish mumkin. Jumladan, yuqori chastotalitok ta`sirida zararli hasharotlar 3-9 sekundda nobud bo’ladi.
Ultraqisqa elektr to’lqinlari va yuqori chastotali tokning qishloq xo’jalik ekinlariga qo’llash va ularning o’simliklarga ta`sirini o’rganish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |