Mustaqil ishlar. Talabalar tablitsada chizilgan umurtqa pog’onasini tuzilishi, patologik qiyshaymalarni ko’zdan kechiradilar, daftarlariga chizadilar va o’z to’shunchalarini yozadilar.
Nazorat uchun savollar.
Umurtqa pog’onasining tuzilishini aytib bering?
Umurtqa pog’onasidagi fiziologik bukilmalar xaqida to’shuncha bering?
Umurtqa pog’onasining patologik qiyshaymalariga nimalar kiradi?
Patologik qiyshaymalar (lordoz, kifoz, skolioz)ning oldini olish choralarini ayting?
Yassioyoqlik deganda nimani to’shunasiz va kelib chiqish sabablarini ayting?
Yassioyoqlikning klinik belgilari?
Yassioyoqlikning oldini olish choralari?
19– Amaliy mashg’ulot
Mavzu: Bolalarda moddalar almashinuvining buzilishi kaslliklari
2 soat.
Nazariy tushuncha. Raxit- o’sib kelayotgan organizm kaslligi bo’lib, u bolada “ko’ngilsiz holat” vujudga keltiradigan, yani yoshiga to’lmagan bolalarni tez-tez va uzoq vaqt kasllilarga chalinib turishga moyil qilib qo’yadigan holatdir. Raxit kasalligi bola organizmida vitamin D yetishmasligi va moddalar almashinuvining buzilishi natijasida kelib chiqadi. Raxit odatda boshqa xar qanday kaslliklarni og’irlashtirib qo’yadi. Raxit kaslliklariniilk belgilari: nerv sistemasiga aloqador funksional o’zgarishlardir. Yani bolaning ko’p terlashi, issiqlik toshib badan terisining bichilib turishi, ensa sohasida sochning to’kilib ketishi, bolaning hadeb chochishi, injiqlik qilishi, uyqusining behalovat bo’lishidir.
Rahitga chalingan bolani ko’zdan kechirganda uning suyak va muskul sistemasiga ahamiyat berish kerak. Ensa suyagi yumshoq bo’lganda “kraniotabes” bosh shaklining o’zgarishi, katta liqildoqning kech bekilishi, bolaning qovurg’alarida marjonga o’xshash bo’rtmalar, raxitik tsbehlar, bolaning qo’lida, yani bilak sohasida yo’g’onlashish-raxitik bilakuzuklar paydo bo’ladi. Oyoqlarining yumshab qolgan suyagi gavda oriqligini bosishi natijasida O yoki X shaklida deformatsiyalanib qoladi. Raxit bo’ldan bolalarda teri qoplamlari ko’pincha rangsiz bo’ladi, chunki ularda kamqonlik rivojlanadi. Raxitdan sog’ayish bosqichida agar bola organizmida kalsiy tuzlari yetarli miqdorda tushmasa, qon zardoblari tarkibida uning miqdori kamayib ketadi va nerv sistemasining tirishish reaksiyasiga moyil holda qo’zg’aluvchanligi oshib ketadi. Bunday holat spazmofiliya deb yuritiladi. Bolaning tirishishi uzoq yoki qisqa vaqt davom etadi. Bolaning sikilet muskullarida klonik-tonik talvasalar kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |