Mustaqil ish. Talabalar “ raxit” kasalliklarini klinik belgilarini daftariga yozadilar, jadvalda berilgan vitamin Dning dozalarini daftariga ko’chirib oladilar. Rasmlarini daftarlariga chizib oladilar.
Nazorat savollari.
Raxit kasalligini ta’riflang?
Raxitning kelib chiqish sabablarini ayting?
Raxit kasalligining klinik belgilarini ayting?
Raxit kaslligini necha darajasi bor?
Raxit kaslligi qanday davolanadi?
Raxit kaslligini oldini olish choralarini ayting?
Tirishish hurujida bolaga qanday yordam ko’rsatiladi?
20-Amaliy mashg’ulot
Mavzu: Bolalarda sil kasalligi va uning oldini olish choralari.
2 soat
Nazariy tushuncha. Sil ya’ni tuberklyoz (tuberclosis) mikrobakteriyalar tufayli paydo bo’ladigan infeksion kasallikdir. Sil qo’zg’atuvchisini Koh kashf etgan, shuning uchun ham sil qo’zg’atuvchisini sil mikrobakteriyalari deb ataladi.
Kasallik yuqadigan asosiy manba sil bilan og’rigan kasal kishi hisoblanadi. Odam yo’talganda, gaplashganda, aksirganda atrofida bir talay mayda-mayda shilomshiq tomchilarni sachratib chiqaradi, bularda sil mikrobakteriyalari bo’ladi va atrofidagi buyumlarga o’tirib qoladi, tez quriydi hamda changga aylanadi.
Kasalning ich kiyimlari, o’rin boshiga tutiladigan narsalar hammadan xavflidir. Qoramol ham sil yuqadigan manba bo’lishi mumkin, chunki sil bilan og’rigan sigirlar sutida ko’pincha mikrobakteriyalar bo’ladi.
Odam badaning terisi shilliq pardalari va o’pka alveolalarining epiteliysi va sil infeksiyasi uchun kirish darvozasi bo’lishi mumkin.
Bolalrda ko’puncha birlamchi sil infeksiyasi uchraydi.
Birlamchi sil infeksiyasining asosiy belgilaridan biri limfa sistemasining zararlanishidir. Ikkinchi xarakterli belgisi kasallikning tomir otib tarqalib ketishiga, rematogen va limfogemetogen yo’llar bilan tarqalib borishga moyil bo’lishidir.
Obektiv tekshirishda tana vazni, bo’yning odatdagidan kamligi, et qochganligi va teri osti kletchatkasi, muskullar, suyaklar rivojining izdan chiqqanligi ma’lum bo’ladi. Ko’krak qafasi odatda uzun, tor yassi bo’ladi. Limfa tugunlari kattalashib ketadi, paypaslab ko’rilganda qattiq, uzunchoq yoki yassi bo’lib qo’lga unnaydi, harakatchan bo’ladi. Tana tempiraturasi bir muncha ko’tarilib turadi (37.0-37.4 C gacha). Ba’zi hollarda xronik konyuktivitlar, blefaritlar kuzatiladi. Hamma bolalarda tuberkulin sinamasi musbat bo’lib chiqadi, qonda gipoxrom anemiya bo’ladi.
Ishdan maqsad. Bolalarda sil kasalligi va uning klinik belgilari bilan tanishish. Bolalarda sil kasalligining profilaktikasi. Mantu sinamasi va BSJ em dorisi bilan emlash qoidalarini o’rganish.
Do'stlaringiz bilan baham: |