Namangan davlat universiteti tabiiy fanlar va geografiya fakultet


Tokoferol va uni organizmdagi fiziologik-biokimyoviy jarayonlarga ta’siri



Download 0,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/21
Sana26.04.2022
Hajmi0,66 Mb.
#583150
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21
 
1.4.Tokoferol va uni organizmdagi fiziologik-biokimyoviy jarayonlarga ta’siri 
Tokoferol atsetat (Sinonimlari: Vitamin E atsetat, alfa-Tokoferol atsetat, 
Almefrol, Yegevit, Yesol, Yevitaminum, Evitan, Fertiligen, Gonavil, Rhytoferol, 
Rrofecundin, Tosofyn, alfa-Tosopherol, Tosovit, Vitarlex E va boshqalar) och 
sariq tiniq yopishqoq yog’simon birozgina xidli suyuqlik. Yorug’da oksidlanadi va 
qoraya boshlaydi. 
Tokoferol atsetat tabiiy antioksidant hisoblanadi va har xil moddalarni 
oksidlanib o’zgarib ketishidan himoya qiladi. Gem va oqsillarni biosintezi, hujayra 
proliferatsiyasi, to’qimalarning nafas olishi va hujayra metabolizmini boshqa 
muhim jarayonlarida ishtirok qiladi. Tibbiyotda har xil kasalliklarni davolashda 


32 
ayniqsa, antioksidantlik xususiyati kuchli hisoblangan tokoferol atsetat keng 
qo’llaniladi. 
Tokoferol atsetat vitamina E ni sintetik preparati hisoblanadi. "Vitamin E" 
nomidagi kimyoviy tabiati va biologik ta’siri bir-biriga o’xshash bir qancha 
birikmalar (tokoferollar) ma’lum. Bularning orasida alfa-tokoferol eng faoli 
hisoblanadi. 
Tokoferollar o’simliklarni barglarida, ayniqsa ovqatga ishlatiladigan 
boshoqli o’simliklarda va yosh mayda shoxchalarida ko’p uchraydi. O’simlik 
(kungaboqar, paxta, makkajo’xori, araxis, dukkaklilar, oblepixa) yog’lari 
tokoferollarga juda boy bo’ladi. Go’sht, yog’, tuxum va sutda ham tokoferollar 
birozgina miqdorda uchraydi. 
Organizmda vitamin E yetishmasa yurak va skelet mushaklarida degenerativ 
o’zgarishlar, kapillyarlarning o’tkazuvchanligi oshib ketishi va yorilishi, urug’ 
kanalchalari va tuxumdonlarning epiteliysida turli o’smalarning paydo bo’lishi 
kuzatiladi. Embrionlarda qon oqishi va ona qornida o’lib qolishi kuzatiladi. Asab 
hujayralarida degenerativ o’zgarishlar va jigar parenximasida jarohatlanishlar 
kuzatiladi. Vitamina E tanqisligida yangi tug’ilgan chaqaloqlarda gemolitik 
sariqlik, steatoreya, malabsorbsiya sindromi va boshqalar paydo bo’ladi. 
Tokoferol atsetatni antioksidantli xususiyati borligi sababli yurak-qon tomir 
tizimi va ko’z kasalliklarini kompleks davolashda, hamda kimyoterapevtik 
preparatlar va shu kabi boshqa dorivor vositalari bilan davolashda ularning 
qo’shimcha salbiy ta’sir reaksiyasini kamaytirish uchun qo’llaniladi. 
Tutqanoq kasaliga uchragan bemorlarni qonida lipidlarning perekisli 
oksidlanishi maxsulotlari keskin ko’payib ketadi. Bunday bemorlarni davolashda 
ishlatiladigan dori vositalarini samaradorligini oshirish uchun ham tokoferol 
qo’llaniladi.
Ultrabinafsha nurlar ta’sirida vitamin E buzilganligi uchun, uni yorug’likdan 
himoya qiladigan va yaxshilab berkitiladigan idishlarda saqlanadi. Tokoferolni 
ichish ham mumkin va mushak ichiga ukol qilish ham mumkin. Aevit, Aekol, 


33 
Undevit, Aerovit, Gendevit, Glutamevit kabi polivitamin preparatlari tarkibidan 
ham tokoferol atsetat bo’ladi. 
Organizmdagi bir nechta birikmalari antioksidantlik xususiyatiga ega. Bular 
tokoferollar, karotinoidlar, askorbinovaya kislotasi, antioksidlovchi enzimlar
ayollik jinsiy gormonlari, koenzim Q, tiol birikmalari (oltingugurt saqlovchi), bazi 
bir aminokislotalar, oqsil komplekslari, K vitamini va boshqalar. 
Ana shunday kuchli antioksidantli himoyaga qaramay, biologik to’qimalarga 
erkin radikallar sezilarli darajada jarohatlovchi ta’sir ko’rsatadi. Buning sababi 
erkin radikallar maxsulotlarini keskin kuchaytiruvchi omillar bo’lib, ular 
antioksidant tizimni ishini va oksidlanish stressiga qarshi tizimni qiyin ahvolga 
solib qo’yadi. 
Antioksidant tizimni tashkil qiluvchi antioksidantlar, har xil ta’sir 
ko’rsatishadi. Birinchisi erkin radikallarni ushlab olsa, ikkinchisi erkin radikal 
zanjir reaksiyalarini uzib tashlaydi, uchinchisi oksidlangan birikmalarni qayta 
tiklaydi. Odatda, hujayrada barcha turdagi antioksidantlar saqlanadi, ular har 
qanday shakldagi erkin radikallarga qarshi turishadi. Hujayra organellalarini 
qaysinisi erkin radikallar manbai bo’lsa o’sha yerda antioksidantlar to’planadi. 
Hujayra ichidagi antioksidant himoya hujayra tashqarisidagi antioksidantlar 
bilan to’ldiriladi, ular birinchi navbatda hujayra tashqarisidagi erkin radikallarni 
tozalash uchun javob berishadi. Eng muhim hujayra tashqarisidagi biologik 
antioksidantlar glutation, vitamin E, A va C lar, glutationperoksidaza, 
superoksiddismutaza va katalazalardir.
Qo’shimcha antioksidant himoya hujayrada erkin radikallar xaddan tashqari 
ko’payib ketganda o’zining antioksidant tizimini kuchi yetmay qolganda kerak 
bo’ladi. 
Ayrim olimlar selenga nisbatan tokoferolning biologik effektini protektorlik 
ta’siri bilan bog’lashadi. Selen glutationperoksidazaning ishi uchun kerakli modda. 
Selensiz glutationperoksidaza normal ishlay olmaydi, ya’ni peroksid radikallarning 
membranaga nisbatan zararlovchi ta’siridan himoya qila olmaydi. Undan tashqari, 
tokoferol o’z tarkibida gem saqlovchi enzimlar - katalaza va peroksidazalarga 


34 
ta’sir qilishi mumkin. Bu enzimlar peroksidalarni zararsizlantirishga 
ihtisoslashganligi hammaga ma’lum. 
Yuqorida bayon etilganlarni xisobga olib men kalamushlarning yuragi 
mitoxondriyalarning nafas olishi va oksidlanishli fosforlanishiga tokoferolni 
ta’sirini aniqlashni maqsad qilib qo’ydim. 


35 

Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish