Bog'liq TABIIY FANLAR VA EKOLOGIYAGA OID AYRIM MUAMMOLAR XVII
Tabiiy fanlar va ekologiyaga oid ayrim muammolar (Ilmiy maqolalar to’plami) XVII 99
Azotli mineral o'g'itlar (ammiakli selitra, karbamid, ammoniy sulfat va h.k.) sanoati
uchun boshlang'ich xomashyo sifatida ammiak qo'llaniladi. XX asrning ikkinchi yarmidan
ammiak sintezi uchun xomashyo sifatida ishlatilayotgan koks va koks gazi o'rnini tabiiy
gaz egalladi. Bu o'z navbatida azotli mineral o'g'itlarni erkin joylashtirish imkoniyatini
yaratdi.
Yer shari aholisining yillik o'sishi 70 millon kishini tashkil qilmoqda. Yer aholining
tinimsiz o'sib borishi oziq-ovqat bilan ta'minlash muammolarini keltirib chiqarmoqda. Bu
holatning yechimlaridan biri mineral o'g'itlar ishlab chiqarish quvvatlarini orttirish va
dehqonchilik tarmog'iga zamonaviy innovatsiyalarni tadbiq etishdan iboratdir.
Bugungi kunda butun dunyoda qishloq xo'jaligida qo'llanniladigan asosiy azotli
o'g'itlar ammiakli selitra va karbamid (mochevina) hisoblanadi.
Tarkibida bir vaqtning o'zida o'simliklar tomonidan oson o'zlashtiriladigan azot oziq
elementi sifatida keng tarqalgan ammiakli-nitratli mineral o'g'itlar guruhiga ammiakli
selitra kiradi.[2]
Biogen elementlarning katta qismi mineral o'g'itlarning kimyoviy tarkibiga atrof-
muhit ta'siri va takomillashmagan xossalari tufayli yo'qolishga uchraydi.
Hozirgi kunda dunyoda, shuningdek O'zbekistonda ham ishlab chiqarilayotgan
azotli o'g'itlarning asosiy shakli suvda eruvchan hisoblanadi, bu esa ularni qo'llanganda
gazsimon azotni yo'qolishini keltirib chiqaradi. Ya'ni tuproqda kimyoviy va mikrobiologik
ta'sirlar natijasida ammiak va amid shaklidagi o'g'itni tarkibidagi azot erkin shaklga o'tadi.
Bu yo'qotishlar ayniqsa neytral, ishqoriy va yuqori karbonatli tuproqlarda yengil
donadorlashtirilgan tarkibli o'g'itdan foydalanilganda juda yuqoridir. NH3ni ajralishi
o'g'itdan azotni yo'qotishning asosiy kimyoviy yo'lidir.
Boshqa mineral o'g'itlar kabi azotli mineral o'g'itlarning kamchiligi ularning fizologik
kislotaligi, shuningdek ishlab chiqarishda neytallanmasdan o'g'it tarkibida qolib ketgan
kislotadir. Bunday holatda tuproqni ohaklashga va mineral o'g'it kislotaligidan
neytarallashga talab ortadi. [3]
Oxir-oqibat mineral o'g'itlarning fizik xossalarini yaxshilash lozim bo'ladi. Keyingi
paytlarda mineral o'g'itlar sanoatida asosiy e'tibor donadorlashga, kapsulalashga, o'g'it
donachalarini turlicha qoplamalar bilan qoplashga va h.k.larga qaratilmoqda. [4]
Ekologik nuqtai nazardan azot ancha xavfli sanaladi. Ammiak, nitrat kislota va azotli
mineral o'g'itlar ishlab chiqarish bilan atrof-muhit sezilarli darajada ifloslanadi.
Azotli o'g'itlarni yo'qotilishini kamaytirish va ularning samaradorligini oshirish
maqsadida sekin ta'sir qiluvchi shaklga ega azotli (mochevina formaldegidli) yoki azotni
erkinlashuvini to'xtatuvchan sekin eruvchan (o'g'it donalari sirtini turli sintetik materiallar
yoki elementar oltingugurt bilan qoplangan) o'g'itlar sanoati ishlab chiqarilishini yo'lga
qo'yish lozim. Azotni konservatsiyalash uchun azotli mineral o'g'itlardagi ammiakli
shaklni nitrifikatsiyalanishini oldini oluvchi ingibitorlar qo'llaniladi.
Ingibitorlar ta'siri natijasi shuni ko'rsatmoqdaki, azotli o'g'itlardan foydalanish
samaradorligi va hosildorlik sezilarli darajada ortadi. Ingibitorlardan sug'oriladigan yer
maydonlarida paxta va donli ekinlar yetishtirishda foydalanish istiqbolga ega.
Azotli o'g'itlar sanoatida sekin eruvchan kontsentratsiyali azotli o'g'itlar ishlab
chiqarish yangi tarmoq hisoblanadi. Sekin eruvchan azotli o'g'itlarning eruvchan
o'g'itlardan afzalligi iqtisodiy foydaligi kam yo'qotilishi hisobiga uzoq ta'sir ko'rsatishi, bir