Bog'liq TABIIY FANLAR VA EKOLOGIYAGA OID AYRIM MUAMMOLAR XVII
Tabiiy fanlar va ekologiyaga oid ayrim muammolar (Ilmiy maqolalar to’plami) XVII 97
Ajratib olingan fraksiyalardan xromotografik qog`ozlarda taxlil qilinib borildi va
ularga sifat reaksiyalar o`tkazildi:
qora tol bargning etil spirtli fraksiyasiga qo‘rg‘oshin (II) atsetat qo‘shganda sarg‘ish
cho‘kma tushdi.bu ekstrakt tarkibida flavonlar borligidan dalolat beradi;
qora tol bargining spirtli ekstraktiga temir (III) xlorid qo‘shilganda to‘q ko‘k rangli
cho‘kma hosil bo`ldi. Bu eritmada flovonoidlarning borligini tasdiqlaydi;
qora tol bargining spirtli ekstraktiga konsentrlangan xlorid kislota qo'shildi natijada
sariq rangli eritma hosil bo‘ldi. Bu esa ekstrakt tarkibida flavonoidlar borligidan dalolat
beradi. Xuddi shu ekstraktdan yana bir qisim olib natriy ishqoridan bir necha tomchi
qo‘shilganda sariq rangli cho‘kma tushdi. Cho`kma asta sekin zarg`aldoq rangga o`tdi bu
holat ekstraktimiz tarkibida flovonoidlar borligini yana bir bor tasdiqlaydi;
olingan ekstraktning ma`lum qismiga magniy kukuni va xlorid kislota tomizilganda
qizg‘ish sariq rang hosil bo‘ldi. Bu tajrbadan ekstrakt tarkibida flovonollar borligidan
dalolat beradi;
ekstrakka natriy nitrat va sovutilgan 5%li sirka kislota ta'sir ettirilganida och jigar
rang loyqa hosil bo‘ldi. Bu reaksiya ekstraktda flovonlar va flovonoidlar borligini
tasdiqlaydi;
bargning spirtli eksrtaktiga konsentrlangan sul`fat kislota qo‘shganda qizg‘ish jigar
rang eritmaga o‘tdi. Bu reaksiya ham yuqoridagi tajribalarni davomi sifatida o`tkazildi;
chinni idishchаdаgi qora tolning spirtdаgi 5 ml eritmаsigа аlyumniy хlоridning 5% li
eritmаsidаn bir nеchа tоmchi tоmizilganda sаriq rаng hоsil qildi. Bu flavanoidlar
borligidan dalolat beradi.
[4]
Qoratol o’simligining xloroformli, benzinli ekstraktlarini qog’oz va yupqa qatlam
xromatografiya usulida o’rganildi. Yupqa qatlam va qog’ozli xromatografiya qilinganda
flavonoidlarga xos bo’lgan dog’ namoyon bo’ldi. Bu xromatogrammalarni ammiak
eritmasida, UB nurlarida ko’rildi va standart moddalarning Rf qiymatlari bilan
solishtirilganda summaning tarkibidagi moddalar flavonoid agligkonlarga xos ekanligi
aniqlandi.
Qoratol o’simligi bargi tarkibidagi fenolli birikmalarni o’rganish jarayonida quyidagi
xulosalarga kelindi:
1. Shifobaxsh o’simliklardan biri bo’lgan tol haqida adabiyot va internet ma’lumotlari
yig’ildi, kimyoviy tahlil qilindi.
2. Namangan viloyati Chortoq tumani Qoramurut qishlog`i soy bo`ylaridan terilgan
qoratol o’simligini 200 gr barigi ekstraksiya qilindi va benzinli, xloroformli, etilatsetatli, n-
butanolli fraksiyalarga bo’lindi.
3. Qoratol o’simligi tarkibidan ajratib olingan ekstraktiv moddalarga sifat reaksiyalar
o’tkazildi va samarali natijaga erishildi.
4. Etilatsetatli summadan kversitin va rutin moddalari Yupqa qatlam
xromotografiyasi yordamida taxlil qilib, standartlariga solishtirildi.