UGLEROD VA UNING AYRIM BIRIKMALARI MAVZULARINI O’QITISHDA
INTERFAOL USULLARNI QO’LLASH
M.Buvamirzaeva, R.Nosirova, O.Abduraxmonov, G.Ikromova, T.Saypiyev
Namangan davlat universiteti, Organik kimyo kafedrasi.
Ta`lim jarayonlarida o`rganuvchilarni birgalikda faollikka chorlash orqali
o`rganilayotgan materialni oson tushunish, tahlil qilish, mustaqil fikrlashga doir
ko`nikmalarni hosil qilishga qaratilga turli usullarni ishlab chiqish va amaliyotga qo`llash
sohaning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.
“Interfaol” atamasi lotincha “inter akt” so`z birikmasidan olingan bo`lib, “inter” -
o`zaro, birgalikda; “akt”- faoliyat ma’nolarini anglatadi.
Tahlim jarayonida interaktiv usullarning ko‘plab misollarini uchratish mumkin.
Bularga «Olti o‘ylantirg‘ich qalpoqlar», «Al‘ternativlar, imkoniyatlar, tanlov», «Barcha
omillarni qara», «Plyus, minus, qiziq», «Delg‘fi», «6-6», «Klaster», «Venn diagrammasi»,
Tabiiy fanlar va ekologiyaga oid ayrim muammolar (Ilmiy maqolalar to’plami) XVII
223
«Grafik tashkilotchilar», «Bilaman, bilib oldim, bilmoqchiman», «Aqliy hujum»,
«Debatlar», «Nuqtai nazaring bo‘lsin», «Press», kabilarni kiritish mumkin.
Kimyo predmeti
ham boshqa fanlar qatori hozirgi barkamol avlodni tarbiyalab
voyaga yetkazishga xizmat qiladi. Bu buyuk maqsadni amalga oshirish uchun kimyo
kursini o’qitishda uning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi funksiyalari birligini
ta’minlash zarur.
Maktab kimyo kursini o’qitish jarayonida qu’yidagilarni amalga oshirish asosiy
vazifa bo’lib hisoblanadi.
•
Fanning eng muhim tayanch bilimlarini (tushuncha, qonun, nazariyalar)
yoki fanning asosini o’quvchilar tushungan holda o’zlashtirib olishlariga erishish.
•
Ilmiy materialistik dunyoqarashni shakllantirish:
•
O’quvchilarda hozirgi jamiyat rivojiga ijobiy munosabatda bo’lish,
mehnatsevarlik, fanga qiziqish, tabiatga ehtiyotkorona bo’lishni va asrash kabi xislatlarni
tarbiyalash;
•
O’quvchilarda tafakkurni rivojlantirish, fanni mustaqil holda faol egallash
kabilarni uyg’unlashtirish.
•
O’quvchilarda hamma fanlarga bo’lgan qiziqishni, xalq xo’jaligini
kimyolashtirish, ularda ko’nikma va malakalarni shakllantirish, kelgusi mustaqil hayotlari
uchun kerakli bo’ladigan kasb – korni ongli tanlash kabi ta’lim prinsiplarini amalga
oshirish.
Ta`limiy maqsadlar- bilim, ko`nikma va malakalarni shakllantirish, ya`ni: kimyo
asoslari jumladan kimyoviy moddalar va kimyoviy jarayonlar to’g’risida o’rganuvchilarda
bilimlarni shakllantirish.
Tarbiyaviy maqsadlar-jamiyatga, mehnatga, kasbga, o`quv muassasasiga, darsga,
fanga, ota-onaga, o`ziga, tabiatga, sanoatga, shuningdek shaxsiy siftlarni: vatanparvarlik,
xalqparvalik, insonparvarlikni shakllantirish.
Rivojlantiruvchi maqsadlar-ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan bilish
jarayonlarini sezish, qabul qilish, fikrlash, xotira, tasavvur qilish orqali shakllantirish.
Jumladan o’rganuvchilarda topshiriqlarni mustaqil yechish ko`nikmalarini shakllantirish;
o’quvchilarda fikrlashni rivojlantirish.
Yuqoridagi maqsadlar kimyo fani mashg’ulotlari rejasi va mazmunini belgilashda
muhim omil bo’lib xizmat qiladi. O’ratuvchi anashu maqsad va vazifalar asosida
mashg’ulotni tashkil etishi va o’tkazishi kerak bo’ladi.
Avvalgi o’tilgan mavzularni so’rash, o’tilgan yangi mavzuni mustahkamlashda
mavzuning o’ziga xosligidan kelib chiqqan xolda kichik guruhlarda ishlashni amalga
oshirish mashg’ulot samaradorligini natijaviyligini ta`minlashda katta ahamiyat kasb
etadi.
Kichik guruhlarda ishlash qatnashchilarga hamkorlikda ishlash va boshqa muhim
shaxslararo malakalarni egallashga imkon beradi. Undan tashqari ushbu uslubni qo’llash
ishtirokchilar o’rtasida mavjud bo’lgan turlicha qarashlarni xal etishga o’rgatdi.
O’qituvchi guruh ishini kuzatib borishi kerak. Kichik guruh tarkibiga kiruvchi
quyidagi rollarni bajarishi mumkin. - vositachi; - mahruzachi; - registrator; - bahs
munozarachi, savollar beruvchi; - qayta iborolovchi.
Do'stlaringiz bilan baham: |