9-sinf biologiya darsligi.
Darslikning asosiy bo’limlari organik olamning xilma-xilligi, tsitologiya asoslari,
organizmlarning ko’payishi va individual rivojlanishi, genetika, selektsiya asoslari
ҳisoblanadi. Darslik 14 bobdan 49 paragrifdan tashkil topgan.
Darslikda ҳujayraning tashqi,ichki tuzilishi ayniqsa organoidlarning tuzilishi,
funktsiyasi, ҳujayraning kimyoviy tarkibi – anorganik moddalar, organik moddalar,
oqsillar, uglevodlar, yog’lar, nuklein kislotalar, moddalar va energiya almashinuvi
ҳaqida mahlumotlar berilgan. Organizmlarning ko’payishi va individual rivojlanishi
bo’limida esa jinssiz, jinsiy ko’payish, ҳujayralarning mitoz, meyoz bo’linishi,
organizmlarning embrional, postembrional rivojlanishi ҳaqida bilimlar keltirilgan.
Genetika va selektsiya asoslari bo’limida esa genetik tushunchalar, irsiyat qonunlari,
o’zgaruvchanlik qonunlari, odam genetikasi, uning o’rganish metodlari, o’simliklar,
xayvonlar, mikroorganizmlar selektsiyasi to’g’risidagi mahlumotlar yoritilgan.
Darslikda 75 rasmlar berilgan. Ularning ko’pchiligi rangli rasmlardir. Ҳar bir
paragraf so’ngida bilimni tekshirish uchun savollar, test topshiriqlar berilgan.
Darslik birinchi marotaba nashr qilinganligi sababli unda bir qancha
yetishmovchiliklar mavjud. Avvalo uning strukturasi monografik shaklda
ifodalanganligini aytib o’tish joiz. Darslikda bir-biriga zid fikrlar uchraydi. Bir
tomondan darslik mualliflari tiriklikning molekula darajasini ehtirof etib, ҳayotning
xujayrasiz shakllariga misol qilib viruslarni oladilar va ularning tuzilishi, ҳayot
tsiklini tushuntiradilar. Ikkinchi tomondan esa «viruslar tirik organizm
ҳisoblanmaydi, chunki ular ҳayotning xususiyatlarini o’zida namoyon qilmaydi» deb
o’zlariga o’zlari qarshi fikrda bo’ladilar.
Darslikning boshqa saҳifalarida ҳam ilmiy kamchiliklar uchraydi. Irsiy belgilar
nukleotidlarda joylashgan (15 b) odatda xivchinsiz oddiy tuzilgan (15 b) o’simliklar
ҳayvonat dunyosining yashashini belgilab beradi (22 b). Yadroli organizmlarning
barcha xujayralari yuksak tuzilishga ega bo’lib, kislorod bilan oziqlanishga
moslashgan (36 b) va boshqa shu kabi iboralar bunga yaqqol misoldir. Bunday
kamchiliklar darslikning boshqa saҳifalarida ҳam uchraydi. CHamasi darslik
mualliflari rus tilidagi darslik matnlarni o’zbek tiliga tarjima qilayotganlarida bunday
chalkashliklarga yo’l qo’yganlar. Darslikning o’quv materialini 14 bobga bo’lish ҳam
noto’g’ridir. Bahzi boblar bitta yoki ikkita paragrifdan tuzilganligi bunga yaqqol
misoldir. Odatda darslik boblari mantiqiy jiҳatdan bir-biriga yaqin bo’lgan o’quv
materialini qamrab olishi kerak. Darslik «Organizmlarning xilma-xilligi» «Ҳujayra»,
«Organizmlarning ko’payishi va shaxsiy rivojlanishi», «Genetika va selektsiya
asoslari» kabi 4 bobdan tuzilsa maqsadga muvofiq bo’lur edi. Boblar sonini emas,
paragrif sonini aksincha ko’paytirish, ularni 59-60 ga yetkazish zarur edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |