3.O’quv dasturi ҳaqida tushuncha
Maktablarda o’qitilgan ҳar bir o’quv fanining mazmuni o’quvchilar bilishi
lozim bo’lgan bilimlar, o’zlashtirishi kerak bo’lgan o’quv ko’nikmalar, malakalar
yig’indisini ifoda qiluvchi xujjat – o’quv dasturi ҳisoblanadi. Unda o’quv fanini
o’qitishdan maqsad, vazifalar, o’quvchilar o’zlashtirish kerak bo’lgan bilimlar,
ko’nikmalar kompleksi o’z ifodasini topadi.
4.Biologiya o’quv dasturining tuzilishi.
Biologiya kursining o’quv dasturini boshida uqtirish xati berilgan. Unda
biologiya kursining qanday fan ekanligi, u qanday o’kuv fanlardan tashkil
topganligi ana shu o’kuv fanlar mazmunidagi o’zgarishlar qisqacha bayon etilgan.
Xususan botanika V-VI sinflarda, zoologiya VII sinfda odam va uning salomatligi
VIII sinfda, umumiy biologiya o’kuv fani IX-XI sinfda o’qitilishi qayd qilingan.
Biologiya kursining o’qitishga oid metodik ko’rsatmalarda «darsda va sinfdan
tashqari mashg’ulotlarda dalillar, xodisalar bilan cheklanmay, asosiy g’oyalar,
tushunchalarning o’quvchilar tomonidan puxta va ongli o’zlashtirilishiga ehtiborni
qaratish lozimligi qayd qilingan. Biologiya o’qitishda asosiy g’oyalar bo’lib
«Organik olam evolyutsiyasi», «Tirik tabiat tuzilishining turli darajalari», «Organ
tuzilishi bilan funktsiyasining o’zaro bog’liqligi», «Biologik sistemalarning tabiiy
muҳit bilan bog’liqligi, o’z-o’zini boshqarishi», «Nazariya bilan amaliyotning
o’zaro bog’liqligi» ҳisoblanadi. Asosiy tushunchalar qatori o’quv dasturiga
«Evolyutsion», «TSitologik», «Ekologik» tushunchalar kiritilgan.
O’quv dasturidan ko’zlangan yana bir maqsad tahlim bilan tarbiyaning
uyg’unligini amalga oshirishdan iborat. Biologiya o’qitishda o’qitiladigan
mavzular mazmuni bilan uzviy bog’liq ҳolda, o’quvchilarning axloqiy,
vatanparvarlik, estetik, ekologik, gigienik, iqtisodiy va jinsiy tarbiyasiga aҳamiyat
berish lozimligi tahkidlangan.
O’quv dasturining metodik tavsiyalarida yana biologiyaning muammoli
mavzularini o’qitishda xur fikrlik anhanalariga rioya qilish lozimligi, ҳar bir
dunyoqarashining o’ziga xos ijobiy tomonlari, kamchiliklari o’quvchilar ongiga
yetkazilishi kerakligi aytib o’tilgan.
Biologik o’quv mavzularga o’quvchilarning qiziquvchanligini oshirish uchun
tabiiy-tasviriy, dinamik, sxematik ko’rgazmali va audio, video vositalardan tahlim
berish jarayonida samarali foydalanish va o’quvchilar faoliyatini faollashtirish
ҳamda mustaqil bilim olishini tashkil etish maqsadida faollashtiruvchi
metodlaridan zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalardan keng foydalanish
tavsiya etilgan.
O’quv dasturning metodik tavsiyalarida nazariya bilan amaliyotni bog’lash
uchun masalalar yechishga ҳam ehtibor qaratilgan. SHuningdek o’quvchilarning
bilimlarini, ko’nikmalarini baҳolashda reyting usulidan foydalanish to’g’risida
ҳam mahlumot berilgan.
O’quv dasturida botanika o’quv fani uchun 102 soat vaqt ajratilganligi va u V-
VI sinfda zoologiya o’quv faniga 68 soat vaqt ajratilganligi va u VII- sinfda
o’qitilishi, odam va uning salomatligiga 68 soat vaqt ajratilganligi va u VIII-sinfda
o’qitilishi va niҳoyat, IX-XI sinflarda umumiy biologiya o’qitilishi tahkidlanadi.
O’quv dasturida ҳar bir o’quv fani bo’yicha o’qitiladigan asosiy mavzular
mazmuni, ularni o’tish uchun kerakli jiҳozlar keltirilgan. O’quv dasturida ana shu
mavzularning qanday dars tiplaridan foylanib o’qitish kerakligi ҳaqida ҳam
mahlumotalr berilgan. Bunda oddiy darslardan tashqari qaysi mavzular bo’yicha
laboratoriya mashg’ulotlarida amaliy ishlab ekskursiyalar tashkil etish ko’zda
tutilgan. Masalan, maktab botanika o’quv dastur bo’limida gulli o’simliklar bilan
umumiy tanishish, ҳujayra, ildiz, poya, barg, o’simliklarning vegetativ ko’payishi,
gul, mevalar, urug’lar, o’simlik yaxlit organizm, o’simliklarning asosiy bo’limlari,
gulli o’simliklarning asosiy oilalari, o’simliklar qoplami, manzarali o’simliklar,
Yerda o’simliklar dunyosining paydo bo’lishi kabi asosiy mavzular o’tiladi.
Zoologiya o’quv fanida esa xayvonot dunyosi to’g’risida umumiy mahlumot,
sodda xayvonlar, kovakichlilar, yassi chuvalchanglar, yumaloq chuvalchanglar,
xalqali chuvalchanglar, mollyuskalar, bo’g’imoyoqlilar, xordali xayvonlar, tuban
xordalilar, baliqlar, suvda va quruqda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar,
sut emizuvchilar, Yerda xayvonot dunyosining paydo bo’lishi va rivojlanishi kabi
mavzular o’tiladi.
Odam va uning salomatligi o’quv fanida esa kirish, odam organizmining
umumiy obzori, tayanchxarakatlanish sistemasi, qon, qonning aylanish sistemasi,
nafas olish sistemasi, ovqat xazm qilish sistemasi, moddalar va energiya
almashinuvi, ayirish sistemasi – ichki sekretsiya bezlari, nerv sistemasi, oliy nerv
faoliyati, sezgi organlari, odam organizmining ko’payishi va rivojlanishi,
odamning paydo bo’lishi kabi mavzular diqqat markazida bo’ladi.
Umumiy biologiya o’quv fanida kirish, organik olamning-turli tumanligi,
tsitologiya asoslari, ҳayotiy jarayonlarning kimyoviy asoslari, organizmlarning
ko’payishi va individual rivojlanishi, genetika va selektsiya asoslari, genetik
injeneriya va biotexnologiya, evolyutsion tahlimot, evolyutsiya dalillari, organik
olamning paydo bo’lishi va rivojlanishi, ekologiya asoslari, biosfera va uning
evolyutsiyasi kabi mavzularni o’tish ko’zda tutilgan.
O’quv dasturi ҳar bir mavzuni o’tish uchun soatlar ajratilgan, jiҳozlar, dars
shakillari ko’rsatilgan. O’qituvchilarning bilimi va pedagogik maҳoratini
oshirishni maqsad qilib, ҳar bir o’quv fani so’ngida o’qituvchilar uchun ilmiy va
metodik adabiyotlar ro’yxati keltirilgan.
Bilimni tekshirish uchun savollar va test topshiriqlar:
1.Tahlim standarining lug’aviy mahnosi nimani bildiradi;
2. Biologiya bo’yicha umumiy o’rta tahlim davlat standarida o’quvchilar
o’zlashtirishi lozim bo’lgan tahlim qanday yo’nalishlarda berilgan;
3.Biologiya o’quv dasturida metodik tavsiyalar necha banddan iborat;
4.Maktab biologiya kursi qanday o’quv fanlardan tashkil topgan;
Test topshiriqlar:
1.Maktab botanika o’quv fani uchun necha soat vaqt ajratilgan?
A – 68 V – 102 S – 34 D – 54 Ye - 64
2.Maktab zoologiya o’quv fani uchun necha soat vaqt berilgan?
(1-topshiriq)
3.Odam va uning salomatligi o’quv fani uchun qancha soat vaqt ko’rsatilgan?
(1-topshiriq)
4.Maktab botanika o’quv fanida mavzular tubandagi izchillikda berilgan
A gulli o’simliklar bilan umumiy tanishish, ҳujayra, ildiz, poya barg va
boshqalar
V kirish, ҳujayra, ildiz, barg, poya va boshqalar
S ҳujayra, ildiz, barg, poya, o’simliklarning vegetativ ko’payishi
D gulli o’simliklar bilan umumiy tanishish, ildiz, poya, barg, gul va boshqalar
E ҳujayra, ildiz, barg, poya, gul va boshqalar
Do'stlaringiz bilan baham: |