yuritadi. «Fozil odamlar shaҳri», «Baxt-soatdatga erishuv to’g’risida», «Aql maxnolari»
kabi asarlarida ijtimoiy-tarbiyaviy qarashlari o’z ifodasini topgan.
Farobiy «Baxt-saodatga erishuv to’g’risida» asarida bilimlarni o’rganish tartibi
ҳaqida fikr bayon etgan uning tahkidlanishicha, avval bilish zarur bo’lgan ilm
o’rganiladi, bu olam asoslari ҳaqidagi ilmdir. Uni o’rgangach, tabiiy bilimlarni, tabiiy
jismlarni tuzilishi, shaklini, osmon ҳaqidagi bilimlarni o’rganish lozim. Undan so’ng,
umuman, jonli tabiat o’simlik va ҳayvonlar ҳaqidagi ilm o’rganiladi, deydi.
Farobiy tahlim-tarbiyaga birinchi marta tahrif bergan olim sanaladi. Tahlim degan
so’z insonga o’qitish, tushuntirish asosida nazariy bilim berish; tarbiya-nazariy
fazilatlarni, mahlum ҳunarni egallash uchun zarur bo’lgan xulq normalarni va amaliy
malakalarini o’rgatishdir, deydi olim.
Farobiy o’z asarlarida axloqiy fazilatlarga to’xtalib o’z fikrlarini bayon etadi.
Axloqiy fazilatlar deganda bilimdonlik, donolik va muloҳazali bo’lish, vijdonlilik,
kamtarlik, ko’pchilik mahrifatini yuqori qo’yish, xaqiqat, manaviy yuksaklikka intilish,
adolatlilik kabi xislatlarni tushundi. Ammo bu xislatlarning eng muҳimi ҳar bir
insonning bilimli, mahrifatli bo’lishidir. SHuning uchun Farobiy aҳlaq tushunchasiga
aql bilan uzviy bog’liq xolda tafakkurga asoslangan aҳloq asosida qaraydi.
Farobiyning talim-tarbiya yo’llari, usullari, vositalari ҳaqidagi qarashlari ҳam
qimmatlidir. U insonda go’zal fazilatlar ikki yo’l – tahlim va tarbiya yo’li bilan ҳosil
qilinadi. Tahlim nazariy fazilatlarni birlashtirsa, tarbiya nazariy va amaliy fazilatlarni
birlashtiradi, deydi. Ҳar ikkalasi birlashsa, yetuklik namoyon bo’ladi. Farobiy tahlimda
barcha fanlarni nazariy asoslari o’rganilsa, tarbiyada mahnaviy aҳloqiy qoidalar, odob
meyorlari o’rganiladi. Kasb – ҳunarga oid malakalar ҳosil qilinadi, deb uqtiradi.
Farobiy tahlim-tarbiyada rag’batlantirish, odatlantirish, majbur etish metodlarini
ilgari surgan. Ҳar ikki usul ҳam insonni ҳar kamol tamoyilga yetkazish maqsadini
ko’zlaydi. Farobiyning tahlim-tarbiya ҳaqidagi qarashlari ҳozircha o’z aҳamiyatini
saqlab kelmoqda. Abu Rayҳon Beruniy – jaҳon fanining taraqqiyotiga g’oyat ulkan
xissa qo’shgan zo’r istehdod egasi va tadqiqotchi edi. Uning o’lmas ilmiy asarlari jaҳon
fani taraqqiyotida beniҳoya yuksak aҳamiyatga molikdir. Beruniyning yirik asarlariga
«Mineralogiya», «Xindiston», «Geodeziya», «O’tmish yodgorliklari», «Saydana»
kabilarni olish mumkin. Beruniy ҳar bir yaratgan asarining kishi ruҳiyatiga, qobiliyatiga
mos, uni toliqtirmaydigan bo’lishiga ehtibor beradi. Beruniy yozadi: «Bizning
maqsadimiz o’quvchini toliqtirib qo’ymaslikdir. Ҳadeb bir narsani o’qiy berish zerikarli
bo’ladi. Agar o’quvchi bir masaladan boshqa bir masalaga o’tib tursa, u xuddi turli-
tuman bog’-rog’larda sayr qilgandek bo’ladi, bir bog’dan o’tar-o’tmas, boshqa bog’
boshlanadi. Keyin uning ҳammani ko’rish va tomosha qilgisi keladi». Beruniyning
ilmiy bilimlarini egallash yo’llari, usullari ҳaqidagi fikrlari ҳozirgi davrda ҳam
dolzarbdir. O’quvchiga bilim berishda:
- o’quvchini zeriktirmaslik;
Do'stlaringiz bilan baham: