Biologiya o’qitish metodikasining boshqa fanlar bilan bog’liqligi.
Biologiya o’qitish metodikasi pedagogikaning bir qismi bo’lgan didaktika bilan
juda yaqin aloqadadir. Agar didaktika o’quvchilar tomonidan bilimlar, ko’nikmalar va
malakalarni o’zlashtirish qonunlarni o’rgansa va u maktabdagi barcha o’quv fanlari
uchun o’qitish nazariyalarni va printsiplarini ishlab chiqsa, biologiya o’qitish
metodikasi biologiya bilan bog’liq o’qitish va tarbiyalash mazmuni, shakllari, va
metodlari ҳamda vositalari bilan bog’liq nazariy va amaliy masalalarni ishlab chiqadi.
Biologiya o’qitish metodikasi psixologiya bilan uzviy aloqadadir. CHunki,
biologiyani o’qitish o’quvchilarning yosh xususiyatlariga mos bo’lgan taqdirdagina
samara beradi. Masalan o’smirlarda yahni V-VI sinf o’quvchilarida diqqat beqaror
bo’lgani sababli biologiya o’qituvchisi dars jarayonida bir necha metodlardan
foydalanib, o’quvchilar faoliyatini almashtirib turadi, ҳamda ularning tafakkurini
konkret ekanligini ehtiborga olib, ko’rgazmali vositalardan ko’proq foydalaniladi.
Yuqori sinflarda esa o’quvchilar diqqati barqarorlashgani va ularda abstrakt tafakkur
rivojlangani uchun darslar ko’proq mahruza shaklida o’tkazilishi va bir, ikki metoddan
foydalanish kifoya qiladi.
Biologiya o’qitish metodikasi biologiya fani bilan uzviy aloqador. U biologik
fanlarning deyarli barcha soҳalari: botanika, zoologiya, odam anatomiyasi va
fiziologiyasi, tsitologiya, biokimyo, embriologiya, sistematika, ekologiya, evolyutsion
tahlimot, antropologiya molekulyar biologiya fan asoslarini o’zida ifoda qiladi. Tirik
tabiat vakillarining tashqi, ichki tuzilishini ҳayot faoliyatini tashqi muҳit bilan aloqasini
to’g’ri tushuntirish o’simlik, zamburug’, ҳayvon, mikroorganizmlarni aniqlash, ulardan
mikro va makropreparatlar tayyorlash, ular ustida kuzatish, tajribalar olib borish,
o’qituvchidan yaxshi nazariy bilim, amaliy tayyorgarlikni talab qiladi. Lekin maktab
biologiya o’quv fani bilan biologiya fani orasida muҳim tafovutlar borligini o’qituvchi
yaxshi bilish kerak. Biologiya fanining asosiy maqsadi tirik va o’lik tabiati to’g’risida
tadqiqot o’tkazishi orqali yangi bilimlarni ҳosil qilish bo’lsa, maktab biologiya o’quv
fanining maqsadi, o’quvchilarning yoshiga mos ravishda ularga biologik bilimlar, yahni
biologik tushuncha, qonunlar, nazariyalar berishdan bilimlar va uni tushuntirishdan
iborat. Maktab biologiya kursida fan emas, balki fan asoslari – o’quvchilar uchun zarur
asosiy mahlumotlar mujassamlashgan. SHu bilan birga maktab biologiya kursi «kichik
fan» emas, balki o’quvchilarning rivojlanishi va tarbiyasiga ko’mak beruvchi
biologiyani asosiy tushunchalar sistemasi sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |