Namangan davlat universiteti pedagogika-psixologiya fakulteti psixologiya kafedrasi



Download 1,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/101
Sana02.12.2022
Hajmi1,56 Mb.
#876928
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   101
Bog'liq
Majmua. Ijtimoiy ps. 2 kurs. 3-sem. 2022.

Sotsiologiya va psixologiya. 
Ijtimoiy psixologiyaning ilmiy manbalari sohasida sotsiologiya fanining 
xizmatini ko‘rsatib o‘tmay bo‘lmaydi. Sotsiologiyaning asoschilari hisoblangan 
Ogyust Kont, Gerbert Spenser va boshqalar, jamiyatdagi ijtimoiy hodisalarni 
o‘rganish uchun albatta, o‘ziga xos, ayrim psixologik xolatlarni o‘rganmoq lozim, 
degan fikrni qat‘iy turib isbot qildilar. Ular har bir ijtimoiy voqeada ruhiy hodisalar 
borligini isbot qilishga urindilar. Masalan, frantsuz sotsiologi G.Tard har bir 
individda ―ijtimoiy fakt‖ borligini, bu narsa uning miya doirasidagina emas, balki 
bir qancha miyalar aloqasi tufayli mavjuddir, deb hisoblaydi.
Ijtimoiy 
xulq-atvor 
modeli, 
uning 
fikricha, 
doimo 
individlararo 
munosabatlarni o‘z ichiga olib, bunda bir individ boshqa individga doimo taqlid 
qiladi, shuning uchun ham shaxsni o‘rganish boshqa shaxslarni inkor qilmasligini 
talab qiladi. Uning fikricha, elementar ijtimoiy fakt intratserebral psixologiya 
o‘rganadigan yagona miya xodisalari orqali emas, balki bir necha ―kallalar‖ 
(―aqllar) ning to‘qnashuvi oqibatida kelib chiqadigan ―intermental psixologiya‖ 
orqali o‘rganilishi va tushuntirilishi lozim. Ijtimoiy xulqning modelida Tard 
fikricha, ikki individning o‘zaro ta‘siri yetakchi o‘rin tutadiki, bunda bir individ 
ikkinchisiga taqlid qiladi. 
Bundan tashqari, sotsiologiyaning o‘zi XIX asrning o‘rtalarida o‘z 
taraqqiyotining rivojida shunday darajaga erishdiki, bu ishlar frantsuz pozitivist 
faylasufi O.Kont nomi bilan bog‘liqdir. Ijtimoiy jarayonlarning psixologik, 
aniqrog‘i, biologik kelib chiqishiga(G.Spenser) bo‘lgan qiziqish ijtimoiy 
mavjudlikka psixologik yondashuv orqali baho berish zaruratini keltirib chiqardi.
Diadaning cheklangan ekanligini tushungan boshqa sotsiologlar, masalan, 
amerikalik L. Uord, F. Giddings kabilar ijtimoiy xulqni jamoaviy psixika fenomeni 


11 
orqali tushuntirishga urindilar. Ularning ta‘kidlashicha, dastlabki ijtimoiy fakt 
alohida individning ongiga emas, balki u mansub bo‘lgan ―qavm psixologiyasi‖ga 
aloqadordir, ijtimoiy fakt - bu ijtimoiy tafakkur, aqldir, uni jamoa yoki jamiyat 
psixologiyasi o‘rganishi kerak, bu o‘rinda sotsiologiya nazarda tutilgan. 
Ikkita fan – psixologiya va sotsiologiyaning rivojlanishi, ularning ikkisi ham 
jamiyatda turli vaziyatlarda inson xulq-atvorining ijtimoiy motivlarini tushuntirish 
zaruratini anglashi ijtimoiy psixologiyaning mustaqil fan tarmog‘i sifatida barpo 
bo‘lishini ta‘minladi. Shunday qilib, sotsiologiyada psixologik yo‘nalish paydo 
bo‘ldi. Tarddan keyin L.Uord, F.Giddings va boshqalar ijtimoiylik qonunlarini 
jamoa ruhiy holati bilan uzviy ravishda o‘rgana boshladilar. Ularning fikricha, 
ijtimoiy fakt – bu ijtimoiy aql, tafakkur bo‘lib, u ―jamiyat psixologiyasi‖ yoki 
sotsiologiyaning bahs mavzuidir. 
Mustaqillik yillarida mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov 
tomonidan inson manfaatlarining oliy qadriyat sifatida e‘tirof etilganligi, erkin 
demokratik islohotlarga ochilgan yo‘l har bir shaxsning ijtimoiy tasavvurlari 
tizimida shunday ijobiy o‘zgarishlarga turtki bo‘ldiki, jamiyat a‘zolarida o‘zaro 
ishonch, yurtdoshlar bilan xamjihatlik, o‘zaro mehr-oqibat va muruvat hislarining 
rivoj topishiga olib keldiki, oqibatda homiylik, o‘zaro mehr-oqibat kabi 
munosabatlar sayqal topdi.
Mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan 2017 yil 7 fevral kuni 
―O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi 
to‘g‘risida‖gi farmon imzolandi va 2017-2021 yillar mobaynida O‘zbekiston 
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar 
strategiyasi qabul qilindi: 
1. Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish; 
2. Qonun ustuvorligini ta‘minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish; 
3. Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish; 
4. Ijtimoiy sohani rivojlantirish; 
5. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta‘minlash, 
chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish. 
Mazkur yo‘nalishlarning har biri mamlkatdagi islohotlarni va 
yangilanishlarni yanada chuqurlashtirishga oid aniq bo‘limlardan iborat. 
Davlat dasturining ―Ijtimoiy sohani rivojlantirish‖ deb nomlangan to‘rtinchi 
yo‘nalish aholi bandligini oshirish, fuqorolarni ijtimoiy himoya qilish va ularning 
salomatligini saqlash, yo‘l-transport, muhandislik-komunikatsiya hamda ijtimoiy 
infratuzilmani rivojlantirish va modernizatsiyalash, aholining muhtoj qatlamlariga 
ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordam sifatini oshirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy 
hayotdagi maqomini oshirish, maktabgacha ta‘lim muassasalarining qulayligini 


12 
ta‘minlash, umumiy o‘rta ta‘lim, o‘rta maxsus va oliy ta‘lim sifatini yahshilash 
hamda ularni rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirishni nazarda tutadi.
Harakatlar strategiyasining amalga oshirilishi mamlakatimizni rivojlangan 
bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqorolik 
jamiyati barpo etish, qonun ustuvorligini, xavfsizlik va huquq tartibotni, jamiyatda 
millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta‘minlash yo‘lidagi shaxdam 
harakatlariga yangi kuch bag‘ishlaydi. 
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli 
islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-
tartibotni, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini ro‘yobga 
chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi. Hоzirgi kundа Rеspublikаmizdа 
аmаlgа оshirilаyotgаn keng ko‘lamdagi islоhоtlаrning tаqdiri yoshlаrning yuksak 
mа‘nаviy kamoloti, intellektual salohiyati va kasbiy fazilatlariga bоg‘liq.
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev o‘z ma`ruzalarida yoshlarga 
beriladigan ta`lim va tarbiyaning sifatini oshirish, turli sohalarga kadrlar tayyorlash 
masalasiga ham e`tibor qaratdilar ―...Oldimizda yoshlarga tarbiya berish, psixologiya va 
boshqa turli sohalarda kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha murakkab 
vazifalar turibdi. Yana bir muammoni hal etish muhim hisoblanadi: bu – pedagoglar va 
professor-o‘qituvchilar tarkibining professional darajasi, ularning maxsus bilimlaridir. Bu 
borada ta‘lim olish, ma‘naviy-ma‘rifiy kamolot masalalari va haqiqiy qadriyatlarni 
shakllantirish jarayonlariga faol ko‘mak beradigan muhitni yaratish zarur..‖
1
ekanligi 
ta‘kidlab o‘tildi. 

Download 1,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish