Namangan davlat universiteti pedagogika-psixologiya fakulteti psixologiya kafedrasi



Download 1,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/101
Sana02.12.2022
Hajmi1,56 Mb.
#876928
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   101
Bog'liq
Majmua. Ijtimoiy ps. 2 kurs. 3-sem. 2022.

Ikkinchi yondashuv
tarafdorlarining fikrida umumiylik shuki, 
ularning ta‘kidlashlaricha, ijtimoiy psixologiya shaxsning ijtimoiy 
qiyofasini, psixologiyasini o‘rganadi. Turli olimlar fikrida o‘ziga 
xoslik esa aynan shaxsning qaysi sifatlariga ko‘proq e‘tiborni 
qaratishda namoyon bo‘ldi. Kimdir shaxsning alohida ijtimoiy 
sifatlariga urg‘u bersa, boshqalar uning tipologiyasini ahamiyatli 
predmet ekanligini ta‘kidladi. Bundan tashqari, shaxsning guruhdagi 
o‘rni, shaxslararo munosabatlar va umuman munosabatlar tizimi 
ushbu yo‘nalish tarafdorlarining diqqat markazida bo‘ldi. 

Uchinchi yondashuv
– yuqorida ikki yondashuvning o‘ziga xos 
tarzdagi uyg‘unlashuvi shaklida namoyon bo‘ldi. Ya‘ni, unga ko‘ra, 
ijtimoiy psixologiya ommaga xos bo‘lgan psixologik xodisalarni ham, 
shaxsning guruhdagi maqomini ham birdan o‘rganishi lozim.
Rus olimi B.D.Parigin turli yondashuvlarga e‘tibor brgan xolda ijtimoiy 
psixologiya o‘rganadigan eng muhim masalalarni yagona andozada umumlashtirdi. 
Uning fikricha, ijtimoiy psixologiya quyidagilarni o‘rganadi: 

shaxs ijtimoiy psixologiyasi; 

jamoalar ijtimoiy psixologiyasi va muloqoti; 

ijtimoiy munosabatlar; 

ma‘naviy-axloqiy faoliyat shakllari. 
Rossiyalik olim V.N.Myasishevning yozishicha, ijtimoiy psixologiya: 

odamlarning guruh sharoitidagi o‘zaro hamkorligi ta‘sirida paydo 
bo‘ladigan psixologik o‘zgarishlarni; 

ijtimoiy guruhlarning turli xususiyatlarini; 

jamiyatdagi ro‘y beradigan jarayonlarning psixologik tomonlarini 
o‘rganadi.
Ijtimoiy psixologik xodisalar 
Ijtimoiy psixologik xodisalar
– shunday fenomenlarki, ular individlar hamda 
jamoalar tarzidagi sub‘ektlarning o‘zaro hamkorligi tufayli paydo bo‘ladigan turli 
xil munosabatlar, shunday hamkorlik ta‘sirida boshdan kechiriladagan his-
kechinmalar, o‘zaro axborot almashinuvi hamda odamlarning guruh bo‘lib 
to‘planishi oqibatida ro‘y beradigan faoliyatlarning xususiyatlarini mujassam etadi. 
Ya‘ni, agar shaxsni alohida individ sifatda olinganda amalga oshiradigan 
faoliyatidan farqli o‘laroq, guruh bo‘lib harakat qilgandagi ro‘y beradigan 
faoliyatning farqli tomonlarini ijtimoiy psixologiya sodda qilib aytganda o‘zining 
predmeti sifatida tanlaydi. 
Ijtimoiy psixologiya o‘rganadigan ijtimoiy psixologik xodisalarga avvalo 
quyidagilar kiradi:


10 

muloqot va muomala; 

ijtimoiy fikr va ijtimoiy kayfiyat;

jamoaviylik;

stratifikatsiya, jamiyatning turli qatlamlarga bo‘linishi;

stereotiplar, ziddiyat, turmush tarzi, ijtimoiy tasavvurlar;

ijtimoiy ustanovkalar va shaxsning ijtimoiy vaziyatlarda namoyon 
bo‘ladigan fazilatlari (nuqsonlari) va boshqalar. 
Ijtimoiy psixologik xodisalar asosan mazmunan va davomiyligiga ko‘ra 
tafovutlanadi. Masalan, mazmuniy jihatdan ular normal va normadan og‘ish 
tarzidagi xulq maromlariga bo‘linadi. 
Ijtimoiy psixologik xodisalarning normal xulq-atvorga aloqador shakllari 
odatda jamiyatda, uning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida, insonlarnig turmush 
tarzidagi ijobiy o‘zgarishlarda namoyon bo‘ladi.

Download 1,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish