24
Sobiq ittifoq davlatlarida, birinchi navbatda Rossiyada
ijtimoiy psixologiya
XX asrning 20-yillardan boshlab rivojlana boshladi. Bu borada rus ijtimoiy
psixologiyasining asoschisi Bexterev refleksologiya nazariyasi doirasida shaxs
xulq-atvorining motivlarini tushuntirishga harakat qilgan.
Uning
fikricha, barcha ongli va ongsiz jarayonlar tashqi xulq-atvorda,
harakatlarda ifodalanadi, shuning uchun ham tashqi harakatlarni, qiliqlarni, nutqni,
tovushni o‘rganish orqali shaxsning o‘zini va bu
harakatlarning sabablarini
aniqlash mumkin.
Rossiyada ijtimoiy psixologiyaning predmetiga doir munozaralar
•
Ijtimoiy psixologiya tarixida bahs va munozaralarning ikkita bosqichini
ajratish mumkin: XX asrning 20-yillari va 50-60 yillar.
•
Mazkur bosqichlar tarixiy davrlarga qiziqish uyg‘otadi,
shu bilan birga
ijtimoiy psixologiyaning ilmiy bilimlar tizimidagi maqomini tushunish,
uning predmetiga nisbatan to‘g‘ri yondashishga ko‘maklashadi.
•
XX asrning 20-yillari, ya`ni Sovet hokimiyatining dastlabki yillarida
ijtimoiy psixologiyaning predmeti xususidagi
munozaralarni ikkita xolat
orqali izohlash mumkin:
•
Revolyutsiyadan keyin, yangi qurilayotgan jamiyatda hayotning o‘zi
ijtimoiy-psixologik muammolarni hal etish vazifasini ilgari surdi.
•
Ikkinchi tomondan o‘sha davr uchun xos bo‘lgan g‘oyaviy kurashlar,
ishtimoiy-psixologik bilimlar sohasini ham to‘la qamrab oldi.
Rossiyada ijtimoiy psixologiyaning kelgusi taqdiriga Georgiy Ivanovich
Chelpanov (1862-1936)ning nuqtai-nazari ham o‘ziga xos ta`sir ko‘rsatdi,
tadqiqotchi psixologiyani ikkita qismga: ijtimoiy
va alohida psixologiyaga
ajratishni taklif etadi. Uning fikriga ko‘ra, ijtimoiy psixologiya marksizm g‘oyalari
doirasida shakllanadi, bevosita psixologiyaning o‘zi esa empirik fan sifatida
qolishi, marksizmdan, umuman olganda dunyoqarashdan xoli bo‘lishi talab etiladi
(Chelpanov, 1924).
•
Bunday yondashuv ijtimoiy psixologiyaning fan sifatida rasman tan olinishi
va uning yashab qolish huquqini asoslashga xizmat qildi.
Chelpanovning
qarashlari taniqli psixolog, faylasuf, pedagog Pavel Petrovich
Blonskiy(1884-1941) tomonidan rad etiladi va quyidagi fikrlar bildiriladi:
•
Odam
psixikasini tavsiflashda, eng avvalo ijtimoiy muxitning rolini tahlil
etish zarurati paydo bo‘ladi.
25
•
―Ijtimoiylik‖ kishilarning boshqalarga bog‘liq xolda kechadigan o‘ziga xos
faoliyati sifatida talqin etilishi lozim.
XX
asrning
30-yillarida
A.S.Makarenko,
A.Zalujniy,
L.S.Vigotskiy,
N.K.Krupskaya, M.Suxomlinskiy va boshqa qator olimlar o‘z nazariy qarashlarini
marksizm g‘oyalari bilan bevosita bog‘lab, jamoa va shaxs nazariyasini yaratdilar.
Ular shaxsning shakllanishida ijtimoiy muhitning,
jamoaning rolini, ta‘lim va
tarbiyaning hal qiluvchi ahamiyatini ko‘rsatib berishga harakat qildilar.
Do'stlaringiz bilan baham: