Namangan davlat universiteti pedagogika-psixologiya fakulteti psixologiya kafedrasi



Download 1,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/101
Sana02.12.2022
Hajmi1,56 Mb.
#876928
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   101
Bog'liq
Majmua. Ijtimoiy ps. 2 kurs. 3-sem. 2022.

V.Vundt olib borgan tadqiqotlar. 
Nemis psixologi, amaliy psixologiyaning dastlabki asoschilaridan biri 
Vilgelm Vundt o‘zining diqqatini tadqiqotga asoslangan ma‘lumotlar to‘plashga 
qaratadi. Vundt o‘zining ―Inson va hayvon ruhi haqida ma`ruzalar‖(1863) va 1900 
yilda bosmadan chiqqan o‘n tomli ―Xalqlar psixologiyasi‖ asarlarida asosan o‘zi 
to‘plagan empirik ma‘lumotlar asosida xalqlar psixologiyasiga bag‘ishlangan 
fikrlarini tizimli ravishda bayon etadi. Uning fan oldidagi xizmati shundan iborat 
ediki, empirik ma‘lumotlar to‘plash usullari, to‘plangan manbalarni sharhlash 
borasida bebaho bilimlar to‘plandi. Uning fikricha, psixologiya fani ikki qismdan 
iborat: fiziologik psixologiya va xalqlar psixologiyasi.
Fiziologik psixologiya inson ruhiyatini o‘rganuvchi eksperimental fan 
bo‘lib, oliy psixik jarayonlar – tafakkur va nutqdan tashqari barcha narsani 
eksperiment usulida tadqiq etish mumkin.
Eksperiment usulida o‘rganib bo‘lmaydigan barcha oliy ruh holatlarini 
xalqlar psixologiyasi o‘rganadi, chunki undagi o‘rganish usullari o‘ziga xosdir – u 
madaniy mahsullar hisoblangan til, afsonalar, odatlar, san‘at asarlari, inson 
tafakkurining murakkab tomonlarini ochib beradi.
V.Vundtning psixologiya fani oldidagi xizmatlari buyuk, uning xalqlar 
psixologiyasiga oid ma‘lumotlari hozirgi kungacha ham o‘z qimmatini yo‘qotgani 
yo‘q, lekin uning yagona kamchiligi shu ediki, uning qarashlari idealistik asosda 
bo‘lgan, ya‘ni u individ bilan jamiyat o‘rtasidagi murakkab dialektik munosabatni 
idealistik asosda turib hal qilgan va jamiyatning rolini absolyut tushunib, 
shaxsning tarixini yaratishdagi, ijtimoiy jarayonlardagi faol o‘rnini ko‘ra bilmagan.
Uning izdoshlari – Rossiyalik A.Potebni, nemis olimi T.Geyger va boshqalar 
ham u yo‘l qo‘ygan mafkuraviy kamchilikni oldini ola olmadilar, lekin ular bir 
fikrda yakdil edilarki, xalqlar psixologiyasi individual psixologiyadan farq qiladi, 
shuning uchun ham maxsus fan kerakki, u o‘ziga xos usullar yordamida shaxs va 


21 
jamiyat munosabatlari qonunlarini ochib berish lozim. Xuddi ana shu xulosalar 
ijtimoiy psixologiyaning fan sifatida shakllanishiga ilmiy asos bo‘ldi.


Download 1,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish