Namangan davlat universiteti pedagogika-psixologiya fakulteti psixologiya kafedrasi


KONT (Conte) Ogyust (19.1,1798, Monpele -5.9.1857)



Download 1,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/101
Sana02.12.2022
Hajmi1,56 Mb.
#876928
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   101
Bog'liq
Majmua. Ijtimoiy ps. 2 kurs. 3-sem. 2022.

KONT (Conte) Ogyust (19.1,1798, Monpele -5.9.1857)
— 
pozitivizm 
falsafasi va sotsiologiyaning asoschisi.
Sen-Simonning kotibi bo‘lgan (1818-24).
Asosiy asarlari: «Pozitiv falsafa kursi» (6 jidli) «Pozitiv siyosat tizimi», 
«Sub‘yektiv sintez».
Kont falsafani hayot bilan bog‘lash, voqea va hodisalarni aniq tahlil qilish 
tarafdori bo‘lgan. Uningcha, tadqiqotchining vazifasi biz sezgilar orqali 
bilsak, shuni tavsif qilish va umumlashtirish bo‘lishi kerak. Mutlaq bilimga 
ega bo‘lish mumkin emas.
Kont o‘z asarlarida fanlar tasnifiga katta ahamiyat bergan. U fanlarni shu 
vaqtgacha tabiatshunoslikda hukmron bo‘lgan inson aqlining turli 
qobiliyatlariga qarab tasnif qilish tamoyiliga qarshi chiqadi. Uningcha, 
hamma fanlar chuqur ichki aloqalarni birlashtiradi. Tabiatshunoslikning 
ilohiyot bilan hech qanday aloqasi yo‘q. Hamma fanlar umumiylik va 
soddalikning turlicha darajasiga ega. Shuning uchun ularning kamayib 
borish darajasiga qarab joylashtirish, tasnif qilish kerak: matematika va 
mexanika, jonsiz jismlar haqidagi fanlar, jonli jismlar haqidagi fanlar (bunga 
sotsiologiya xam kiradi).
Kont sotsiologik qarashlarida jamiyatni tafakkur shakllari vositasida 
rivojlanib boruvchi bir organizm deb xisoblagan. Jamiyat o‘z rivojlanish 
jarayonida 3 bosqichni bosib o‘tadi:
1. Ilohiyot bosqichi. Bu bosqichda odamlar hamma hodisalarni diniy nuqtai 
nazardan g‘ayritabiiy kuchlarning ta‘siri vositasida izohlaydilar.
2. Metafizik bosqich. Bu bosqichda odamlar hamma hodisalarni turli 
mohiyat va sabablarning ta‘siri bilan izoxlaydilar.
3. Pozitiv bosqich. Bu bosqichda hamma narsalar fan nuqtai-nazaridan 
izohlanadi. K. insoniyat jamiyati rivojining bu bosqichlarini har tomonlama 
taxlil qiladi. Birinchi bosqichda tasavvurlar hukmron bo‘lib, bilim juda 
cheklangan. Odamlar hodisa va narsalarning mavjudligini xudolar va 
ruhlarning mavjudligi bilan bog‘laydi. Bunda nufuz va monarxiya hukmron. 
Metafizik bosqich mohiyatlarning namoyon bo‘lishi sifatidagi turli 
kuchlarning faoliyati orqali tavsiflanadi.
Bu bosqichda nufuzlar obro‘siga putur yeta boshlaydi. Insonda xudbinlik 
(egoizm) kuchayib, jamiyat bilan aloqasi susayadi. Sezgining ahamiyati 
pasayib, aqlniki ortib boradi. Bu bosqichda monarxiya o‘rniga xalq 
hokimiyati o‘rnatishga intilish yuzaga keladi. Uchinchi — yuqori bosqichda 
jamiyat matematika, astronomiya, fizika, ximiya, biologiya, sotsiologiya 
(sotsial fizika) fanlari beradigan ijobiy bilimlar asosida qayta quriladi.
Pozitiv (fonda, ijobiy) fanlar tabiat va jamiyat qonunlari tartibini aniqlash 


16 
bilan shug‘ullanadi. Falsafa tabiat va jamiyat qonunlarini bilib olishi zarur. 
Bu bosqichda oldingi bosqichlarda mavjud bo‘lgan nazariya va amaliyot 
o‘rtasidagi ajralish tugatiladi. Jamiyat taraqqiyotini belgilaydigan asos — 
bilim taraqqiyotidir.
Ogyust Kont «insoniylik dini» deb ataluvchi din yaratish tarafdori bo‘lgan. 
Pozitivizm g‘oyalari 19-asr tabiatshunoslari tomonidan qo‘llab-
quvvatlangan. J.Mill va G.Spenserlar Kontning izdoshlari bo‘lganlar. 

Download 1,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish