Наманган давлат университети педагогика факультети “Бошланғич таълим методикаси” кафедрасининг 2016-2017 ўқув йилида эришган ютуқлари ҳақида



Download 260,9 Kb.
bet12/64
Sana29.04.2022
Hajmi260,9 Kb.
#589797
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   64
Bog'liq
Fj6TLfgjpWfMcGKR628

Erta ketar laylixon, Kechda kelar laylixon,
Turli-tuman bog`chalardan, Yig`ib kelar laylixon.
Bolalar uchun hayvonlar ichida qiziqarlisi tuya hisoblanadi. Bizning elimizda tuya o`troq hayvonlardan bo`lishiga qaramay, bu jonivor hamisha bolalarni o`ziga rom qilib keladi. Uning tuzilishi, o`rkachlari, tuyoqlari, og`zidan oq ko`pikni chiqarishi, yantoq eyishi, suvsiz, o`tsiz bir qancha vaqt hayot kechirishi, kuch-quvvatda tengsizligi xalq tomonidan to`plangan ko`plab topishmoqlarda o`z aksini topgan. Tuyalar to`g`risidagi har qanday topishmoqni bolalar zo`r mamnuniyat bilan tinglaydilar va zukkolik bilan echadilar:
- Bir qiziq hayvon, - Elkasida tog`.
Fil emas, ammo Izlari yalpoq.
Ipakdek mayin Junlari yumshoq. Bo`yni kamalak Emishi yantoq.
Yurar sahroda Haftalab chanqoq. Top-chi Ruqiya Bu nima?
Bolalar ayniqsa, o`g`il bolalar otni ham yaxshi ko`radilar. Ular hamisha ot boqish, uni parvarish qilish, cho`miltirish, minish, o`z chavandozliklarini ot poygalarida, uloqlarda namoyish qilish fikri bilan yashaydilar. Shu ma’noda ot haqidagi mana bu jumboqni ham osongina echib oladilar:
To`rt oyoqlik, Temir tuyoqli.
Uy hayvonlari va jonivorlari ichida qo`y o`ziga xosligi bilan ajralib turadi. U nihoyatda nozikta’b bo`ladi. O`t-yemni haddan tashqari saralab eydi. Hatto, har qanday o`t-maysani bir tishladimi, tamom, ikkinchi marta unga qayrilib qaramaydi ham. Bu xususiyat xalq maqolida to`la o`z aksini topgan:
Kishi ko`rsa kishnamas, Yerdan cho`p tashlamas.
Topishmoq-jumboqni hamisha aqlli, esli-hushli, bilimdon, dono bolalar echa oladilar. Chunki har bir topishmoqda kishini o`ylantiradigan, chuqur xayolga-o`yga boradigan jihatlar mavjud bo`ladi. Yo`lbars to`g`risida to`qilgan quyidagi topishmoq xuddi shu haqda bahs yuritadi:
Man-man, maniki, Har tirnog`i o`n ikki. Qildan ola to`ni bor
Quyrug`ida xoli bor. Uni topgan yigitning Aqlining koni bor.
Biz yuqorida topishmoqlarning mavzui juda rangba-rang ekanligini aytgan edi. Buni ari, kapalak, chigirtka, qo`ng`iz, chayon, chumoli, o`rgimchak, pashsha, chivin misolida ham ko`rishimiz mumkin. Bular orasida kechasi-yu, kunduzi ishlab charchamaydigan, o`zaro ahil chumoliga bag`ishlangan topishmoqlarning o`ziyoq fikrimizga asos bo`ladi:
- Yerdagi jonivorlarning, Eng kichigi, mittisi.
Dalaga chiqar uydan, Kelsa bahorning isi.
Tizilishib barchasi, Mehnatga tushar shaxdam. Tashir ushoq donu has.
Zahmatkashdir bilmas dam. Yashash zavqin mehnatdan, Ekanligin biladi.
O`ngu-so`lga yugurib, Tolmay mehnat qiladi.
Xalq topishmoqlari orasida inson a’zolariga bag`ishlangan ko`plab topishmoqlar kichkintoylar quvonchiga-quvonch qo`shib kelmoqda. Shu narsa ham jozibaliki, chevar xalq o`zi to`qigan asarida inson a’zolariga alohida urg`u beradi. Har bir a’zoning inson hayotida juda katta ahamiyat kasb etishini pardoz-andoz bilan tinglovchi ongiga etkazadi. Ana shunday a’zolardan biri – tish topishmoqda yuksak darajada ta’rifga ega:
Biz-biz edik, biz edik, O`ttiz ikki qiz edik.
Ikki safga tizildik, Birin-ketin uzildik.
Shov tegirmonning toshi, Oltin egarning boshi.
Shuni topgan bolaning Yuz yigirma ikki yoshi. Bir uychada turadi, O`ttiz ikki pahlavon.
Birdek kiygan libosi, Birdek ahil-jonajon.
Topishmoq janri yozma adabiyotning rivojiga ham barkali hissa qo`shgan. Chunonchi, Cho`lpon, Abdulla Qodiriy, Oybek, G`afur G`ulom, Zafar Diyor, Quddus Muhammadiy, Po`lat Mo`min, Qudrat Hikmat, Anvar Obidjon va boshqa qalamkashlar tomonidan yaratilgan nazm va nasrda o`z ifodasini topshganligini ko`ramiz.
Masalan, G`afur G`ulom “O`ylashni o`rganamiz”, “Buni toping, qizlarim” asarlarida topishmoq janrini yuksak qadrlaganligini ko`ramiz. Chunonchi, «Buni toping, qizlarim» topishmoq asari kichkintoylarning ong, tushuncha, fikrlarini rivojlantirishda muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi:

  • To`ni silliq, tuki yo`q. - Malla tukli, sap-sariq, Hammasi to`q, po`ki yo`q, Murabbosi mazalik.

Ichi qizil, ko`ki yo`q, Palovga bossa bo`lar, Uni cho`qolmas chumchuq, Podvalga ossa bo`lar.
Bu nima, qizim Qunduz? Tishlab ko`rib, ayt, Mehri,

  • Bumi, dadavoy? Tarvuz. - Bumi dadavoy? Behi.

  • Marjon-marjon yumaloq, Mayda yoqutday qizil, Yaproqlari shapaloq, Shirin, nordon, xilma-xil,

Qora, qizil, sariq, oq, Qalin, taxir po`sti bor, Yeb ko`rmasdan o`ylab boq. Hamma yerda do`sti bor, Sen ayt, Mamlakat qizim Sen ayt-chi, qizim Gulnor.

  • Bumi dadavoy? Uzum. - Bumi, dadavoy? Anor!

Topishmoq janri bugungi matematika darslarini tushunarli, ta’sirli, qiziqarli qilib o`tishda, bolalarning o`y-fikrlarini jamlashda soha muallimlariga ham juda qo`l kelmoqda. Topishmoq vositasida matematikani o`zlashtirishga bag`ishlangan bir muallimning bir soatlik darsi quyidagicha bo`ldi:

  • Men bir savol o`yladim, o`ylagan songa 8 ni qo`shsak, 12 bo`ladi. Men qanday son o`ylaganman? – deb boshlaydi muallim o`z mashg`ulotini.

  • Siz barmoqlaringiz bilan men o`ylagan sonni toping. O`quvchilar 4 ta barmog`ini ko`taradilar. Bu vaqtda o`qituvchi to`g`ri ko`rsatgan hamma o`quvchilarni qutlaydi va xato qilganlarga esa yonidagi o`rtog`ini yordam berishga undaydi. “Bolalar, kim tez katta bo`lmoqchi?” deb so`raydi. “Men, men” degan javoblar eshitiladi. “Unday bo`lsa, hammamiz 2-sinf o`qish kitobidagi jumboqlardan yechamiz” deb quyidagi she’riy masalani o`qiydi.

- Bordir 10 ta quyonim, Juda yuvosh muloyim. Dildan sevib qaraydi, Jajji singlim Guloyim. Ikkitadan o`novin,
Bor yigirma qulog`i. Sanab boqchi Nodirvoy Nechta ekan oyog`i?
Bu jumboq-masalani yechishda bolalar ancha qiynalishadi.
O`qituvchi yordamida 40 oyog`i borligi aniqlanadi
Shunda o`qituvchi, “Ha bolalar, birdaniga katta bo`lish, 2-sinfda o`qish ancha qiyin. Buning uchun nima qilish kerak?” deb so`raydi.
Bu savolga ham o`qituvchi yordamida, avval birinchi sinfda yaxshilab o`qish, o`rganish kerakligi tushuntiriladi.
Yuqoridagi sharhlardan ko`rinadiki, bola topishmoqsiz o`smaydi. U kattalar, bolalar davrasida ko`plab fikrlar qayrovi – jumboq tinglaydi, o`zi ham qatnashadi va yechadi. Bu esa uning kelajakda o`ziga pishiq-puxta, aqlli, zakovatli inson bo`lib kamol topishi uchun mustahkam zamin bo`ladi.

Download 260,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish