Oyda - quloch Kunda – tutam. Senga – kuyov, Menga – palov v/k.
Shu zaylda beshik qo`shiqlari kenja avlod kamolotida o`ziga xos tarbiya rolini o`taydi. Kichkintoylar ota-onalaridan, bobo-momolaridan chiroyli, ta’sirli alla, qo`shiqlar tinglab tillari biyron, o`ktam, ziyrak bo`lib ulg`aar ekanlar endilikda o`zlari ham hayot yo`llarida qo`shiq to`qib, qo`shiq qanotida o`sib-ulg`ayishga harakat qiladilar. Bunday qo`shiqlarning oliy namunasi “Chittigul” turkumiga kiradigan qo`shiqlar bo`lishi mumkin. “Chittigul”da mavzu nihoyatda ranba-rang va juda jozibali. Chunonchi,
Oq sholiga ko`k sholi, Oq sholini oqlaylik, Ko`k sholini ko`klaylik Yaxshi kunga saqlaylik, Hayu, chittigul,
Hayu, chittigul, - singari misralariga nazar soladigan bo`lsak, bu qo`shiqda asosan g`alla-sholi to`g`risida gap ketadi. Sholining turi, rangini eslatish orqali sholi hosili juda mo`l bo`lganligini; bu mo`l-ko`l sholini pala partish qilib eb- tamomlamasdan, balki uni ehtiyotlab, tejamkorlik bilan ishlatish darkorligi bolalar tilidan chiroyli tasvirlangan. Qarang, bugungi kunda tejamkorlik, iqtisod haqida bolalarga ko`p gapiramiz. Yuqoridagi qo`shiqdan ayon bo`lishicha, ota-bobolarimiz azaldan har bir narsani tejab-tergab ishlatishni o`z farzandlariga qattiq o`rgatib kelishgan. Endi mana bu misralarga razm soling:
Jo`xorilar bo`ldi oq, Qo`nma shum qorayaloq! Agar qo`nsang, urayin, Bo`lar oyog`ing cho`loq. Haq, huvv!
Ko`rinib turibdiki, kattalarning mehnati bilan jo`xori ekilgan. Bugungi kunda u hosilga kirgan. Agar jo`xori qo`riqlanmaydigan bo`lsa, qush-qumursqalar eb ekinni barbod qiladi. Bu ish kenja avlod – bolaga topshirilgan. Bolaning g`ayrat-shijoati, ekinni saqlab qolish uchun urinishi o`ylaymizki, bugungi bolalarga ham namuna bo`ladi.
«Agar qo`nsang, urayin, bo`lar oyog`ing cho`loq» deyishi qaysi bolani kattalarning mehnatiga ko`maklashishga da’vat etmaydi deysiz!
Bolalarning aytishuv – oq terakmi, ko`k terak qo`shiqlari ham hamma zamonlarda katta shuhrat qozonib kelgan. Bu qo`shiqda ko`pincha o`ziga xos obro`-e’tiborga muyassar bo`lgan bolalar tilga olinadi. Ularning ibratomuz jihatlari bolalar o`rtasida ta’kidlanishi qo`shiqning yanada jozibali chiqishini ta’minlaydi. Ayniqsa, bu aytishuv qo`shig`i bugungi kun, bugungi bolalar to`g`risida bo`lsa yanada ajoyib bo`lishini quyidagi parchadan bilish mumkin:
Oq terakmi, ko`k terak, Ko`m-ko`k, ko`m-ko`k, ko`k terak,
Bizdan sizga kim kerak? Bizdan sizga kim kerak?
Erkin qo`zichoq kerak! O`zi a’lo o`qiydi,
Ola-bula kapalak, Tartibli, ham odobli.
Orqa sochim jamalak, Hammani sevar,
Oq terakmi, ko`k terak, Tikishda chevar,
Bizdan sizga kim kerak? Barchadan chaqqon,
Xayri qizaloq kerak! Hammaga yoqqan
Oppoq-oppoq oq kurak, Go`zal Ozoda kerak!
Bu kabi aytishuv qo`shiqlari bolalarni mehnatkash, odob- axloqli, o`qimishli bo`lib kamol topishga da’vat etaveradi. Bunday qo`shiqlar qanotida o`sgan har bir bola sog`lom fikrli, el sevar bo`lishiga hech shubha yo`q.
Do'stlaringiz bilan baham: |