Наманган давлат университети педагогика факультети “Бошланғич таълим методикаси” кафедрасининг 2016-2017 ўқув йилида эришган ютуқлари ҳақида



Download 260,9 Kb.
bet20/64
Sana29.04.2022
Hajmi260,9 Kb.
#589797
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   64
Bog'liq
Fj6TLfgjpWfMcGKR628

Meni kichik demangiz, Kamstimangiz kuchimni, Bosqinchidan olgumdir Xalq qasosi o`chimni!
Nemis-fashist bosqinchilari barcha qatori yosh bolalarning ham osuda hayotini buzdi. Ularni daryo, ko`llar bo`yida baliq tutib, hordiq chiqarishdan, bilim olib, quvnoq o`yin-kulgi bilan yashashlaridan mahrum etdi. Shuning uchun ham vatanparvar butun xalq bilan bir tan, bir jon bo`lib, qo`lida qurol bilan dushmandan o`ch olishga shaylanadi:
Qurol bering menga ham, Qurol bering menga ham.
Razil nemis boshiga
Men ham solay katta g`am, -
deya shijoat ko`rsatishi bilan diqqatni tortadi. Urush davri bolalar adabiyotida front orqasini mustahkamlash ishi ham alohida mavzu bo`lib qolgan edi. Zafar Diyorning “Maktab – sening fronting”, “Poyezd ketar frontga”, “Temirchilar minbari”, Shukur Sa’dullaning “Yoshlik”, “Sen nima qilding?” kabi asarlarida bolalarning front orqasini mustahkamlashdagi jangovar mehnatlari namoyon bo`ladi.
“Sen nima qilding?” she’rining qahramonlari o`zlariga ham, o`zgalarga ham talabchan bolalar. Ular har bir kun, har bir daqiqani mehnat muvaffaqiyati bilan o`tkazishni o`z oldilariga maqsad qilib qo`yganlar. Shuning uchun ham ular bir-birlariga jiddiy savol beradilar:

Javob ham aniq:


- Front uchun ne qilding? Navbat senga! So`yla qani, Nimalarni ep bilding?!


... O`ylab topdim: uyga kirdim, Kezdim har yonni bir-bir.
Bog`lar oshdim, ko`p yo`l yurdim, Yig`dim tersagu temir.
Bular front uchun!”
-deya eltdim maktabim sari, -

Shu zaylda har bir bolaning qo`shgan ulushi besh o`rtoq o`rtasida muhokama qilinadi. Va nihoyat ular: “Bundan o`qu tank bo`ladi!”, deya o`z ishlaridan qanoat hosil qiladilar.
She’rda har bir bolaning fikri-o`yi, orzu-umidi, harakati, mehnati ishonarli tarzda ifoda etiladi.
Urushdan so`nggi davr bolalar she’riyatida ona-Vatan, go`zal diyor, hur o`lkamiz to`g`risida yaratilgan asarlar diqqatga sazovordir. “Yashna, Vatan” (I.Muslim), “Obod o`lkam”, “Yurtimizning yuragi” (P.Mo`min), “Mening Vatanim”, “Baxtli bolalar” (Q.Hikmat), “O`lkamizning tongi otmoqda” (A.Rahmat), “Dehqon bobo va o`n ikki bolakay qissasi” (A.Oripov), “Ona degan so`z” (O.Matjon) va

boshqalar. Bu mavzuda yaratilgan she’rlarni sanagan bilan tamom bo`lmaydi.
Bu mavzuda yaratilgan asarlar ichida Abdulla Oripovning “Dehqon bobo va o`n ikki bolakay qissasi” she’ri bolalar adabiyotining keyingi yillarda qo`lga kiritgan jiddiy yutuqlaridan biri bo`ldi.
O`zbek bolalar she’riyatida O`zbekiston haqida ko`plab asarlar bor. A.Oripov ularni takrorlamasdan o`ziga xos original asar yozgan. She’r qahramonlari o`n ikki viloyatdan chiqqan a’lochi, jamoatchi o`quvchi bolalar. Ular o`z joylarining tarixini bilishadi. Poyezdda o`zlariga xamroh bo`lgan boboning savollariga lo`nda-lo`nda qilib aniq javob berishadi. O`zbekistondagi har bir viloyatning o`ziga xos boyligi, shaharlari, bag`ri keng odamlari kitobxon ko`z o`ngida bir-bir gavdalanadi.
O`zaro suhbat asosiga qurilgan bu she’rda boboning yakuniy nutqi juda salmoqli. To`rt misra she’r bilan tobora gullab-yashnab borayotgan, o`ziga mustaqil bo`lib, o`z taqdirini o`zi bunyod etayotgan diyorimizning husn-jamoli, qudrati bir butunligicha ifoda etilgan:
Siz atagan har bir joy Bitta bo`ston bo`ladi, Hammasini qo`shsangiz, O`zbekiston bo`ladi.
O`zbek xalqi azaldan mehnatkash xalq. Ishchanlik bizga ota- bobolarimizdan meros bo`lib qolgan. Q.Muhammadiyning “Etik”,
«Buvimning hikoyasi», O`.Yoqubovning “Sirdaryo oftobi”, Shukur Sa’dullaning “O`ovlimizning bolalari”, “Dastyor qiz”, “Bog`bon qiz”, Ilyos Muslimning “Oyxon va rayhon”, “Ishchan asalarilar”, “Sening sovg`ang”, Po`lat Mo`minning “Dalalarga qarasam”, “Oftob chiqdi olamga”, Qudrat Hikmatning “Bobo va nabira”, “Jo`jam, yurma laqillab”, Tolib Yo`ldoshning “Vaqt qadri”, Yusuf Shomansurning “Baraka”, “Tikuvchi”, Tursunboy Adashboyevning “Shanbalik”, Rauf Tolibning “Bobo xursand, Nodira xafa”, Qambar Otaning “Mehnatdan zavq olaman” she’rlari bevosita mehnat mavzusiga bag`ishlangan.
Iste’dodli shoir Qambar ota uzoq yillardan beri bolalarni mehnatsevarlikka chorlab she’rlar yozib keladi. “Mehnatdan zavq olaman” asari shulardan biri. Asarning lirik qahramoni sog`lom va tetik bola. Buning asosiy sababi uning mehnatkashligida. Bola ishlashni, ayniqsa, kattalarning yumushlariga astoydil yordam berishni yaxshi ko`radi. Lirik qahramonning mehnati, orzu xayoli yosh kitobxonning ezgu niyatiga mos tushadi:

Download 260,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish