TEZ AYTISH
Insoniyat odobining va odamiylik asosining ulug` qasri ustunlaridan biri – so`zlash va nutqning qimmatbaho gavharini muloyimlik va odob parmasi bilan teshmoq hisoblanadi. Axloq arkining yuqorisida o`tiruvchilarning aytishicha, insoniyatning
kamoloti va bilimining baland martabalaridan biri chiroyli gapirish va chiroyli so`zlash bo`lib, bu bog`ning guli ilk bahoristonning nasimi bilan ochiladi va saodatning yorqin javohir dasturxonini aql savdogarigina yoza oladi. Yoqimli va qimmatbaho so`zlari donolik va iqbol arbobining toji bo`lgan yunon hakimlarining aytishlaricha, til har bir aql sohibi fazilati xazinasining kalitidir va har kimsaning bilimi miqdori uning so`zlari orqali ma’lum bo`ladi. Inson yuragidagi fikrini, yutuq va quvonchini, dard va alamlarini o`zgalar bilan dardlashishi, baham ko`rishi lozim. Chiroyli, burro, dona-dona qilib gapirish ham bir mahorat, san’at hisoblanadi.
Xalqda chaqaloq olamga kelishi va unga parvarish ishlari boshlanishi bilanoq ota-ona, buvi-bobolar birinchi navbatda uning ko`zi, tiliga ko`proq e’tibor beradilar. Ko`zlarining nurafshon, tilining burro bo`lishi uchun bor kuch, mahoratlarini ayamaydilar. Inson gapirmasa, soqov bo`lsa bu og`ir ish, mushkul savdo hisoblangan. Shunga ko`ra qadim-qadim zamonlarda bolaga alla-qo`shiq aytishda onalar bu haqdagi ezgu niyatlarini mana bunday misralarda ifoda etishgan:
Uyingga bug`doy to`lsin, Tiling burro bo`lsin, Alla, bolam, alla-yo, Jonim bolam, alla-yo.
Ko`rar ko`zim, alla-yo, So`zlar so`zim, alla-yo!
Xalqda buni tez aytish deyiladi. Demak, xalq og`zaki ijodining eng ko`p tarqalgan va muhim janrlaridan biri tez aytish ekan. Tez aytish bolaning tilini ravon, burro qilishdan tashqari, aqliga – aql qo`shadi, ongini rivojlantiradi, xotirasini mustahkamlaydi, ota-onasiga, el-yurtiga, o`zini qurshab olgan olamga nisbatan mehr-muhabbatini oshiradi. Boshqacha ibora bilan aytganda, yangi avlod har gal o`zidan avvalgi avlodlar kashf etgan narsalarni hisobga oladi, o`zlashtiradi. Bu yo`l, shubhasiz, boshqalariga qaraganda oqilona, foydali, porloq kelajak yo`lidir.
Tez aytishni qayta-qayta mashq qildirish, berilgan matnni osongina diliga, tiliga jo qilib olish har tomonlama foyda so`z o`yini bilan ijro etiladigan har bir tez aytish zamirida bir nechta vazifalar yotgan bo`ladi. Shulardan birinchisi qayta-qayta mashq qilish, tinimsiz takrorlash natijasida bolaning nutqi chiqadi, tili ravon bo`ladi. Bularning hammasi yig`ilib bola tarbiyasiga bog`lanadi. Bola olamga kelishi bilanoq uni kelajakda komil inson bo`lib o`sishi uchun mana shunday chora-tadbirlarni qo`llashga to`g`ri keladi. Aks holda bu ish kechiktirilsa, ko`zlangan natija chiqmay qolishi mumkin.
Novvoy non yopar,
Nonni novvot deb sotar, - deyilgan tez aytish shu asosda yuzaga kelgan.
Asal eng shifobaxsh, hamma birdek suyib iste’mol qiladigan taomlardan biri. Ko`pchilik bolalar asal qanday qilib paydo bo`lishini ham bilmaydilar. Bunga bag`ishlangan mana bu tez aytishda asal bunyodkori – asalarini boqish, parvarish qilish tufayli bu mahsulot paydo bo`lishi haqida gap ketadi:
Mamadali, Asadali, Asqarali boqishadi asalari, To`plagani asal bari.
Kichkintoylar uy jonivorlarini, ayniqsa, mushuk, kuchuk, buzoq, uloq, qo`zichoqlarni xush ko`rishadi. Bular haqidagi topishmoqlarni jon-dillari bilan tinglashadi hamda o`zlari ham takror-takror aytishadi. Mana bu tez aytish ularning qalblarida bir umrga muhrlanib qoladi:
Yosh mushuk, Mosh mushuk. Mosh mushuk, Bosh mushuk.
Insonning o`zi, uyi – oilasi, ona-Vatani tinch bo`lsa, bu bitmas- tuganmas shodlik, baxt. Mana shu baxt uchun kurashish g`oyasini kichkintoy qalbiga singdirib borish foydadan holi bo`lmaydi. Shu nuqtai nazardan qaraganda quyidagi topishmoq muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi:
Ona yurting omon bo`lsa,
Rangi ro`ying somon bo`lmas.
Mehnatkash xalq o`z ijodida hech narsaga befarq qaramagan. Hatto, insonning kiyim-kechagi, boringki, dastro`molu sochiqlar to`g`risida ham munosabat bildirgan. Qarang, sodiq sochini sochiqqa artdi. Bu tez aytishga asos bo`lgan narsa birinchi navbatda, inson yuvinib-taranib, pokiza bo`lib yurishi lozim. Ikkinchidan, o`zi tutadigan buyumi ham risoladagidek bo`lmog`i kerakligi tez aytishda ko`zga tashlanib turibdi.
Tirik jon borki ovqat eydi. Ovqat iste’mol qilmaydigan narsaning o`zi yo`q. Insonlarning oziqasi er bilan. Yerga ishlov berish, mehnat qilish orqali g`alla, sabzavot, zirovor ekinlari etishtiriladi. Buning uchun hosili yig`ishtirilib olingan erni dam olsin, o`ziga ko`p kuch to`plasin, keyingi yilda mo`l-ko`l hosil bersin, degan niyat bilan kuzda er haydab-chopib qo`yiladi. Shu ish bo`lmasa, yaxshi natijaga erishish mumkin emas. Buni bolalar kichikliklaridan bilib, amal qilib o`smoqliklari lozimligi, - Yer haydasang, kuz hayda, kuz haydamasang, yuz hayda, - tez aytishida ilgari surilmoqda.
Odamzod ota-ona, buvi-bobolar yordami, ularning aytib beradigan alla-qo`shiq, maqol, masal, topishmoq, ertaklari bilan kamol topadi, o`sadi, ulg`ayadi. Odob, o`qish, kasb-hunarni egallash ham shu zaylda kamolot cho`qqisiga ko`tariladi. Inson qanchalik og`ir-bosiq bo`lsa, u hamisha ezgulik sari intilsa, kurashsa; kam gapirib ko`p o`qisa, o`rgansa, o`z sohasining etuk kishisi bo`lsa shu kishi baxtiyordir. Ana o`shanda xalq to`qigan mana bu tez aytish ham zoe ketmagan bo`ladi:
Ko`p so`zning ozi yaxshi, Oz so`zning o`zi yaxshi.
O`zbekistonning er osti va usti boyliklari juda ko`p. Biz bu bilan har qancha faxrlansak, g`ururlansak arziydi. Marmar toshimizning sifati, chidamliligi, ko`rkamligi jahonga mashhur. Shu mavzuga bag`ishlangan tez aytish bolalarda ona-Vatanimiz boyligiga faxr hislarini yanada jo`sh urdirib yuboradi:
Yuzg`onning marmari jahonga mashhur, Bizning g`ozg`onchilar shuning uchun mag`rur.
Do'stlaringiz bilan baham: |