Bog’ning uzunligi bog’ni hosil qiluvchi atomlar markazi yoki yadrolar orasidagi masofadir. Bog’ning uzunligi bog’ni hosil qiluvchi atomlar kovalent radiuslari yig’indisiga teng. Bog’ning uzunligi angetrem, (1 =10-10 sm yoki 10-8 m) yoki nanometr, nm (1 nm=10-9 m) larda o`lchanadi. quyida ba`zi kimyoviy bog’lar va ularning uzunliklari (nm) keltirilgan:
-C – C-
|
0,154 nm
|
=C–C=
|
0,147 nm
|
=C–H
|
0,034 nm
|
-C = C-
|
0,134 nm
|
C–C
|
0,138 nm
|
C–H
|
0,033 nm
|
-C C -
|
0,120 nm
|
-C – H
|
0,036 nm
|
H–H
|
0,037 nm
|
Bog’larning uzunligi elektron, neytron va rentgen nurlarining interferentsiyasi yordamida aniqlanadi va spavochniklarda beriladi.
Bog’larning fazodagi yo`nalganligi (valent burchagi). Ikki va undan ortiq atom bilan kovalent bog’ hosil qilgan atom bog’larining yo`nalishlari orasidagi burchak bog’lar orasidagi burchak yoki valent burchak deyiladi. Valent burchaklari rentgenografik, elektronografik va spektroskopik usullar bilan aniqlanadi va graduslarda o`lchanadi. Valent burchaklar ham spravochniklarda beriladi. quyida ba`zi molekulalardagi valent burchaklar berilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |