Bog'liq XALQARO MUNOSABATLAR VA DIPLOMATIYA TARIXI LOTIN yangi
Shimoliy Afrikadagi harbiy harakatlar.Angliya va AQSh davlati o‘zining eng birinchi navbatdagi vazifalaridan biri – bu Shimoliy Afrikani bosib olishdan iborat edi. Ingliz-amerika qo‘mondonligi birvarakayiga ikkita opersiyani – Shimoliy Afrikaning sharqiy va g‘arbiy qismini bosib olish tayyorgarligini boshlab yuboradi. Sharqda Misrdagi Rommelning italyan-nemis gruppirovkasiga qarshi, g‘arbga esa – Aljir va Marokashdagidagi fransuz yerlariga ingliz-amerika qo‘shinlarini tushirish rejalashtirilgan edi. (“Fakel” operatsiyasi).
Agressor davlatlar ustidan bunday ustunlik albatta, ikkinchi jahon urushi sahnalarida o‘z kuchini ko‘rsatmay qo‘ymas edi. Ayniqsa, bu narsa 1942-yilning 23-oktyabrida Stalingrad ostidagi janglarning qizg‘in pallasida general B. Montgomeri qo‘mondonligidagi 8- ingliz armiyasi El – Alameyn rayonida nemis-fashistlarning Rommel korpusidan juda katta ustunlikka ega bo‘lgani holda, g‘alaba qozonganida edi. Yuqoridagi aytib o‘tgan ustunlik yaqqol buni isbotlaydi. Italyan-nemis qo‘shinlari Misrdan Liviya tomonga chekinadi. Ayni shu paytda Shimoliy Afrikaning boshqa tomonidagi Marokash va Jazoir portlariga (Vishi davlatining mustamlaka yerlari) general D.Eyzenxauer qo‘mondonligidagi ingliz-amerika ittifoqchi flotini tushiradi.
Afrikadagi fransuz kolonial armiyasi va ma'muriyati rahbarlari ingliz-ameirka agentlari bilan maxfiy aloqada bo‘lishgani uchun urushdagi vaziyat qaysi tomonida ekanligi sezib, qisqa davom etgan qarshiliklardan so‘ng ittifoqchilar tomonga o‘tadilar. Shimoliy Afrika va G‘arbiy Afrikadagi fransz ma'muriyatini boshqarayotgan general Jiro ittifoqchilar bilan osongina til topishdi. Vishi davlati mustamlaka ma'muriyatini ingliz-amerika qo‘mondonligi ostida Jazoir va Marokashni boshqarar edi. Shunday qilib, urush davrida birinchi marta fashistik blok a'zolaridan biri hokimiyatni saqlash ilinjida ittifoqchilar tomoniga o‘tdi.
Jazoir va Marokash ittifoqchilarning qo‘shinlari tushirilishi haqida bilgan Gitler, ingliz-amerika desantchilariga kelgusidagi yurishlariga xalaqit qilish uchun, zudlik bilan nemis qo‘shinlarini Tunisga tashlashni buyuradi. Shuning bilan bir vaqtda u Fransiyaning janubiy qismini bosib olish, Vishi davlatini saqlab qolish, ammo “vaqtinchalik yarash armiyasi”ni qurolsizlantiish va fransuz flotini bosib olish to‘g‘risida buyruq beradi. 1942-yilning 11-noyabrida nemis va italyan qo‘shinlari hech qanday qarshiliksiz janubiy zonaga kirib boradilar va “vaqtinchalik yarash armiyasi”ni qurolsizlantiradi. Biroq, Tulon portidagi fransuz flotini bosib ololmaydi. Nemis qo‘shinlari Tulonga kirib kelgan paytda, fransuz dengizchilari o‘z kemalarini cho‘ktirib yuboradilar.
Shu voqealardan keyin Shimoliy Afrikadagi harbiy harakatlar ikki yo‘nalishda davom etadi: sharqdan, general Montgomeri qo‘mondonligidagi 8-armiya – Liviya orqali Tunisni bosib oladi, g‘arbdan esa general Jiro qo‘mondonlik qilgan mustamlaka armiyasi bilan qo‘shilib ketgan general Eyzenxauer qo‘shinlari harakat qilardi. 1942-yilning dekabrida dushmanni Tunisga siqib chiqarib, ular noqulay ob-havo tufayli janglarni to‘xtatadilar. Bu esa Germaniya uchun sovet-german frontiga qo‘shimcha ravishda 27 diviziya, shundan 5 tasi tank diviziyasini tashlashga imkon yaratib beradi. 1943-yil martining ikkinchi yarmidagina Tunisda ittifoqchilarning hujumlari yangilanadi. 1943-yilning 13-mayida Tunisning eng shimoli-sharqiy chekkasi bo‘lgan Bon yarim oroliga siqib olib kelingan italyan-nemis qo‘shinlari taslim bo‘ladilar.
Ittifoqchilar qo‘liga 240 ming harbiylar asirga tushadi. Italyan-nemis qo‘shinlarining Tunisdagi umumiy talafoti 300 ming ofitser soldatdan ortib ketadi.
Ingliz va amrerika tarixshunosligida, Shimoliy Afrikadagi ittifoqchilarning bu harakatlari ikkinchi frontning ochilishi bilan bir xil degan tasdiqlar uchrab turadi. Biroq bu fikrni tasdiqlab bo‘lmaydi. Lekin, Sovet hukumati, ikkinchi front deb e'lon qilish uchun harbiy operatsiyalarda fashist Germaniyasining hech bo‘lmaganda 30-40 diviziyasini jalb qilingan holdagina sanash mumkin deb hisoblashini aytadi. Afrikadagi 1942-1943-yillardagi harbiy harakatlarda 17 italyan va nemis diviziyalari qatnashgan bo‘lsa, xuddi shu paytda sovet-german frontida Germaniya va uning ittifoqchilarining 262 ta diviziyasi qatnashgan. Cherchillning o‘zi I.V.Stalinga Shimoliy Afrikadagi ahvol to‘g‘risida xabar berayotganida, “Bu opersiyalarning o‘lchami Siz boshqarayotgan ulkan operatsiyalar bilan taqqoslaganda unchalik katta emas” deb aytadi. Afrikadagi harbiy harakatlar sovet-german urushi markazidagi voqealar teng kela olmaydi va uning bilan fashizm ustidan g‘alabada hal qiluvchi natijalarga kelib bo‘lmaydi.
Shimoliy Afrikaning egallash ittifoqchilarning yirik muvaffaqiyati xolos, hali bu bilan ikkinchi front ochildi degani emas.