Bog'liq XALQARO MUNOSABATLAR VA DIPLOMATIYA TARIXI LOTIN yangi
Birinchidan, bu sovet harbiy san'atining katta yutug‘i va urushda tub burilishning boshlanishi edi.
Ikkinchidan, ushbu g‘alaba Yaponiya va Turkiya davlatlarining SSSR bilan aloqalari “neytral” bo‘lishiga majbur qiladi.
Uchinchidan, Stalingard jangidagi g‘alaba fashistik blokning inqrozga uchrashini tezlashtiradi, nemis armiyasining ruhiy holatini keskin tushirib yubordi.
To‘rtinchidan, nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kuchlar harakatining yanada tezlashishiga juda qulay sharoit yaratiladi. Sovet Ittifoqida tuzilgan Yevropa davlatlari harbiy tuzilmalarining soni urush oxiriga kelib 550 mingdan oshib ketdi.
Stalingard jangidan keyin Sovet Ittifoqining dunyoda mavqyei ham keskin ko‘tarilib ketadi. Bosqinchilar ustidan g‘alaba nishonlanayotganda Buyuk Britaniya qiroli Georg VI Stalingard fuqarolariga faxriy qilich yuboradi, AQSH prezidenti Ruzvelt esa faxriy yorliq jo‘natadi. Unda sovet jangchilarining mardligi va jasorati alohida ta'kidlanadi. “Ularning shavkatli g‘alabasi, – deydi Ruzvelt – agressiya kuchlariga qarshi urushning tubdan o‘zgarishiga va bu kuchlar oqimining harakatgiga juda qaqshatqich zarba bo‘ldi”.
Kursk jangi .Stalingrad jangining bunday g‘alabasigi erishishiga 1943-yilning yozidagi Kursk ostonalaridagi janglar asosiy turtki bo‘lib xizmat qildi.
Germaniya ommaviy safabarlik e'lon qilib, erkaklarning 16 yoshdan – 65 yoshgacha, ayollarni esa 17 yoshdan – 45 yoshgachasi urush va harbiy ishlab chiqarishga chaqiriladi. Ommaviy ravishda kichik ustaxonalar, mehmonxonalar, restoranlar yopilib, undagi ishlayotgan ishchi va xizmatchilar bevosita harbiy zavodlarga jo‘natib yuboriladi. Nemislar ishchi kuchi yetishmovchiligini chet ellardan ishchilarni Germaniyaga olib kelishib to‘ldirardilar. Bulardan tashqari yana nemis-fashistlari bosib olingan davlatlar aholisidan tashkil topgan asirlar va konsentratsion lagerlar mahbuslarini juda og‘ir mehnat sharoitlarida ishlatishar edi.
1943-yilning yozlarga borib Germaniya harbiy kuchlarini biroz ko‘paytirishga va harbiy texnikasi sonini ham oshirishga erishadi. Tank, samolyot va boshqa qurollar ishlab chiqarish 1942-yildagiga nisbatan 70 %ga ortadi. “Tigr” va “Pantera” nomli harbiy tanklar va yangi samolyotlar ishlab chiqarila boshlandi. Harbiy texnika sonini ko‘paytirib “Sitadel” rejasi asosida urushda ustunlikni qo‘lga olishni ko‘zlagan edilar. Sovetlarning yirik harbiy gruppirovkasi joylashgan Kursk rayonida yangidan hujum qilishini oldini olgan holda, nemis-fashist qo‘mondonligi shartli ravishda “Sitadel” deb nomlangan operatsiyasini amalga oshirishga kirishadi. Ushbu operatsiyaga asosan Kursk yo‘nalishidagi Oryol va Belgorod rayonlaridan turib, Kursk yoyidagi (Kurskaya duga) joylashgan sovet qo‘shinlariga qarama-qarshi chiqib yo‘q qilishga qasd qiladilar. Gitler soldatlarga qilgan murojaatida shunday deydi: Kursk ostonasidagi “Ushbu ulug‘ hujumkor jang - olib borilayotgan butun urush davomida hal qiluvchi (tub burilish) ta'sir ko‘rsatadi”.
“Ommaviy safarbarlik” va Yevropada ikkinchi frontning hali ochilmganligi Germaniga yirik kuchlarini to‘plash uchun yaxshi imkoniyat yaratib bergan edi. Kursk yoidagi janglar uchun 50 ta diviziya, shundan 16 tasi tank diviziyasi mo‘ljallangan edi. Ushub yo‘nalishda jang qilish uchun sovet – german frontida ishlatilgan barcha tanklarning 70 %, samolyotlarning 65% mo‘ljallangan edi. Shunday haraktalariga qaramasdan gitlerchilar Sovet Armiyasidan umumiy ustunlikka erisha olmaydi. Sovet Harbiy kuchlari dushman harbiy kuchlaridan - shaxsiy tarkib bo‘yicha - 1,2 baravar, qurol-aslaha, tank va samolyotlar soni bo‘yicha ikki baravarga ortiq edi. Juda g‘aroyib manzara vujudga keladi, mudofaalanuvchi tomon hujum qilayotgan dushman tomonidan har jabxada ustunlikka ega edi.
Kursk yoyidagi Sovet qo‘mondonligi dushman rejalarini bilib qoladi, va uning hujumini o‘zining avvaldan tayyorlangan mudofaa kuchlari bilan kutib olib, hamda yangi kuchlarni ishga solib qarshi hujumga utish va dushmanni batamomom yakson qilishdan rejalashtiradi. Mudofaa bu rayonda 250-300 kilometrga ichkarigacha cho‘zilgan bo‘lib, juda ham mustahkam mudofaa tizimi tashkil qilinadi. Yaqinroqda joylashgan front ortidagi sovet qo‘shinlari zahiradagi Stepnoy fronti kuchlarini kengaytirishni avj oldirib yuboradi. Sovet razvedkasi dushmanning hujum boshlash muddati va yo‘nalishlarini oldindan belgilab bo‘lgan edi. Bir vaqtning o‘zida 100 mingga yaqin partizanlar sovet qo‘mondonligining buyrug‘iga binoan, “Rels urushi”ni boshlab yuborib, bosqinchilar fronti ortida uzunligi 1000 km.dan ko‘proq temir yo‘llar, ko‘priklarni portlatib yuborib dushmanga misli ko‘rilmgan talafot yetkazadilar. 1943-yilning 5-iyulidagi nemis-fashistlarining bosqinchilik hujumi barbod bo‘ladi. Proxorovka qishlog‘i ostonasidagi tank jangi ikkinchi jahon urushidagi janglarning eng yirik shafqatsizi deb e'tirof qilinadi. Bu jangda ikkala tomondan 1200 tank va o‘zi yurar qurollar (to‘p, zambarak, artilleriya qurollari, zenit to‘plari) jangga tushirilgan. Shuning uchun ham bu jang tarixda “tanklar jangi” deb nomlanadi.
Ayniqsa havo janglarida uchuvchilarning qahramonliklari juda ham tahsinga sazovor edi. Ushbu janglarda sovet jangchilari bilan bir qatorda “Normandiya” deb nomlangan fransuz aviatsiyasi ham fidokorona jang qilgan.
Sovet Armiyasi dushmanning hujumini qaytarib, qarshi hujumga o‘tadi. 5- avgusda Oryol va Belgorod ozod qilinadi. Ushbu kunni nishonlash uchun Moskvada birinchi marta bayram salyuti uyushtiriladi. Keyinchalik Sovet Armiyasi xar-bir katta g‘alabasidan so‘ng xuddi shunday salyut uyushtirish an'ana tusiga kirgan edi.
Kursk yoyidagi jang 23-avgustda Xarkovni ozod qilish bilan yakunlanadi.
Jang 50 kun davom etgan bo‘lib, u o‘zining o‘lchamlari bo‘yicha Moskva va Stalingrad janglaridan ham o‘tib ketgan edi. Moskva ostonasidagi janglarda ikkala tomondan - 1,5 mln, Stalingrad jangida – 2 mln. kishi ishtirok etgan bo‘lsa, Kursk yoyidagi janglarda – 4 mln. kishi qatnashgan. Bu jang Germaniyani juda ham bezovta qilib qo‘ygan edi. Shundan so‘ng va hatto urush tugagunga qadar ham Germaniya qo‘shinlari faqat mudofaalanishga majbur bo‘ladilar. Bu janglardan keyin sovet qo‘shinlarining yangidan-yangi zafarli yurishlari boshlanadi. Qizil Armiya Donbass va Levoberejnaya Ukrainani ozod qiladi. Bu bilan Qizil Armiya nemis-fashistlarning Dnepr chegaralaridagi mudofaa tashkil qilish rejalarini barbod qiladi. Qizil Armiyaning urush davomida orttirgan harbiy hunarining takomillashgani sabab, ular Dneprni kechib o‘tib, 1943-yilning 6-noyabr kuni Ukrainaning poytaxti – Kiev shahrini nemis-fashist bosqinchilaridan ozod qiladilar va o‘ng qirg‘oqni ozod qilish uchun yana ilg‘or qadam tashlaydilar.
Sovet–german markazi chizig‘ida sovet qo‘shinlari Bryansk, Gomel, Smolensk, Belorussiyaning sharqiy qismini bosqinchilardan ozod qiladilar. Muntazam armiyaga partizanlar juda katta yordam ko‘rsatdilar. 1943-yili ular 5 dan ortiq qo‘poruvchilik ishlarini uyushtiradilar. 1942 – yilga nisbatan bu-yili ular 4 martadan ko‘p fashistlarga har xil ko‘rinishda talafot yetkazadilar.
Sovet qo‘shinlarining hujumlari natijasida 188 dushman diviziyasi tor-mor qilinadi. Germaniya quruqlikdagi armiyasi 1400 dan ziyod askari va yirik sondagi harbiy texnikasini yo‘qotadi.
Sovet qo‘shinlari zarbalari ostida, chekinayotgan gitlerchilar shaharalar va qishloqlarni yondirar, tinch aholini qiynoqqa solar, va ularni Germaniyaga haydab ketardilar. Fashistlarning eng og‘ir yovuzliklariga birgina Minsk viloyati Xatin qishlog‘idagi yovuzliklarini misol qilishimiz mumkin. Bosqinchilar 1943-yili Xatin qishlog‘idagi barcha uylarni yoqib yuboradilar va butun aholisin o‘ldirib yuboradlar.
Ikkinchi jahon urushida tub burilish davrini tahlil qilib ko‘rganimizda, sovet–german urushidagi sovet qo‘shinlarining xizmatlarini yuqori baholaganimiz holda, biz g‘alabaning ta'minlanishida Gitlerchilarga qarshi koalitsiya qatnashchilarining ham xizmatlari katta bo‘lganligini yoddan chiqarmasligmiz darkor.