Namangan davlat universiteti fizika matematika fakulteti fizika kafedrasi


Umumiy o`rta ta’lim maktablarida fizika kursi va uni o’qitish



Download 1,42 Mb.
bet7/43
Sana01.08.2021
Hajmi1,42 Mb.
#134847
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   43
Bog'liq
umumiy orta talim maktablarida fizika oqitishda elektr olchov asboblaridan foydalanish

1. Umumiy o`rta ta’lim maktablarida fizika kursi va uni o’qitish.

Fizika asosini fundamental nazariyalar tabiat qonunlari ilmiy tushunchalar tashkil etgan nazariy fanlar hisoblanadi. Fizika mikroolam va kosmos zaryadlangan zarralar elektromagnit maydonda hamda shunga o’xshash xossalarga tegishli eksperimental detallarga hajm jihatidan ko’p materiallar faktlarga tayanadi. Fizik nazariyalarga maxsus nisbiylik nazariyasi va umumiy nisbiylik statistika va termodinamika tuzilish statistika va termodinamika zaryadlar va elementlar zarralar fizikasi kiradi.

Fizika o’zining amaliy funksiyasining hech qanday yo’qotmagan holda borgan sari nazariy fan bo’lib bormoqda uning asosiy qiymati tekshirish predmetiga kiradigan obyektlar kiradi. Darsning kengligi xuddi shuningdek kashf etiladigan qonunlarning xarakteri bilan aniqlanadi bu esa fizikani hozirgi zamon tabiat fanlari ichida bo’sh o’rinni egallashiga olib keladi.

Tabiat fanlari rivojlanishining hozirgi davri uchun jarayonlarini differensiallashtirish va integratsiyalashning dialektik birligi xarakterlaridir. Hozirgi paytda biz quyidagilarni, bir tomondan, fizika kimyo biologiyadan mustaqil bilim sohasi bo’lib ajralib chiqqan bir qator fanlarni boshqa tomondan esa fizika metodlarining kimyoga (kvant kimyosi, termodinamik va kinetik) fizika va kimyo metodlarning biologiyalarga (molekulyar biologiya) kirib borganini fizika kimyo biofizika shu kabilar singari energiyaviy fanlar hosil bo’lganini bulardan bir qator obyektlari va tekshirish metodlari bir xil bo’ladi. Eslatib o’tamiz diferensiyalash asosan o`zining obyektiv mazmuniga ko’ra fanning bo’linish natijasida hisoblanadi. Inegratsiya esa uning chegarasi fan mazmunining har tomonlama nazariy o’sishi bilan umumiy fundamentlar nazariy tekshirish metodlarini ishlab chiqarish bilan bog’langan.

Fizikaning fan sifatidagi ko’rib chiqilgan o’ziga xos xususiyatlari fizikaning o’quv predmeti sifatidagi muhim belgisi ham aniqlanadi. Har qanday o’qitish singari fizikani o’qitish ham umumiy didaktik maqsadlarini o’quvchilarning ma’lumot tarbiya olishlarini rivojlantirishlarini ko’zlaydi. Bu maqsadlar orasida mazmunining bo’yicha ham amalga oshirish metodlari bo’yicha ham hech qanday aniq yo’q bo’lishi kerak.

Fizika kursining zamonaviylashgan turi masalalarining ham yangicha tekshirish metodlarini va fikrlash usullarini qo’llanilishi ko’zda tutiladi. Shuningdek sistemalashtirishni kuchaytirish va umumiy g’oyalar asosida bilimlarni umumlashtirishni hisobga oladi. Bunga o’quv materiallarini aniq tanlash o’quvchilarning yosh hususiyatlarini hisobga olgan holda olib boradi. Maktab fizika kursining mazmuni va tuzilishi bilish nazariyasi bilan uzviy ravishda bog’langan. O’quv materiallarni va uni o’rganish jarayonini shakli xususiyati o’qitishda dialitik bilish qonunlarining imkonsiz hisoblanadi. Fizika fani va o’quv predmeti sifatida oddiy material tuzilishini va material harakatining boshlang’ich shakllari bilan ish ko’radi. Ularning qonuniyatlarini fizik tushunchalardan nazariyalardan izlab topiladi va umumlashtiriladi. Moddiy obyektlar hodisalar va ular orasidagi bog’lanish qonuniyatlarini bilish jarayoni qanday sodir bo’ladi? Bilish jarayoni va uning oxirgi mahsulotlari bo’lgan tushuncha kuzatilishlardan umumlashtirishlarga o’tish qanday sodir bo’ladi ?

Eng muhimi shuki bilish jarayoni tarixiy xususiyatlarga ega. Shu yillar davomida amalga oshirilgan ijtimoiy bilish jarayonida yangi bilimlarni olish uchun va ishlab chiqarish faoliyatida to’planadigan xuddi shuningdek ularni o’qitishda yosh avlodga bilim berib borish mo’ljallangan umumlashtirish shakllari ishlab chiqilgan Fizika fanida bilish jarayoni va umumlashtirish shakllari nazariy umumlashtirishga mos keladi. Nazariy umumlashtirishning rivojlanishi ketma-ketligini ko’rib chiqamiz.

I-bosqich: Faktlarning to’planishi va tahlili hamda ularning insonning predmet –material faoliyati jarayonida bog’lanishi. O’qitish jarayonida bog’lanish. O’qitish jarayonida bu maxsus ajratib olingan faktlarning o’rganish va tahlil qilish ularni o’rganilgan narsalar bilan taqqoslash va qonunlarga olib keluvchi kuzatish eksperimenti.

II-bosqich Abstraksiyalash aniq hodisalardan chetga tortish va u yoki bu model shakllaridan foydalanib umumlashtirishning taorifi fizik kattalik qonuni yoki tenglama postulot va postulotlardan sistemasi haqida tushunchalar.

III-bosqish Asosiy qonuniyatlardan abstrakt formula qonun prinsiplardan muhim bo’lgan barcha aniq yakun va xulosalarni olish va muhokama etish va matematika xulosa metodlari orqali amalga oshiriladigan bilimlarni yakunlovchi o’ziga xos rivojlantiruvchi bosqichdir. Fizika fanining o’ziga xos xususiyatlari shuningdek va parametrlarning son qiymatini olish uchun xulosa chiqarish jarayonida tez-tez eksperimentalga murojaat etishga to’g’ri keladi.

IV-bosqich. Olingan bilimlarni aniq fizik obyektlarga va hodisalarga qo’llash. Ijtimoiy-tarixiy jarayonda bilish va bu odamlarning material ishlab chiqarish faoliyati o’qitish jarayonida tabiat hodisalarini sanoat va ishlab chiqarish jarayonlarini xulosalarini va shu kabilarni tushuntira olishdir.

Nazariy umumlashtirishning aytib o’tilgan bosqichlari o’qitish bosqichlariga mos keladi. I faktor, II model, III xulosa, IV eksperiment. Moddiy dunyo obyektlaridan ideal dunyoda o’tadigan rasmiy ma’nosidagi mantiqiy tushunchalar yo’qligini takidlab o’tish kerak. Bu ma’noda rasmiy mantiqiy boshlang’ich holatda prinsiplardan xulosaviy bilimlar bilan chegaralangan mos ravishda indeksiya va deduksiya ayrim boshlang’ich holatlardan xulosalar chiqarish metodlari hisoblanadi, ammo umumlashtirish metodlari emas.

Umumta’lim maktablarda fizika ta’limining ahamiyati uning fan-texnika taraqqiyotida ishlab chiqarish sohalarida va kundalik hayotda tutgan o’rni bilan belgilanadi. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida fizika fanini o’qitish orqali o’quvchilarni ilmiy dunyoqarashini , mantiqiy fikrlay olish qobiliyatini, aqliy orqali o’quvchilarni rivojlanishini, o’z-o’zini anglash salohiyatini shakllantirish va o’stirish, ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlarini tarkib toptirish hamda ijtimoiy hayotlari va ta’lim olishini davom ettirishlari uchun zarur bo’lgan bilimlar beriladi.

Umumiy o’rta ta’lim maktablarida fizika ta’limining asosiy vazifalari:



  • o’quvchilarni fizik hodisalar , tushunchalar, kattaliklar, modellar, qonunlar, o’lchashlar, fizikaning amaldagi tadbiqlari,olamning fizik manzarasiga oid bilimlar bilan tanishtirish;

  • o’quvchilarni fan-texnika taraqqiyoti, fizika qonunlarining amalda qo’llanilishi bilan tanishtirish;

  • koinot tuzilishi va undagi hodisalar haqidagi bilimlar berish orqali ilmiy dunyoqarashni rivojlantirish;

  • buyuk mutafakkirlarimiz va hozirgi davrdagi vatanimiz fizik olimlarining faoliyatlari bilan tanishtirish,ta’lim mazmunini tevarak atrofdagi mahalliy va tarixiy materiallar bilan boyitish orqali o’quvchilarni milliy va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash;

  • ta’lim mazmunini ijtimoiy hayot va texnika taraqqiyoti bilan bog’lash orqali o’quvchilarni ongli ravishda kasbga yo’naltirish, o’rta maxsus yoki kasb-hunar ta’limi muassasalarida o’qishni davom ettirishlari uchun zamin tayyorlash;

  • fizikaga oid asbob va uskunalardan foydalanish, sodda o’lchov va tajriba ishlarini bajarish, ularning natijalari asosida xulosalar chiqarish, havfsizlik qoidalariga rioya qilish malakalarini shakllantirishdan iboratdir.

Fizika fani hozirgi zamon texnikasining nazariy asosi ro’lini o’ynay boshladi, ko’p sohalar elektrotexnika, radiotexnika, elektronika, yadro energetikasi va shu kabilar) fizika kashfiyotlar asosida paydo bo’ladi. Shu bilan fizikaning tabiatshunoslik sohasi sifatidagi ahamiyati va o’rni belgilanadi. Fizika asosini fundamental nazariyalar , tabiat qonunlari, ilmiy tushunchalar tashkil etgan nazariy fan hisoblanadi.

Fizika mikroolam va kosmos, zaryadlangan zarralar va elektromagnit maydondan hamda shunga o’xshash xossalarga tegishli eksperemental dalillarga hajm jihatdan ko’p material faktlarga tayanadi. Fizik nazariyalarga maxsus nisbiylik nazariyasi va gravitatsiya, klassik va kvant mexanikasi qattiq jism fizikasi va moddalarning tuzilishi , statistika va termodinamika, yadro va elementlar, zarralar fizikasi kiradi.

Fizika rivojlanishida birinchi o’rinda moddalarning (qattiq jismlar, suyuqliklar,gazlar) xossalarini hamda tabiat hodisasalarini (issiqlik,tovush,yorug’lik,elektr, Magnit va h.k) tekshirish va ularning tafsiloti qo’yilar edi. Bu davrda fizika, kimyo, geografiya, biologiya, tabiat fanlaridan farq qilmas, bularning asosiy mazmunini tabiatning u yoki bu obyektiv aniq ma’lumotlarini sistemalashtirish hisoblanadi. Ammo fizika rivojlanishida tekshirilayotgan obyektlar orasida farq sifat emas, hatto miqdoriy farqlar ham sezila boshladi. Bu fizik tekshirishlarga matematik apparatni qo’llash imkonini berdi, bu esa eng muhim oqibatlarga olib keladi. Huddi shu yo’l bilan tabiat hodisalarda fundamental qonuniyatlar ochilgan va sistemalashtirilgan edi. Shular jumlasiga quyidagilar kiradi: Nisbiylik prinsipi va energiya prinsipi ( G.Galiley), tortishish va dinamika qonunlari ( I.Nyuton), elektrodinamika tenglamalari ( J.K Maksvell)

Relyativizm prinsiplari va fazo vaqtning fizik xossalari ( A.Enshteyn), Kvant prinsplari ( M.Plank va H.Bor) va shu kabilar. Shular asosida fundamental fizik nazariyalarni yaratish imkoniyati vujudga keldi. Nyuton relyativistlik yaratish imkoniyati Kvant mexanikasi,elektron nazariya, klassik va kvant statistikasi va shu kabilar.

Bular bir tomondan hozirgi zamon fizikasi o’rganadigan hodisalar sonini benihoya o’sishiga, boshqa tomondan esa fizikani sistemalashtiruvchi va evristik ahamiyatga benihoya darajada o’sishiga olib keldi. Nihoyat fizik nazariyalar boshqa bir qator tabiat fanlarning asosi bo’lib qoldi, masalan kimyoning (kvant mexanikasi, termodinamika, kinetik), kosmoligiyaning (umumiy nisbiylik nazariyasi, yadro fizikasi va shu kabilar), bir qator texnik fanlarning; elektrotexnika, radiotexnika va shu kabilar teplotexnika, gidromexanika, gazlardinamikasi, elektronika shu kabilar. Bulardan ayrimlari o’z vaqtida fizikadan ajralib chiqdi va mustaqil bo’lish huquqini egallab oldi. Ammo ular asosan o’zlari uchun nazariy asos hisoblangan fizikaga tayanadilar.

Shunday qilib, fizika o’zining amaliy funksiyasini hech qanday yo’qolmagan holda ,borgan sari nazariy fan bo’lib bormoqda. Uning asosiy qiymati uning tekshirish predmetiga kiradigan obyektlar doirasining juda kengligi huddi shuningdek kashf etiladigan qonunlarining harakteri va universalligi bilan aniqlanadi, bu esa fizikani hozirgi zamon tabiati fanlari ichida bosh o’rinni egallashga olib keldi.

Tabiat fanlari rivojlanishining hozirgi davri uchun jarayonlarni differensiallash va integrallashtirishning dialektik birligi harakterlikdir. Hozirgi paytda biz quyidagilarni bir tomondan fizika, kimyo, biologiyadan mustaqil bilim sohasi bo’lib ajralib chiqqan bir qator fanlarni, boshqa tomondan esa fizika metodlarinig kimyoga (kvant kimyosi metodlarining) biologiya (molekulyar biologiya, radiobiologiya), kirib borganini fizika, kimyo, biofizika va shu kabilar singari chegaraviy fanlar hosil bo’lganligini, bularda bir qator fanlarning obyektlari va tekshirish metodlari bir xil bo’ladi. Eslatib o’tamiz, differensiallash asosan o’zining obyektiv mazmuniga ko’ra fanning bo’linish natijasi hisoblanadi,integratsiya esa uning teskarisi ,fan mazmuninig har tomonlama, nazariy o’sishi bilan umumiy fundamental nazariya va tekshirish modellarini ishlab chiqish bilan bog’langan.

Albatta agar fizika o’qitishga talab nuqtai nazaridan qaralsa, juda ko’p sondagi konsepsiyasi bilan niqoblanadi mutaxasisliklarni o’rganish jarayonida bayon etilishi mumkin bo’lgan,ularni egallash uchun fizikadan hech qanday bilimning yo zaruriyati mumkin bo’lgan oddiy tushuncha mutaxasislikni o’rganish jarayonida bayon etilishi mumkin bo’lgan oddiy tushuncha va qonuniyatlardan iborat ko’p miqdorda bo’lmagan bilimlar talab etiladi.

Har qanday o’qitish singari, fizikani o’qitish ham umumiy didaktik maqsadlarni o’quvchilarning, ma’lumot, tarbiya olishlarini va rivojlanishlarini ko’zlaydi. Bu maqsadlar orasida mazmuni bo’yicha ham hech qanday aniq chegara yo’q o’qitish jarayonida o’quvchilar bilim va mahorat oladilar, ammo shu bilan birga ularni tarbiyalash va rivojlantirish jarayonlari ham ketadi.

Shunday qilib o’qitish usuli yagonadir. Fizika o’qitishning ma’lumot berish maqsadini quyidagi ko’rinishda ifodalash mumkin:

fizika fanining asoslari, asosiy tushunchalari, qonunlari va nazariyalari bilan tanishtirish;

O’quvchilar ongida bizni o’rab olgan dunyoning tabiiy-ilmiy manzarasini shakllantirish:

Tabiiy-ilmiy tekshirish metodlarining asoslarini egallash;

O’qitishning maqsadlarini fizika kursini tuzilishiga, uning tuzilish elementlarining o’zaro munosabatlariga va shu bilan birga biz o’quvchilarda shakllantiradigan fikrlash uslubiga muhim ta’sir ko’rsatadi.

Haqiqatdan ham agar biz o’z oldimizdagi o’quvchilarga ma’lum miqdordagi faktik bilimlarni berishni maqsad qilib qo’ysak, u holda buni sof empirik holatda bajarish mumkin: eksperimental (demonstrasion yoki laboratoriya) ma’lum faktlar to’plami olinadi,bunda o’ziga hos tushunchaga kiritib, bu tushunchalar orasidagi bog’lanishni ifodalaydigan asosiy qonunlar ta’riflanadi. Biroq o’qitish jarayonida o’quvchilarning dunyoqarashi va ularning rivojlanishini tarbiyalash maqsadlari nazariy fikrlash uslubini to’g’ri shakllantirishni bilish modellarini ayna bir aks ettirishni talab etadi.Fizika tabiat fanlarining bir qismi sifatida eksperimental fan hisoblanadi va shunga mos ravishda fizika kursi eksperimental asosida tuzilishi kerak. Fizika o’qitishda,fizika fanidagi singari, eksperiment bir tomondan bilimlar manbai demak o’quv bilishning boshlang’ich nuqtasi hisoblanadi,boshqa tomondan fizikada eksperiment haqiqatining mezoni va shu bilan birga o’quv bilishning yakunlovchi bosqichi ham hisoblanadi.

Fizika o’qitishning maqsad va prinsiplari pedagogik jarayonda hammadan avval kursining mazmunida amalga oshiriladi. Uning ilmiy darajasi hozirgi zamon fanining taraqqiyoti darajasiga mos kelishi kerak, shu bilan birga bu kurs hajmi va bayon etilishining chuqurligi jihatidan ommaviy maktab o’quvchilari uchun tushunarli bo’lishi kerak.

Fizika kursini zamonaviylashtirilishi unga faqat zamon fizika masalalarini kiritishni emas,shu bilan birga klassik fizika masalalarini (ma’lum ma’noda hatto traditsion va fikrlash qismlarini ham yangicha,yangi tekshirish metodlarini va fikrlash usullarini qo’llanishini ko’zda tutadi, Shuningdek klassifikatsiyalanishni, sistemalashtirishni kuchaytirish va umumiy g’oyalar asosida bilimlarni umumlashtirishni hisobga oladi. Bunda o’quv materiallarini aniq tanlash o’quvchilarni yosh xususiyatini hisobga olgan holda olib oriladi.

Maktabda amaliy ishlarning katta tajribasini hisobga olib bu boshlanishlar maxsus qo’llanmada ochib berilgan. Fizika kursi uchun biofizika materialini uchta asosiy yo’nalishi bo’yicha tanlab olib ko’rsatiladi. O’quvchilarga qonunlarning ko’rsatishga imkon beradi, fizika qonunlarini tirik organizmga qo’llash mumkinligini ko’rsatsa, materiallar; biologiya va meditsinada keng qo’llaniladigan, ta’sir etish va tekshirish fizik metodlarini ko’rsatishga imkon beradigan materiallar va nihoyat ayrim yo’nalishlari va natijalari bilan o’quvchilarni tanishtiradigan materiallar.




Download 1,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish