8-sinf fizika kursining elektr bo’limi o’qitishning baozi jihatlari.
Ta’lim berishning tarixiy rivojlanishida pedagoglar o’qitishning juda ko’p usullarini topganlar.bu usullardan ayrimlari ko’pchilikni o’qitishga mo’ljallangan bo’lsa,ayrimlari individal o’qitishga qaratilgan usullar qo’llaniladi.
Bundan o’n-o’n besh yillar burun asosan o’qitishning maoruza usuli,suhbat metodi,seminar o’tkazish,referat yozdirish kabi usullari qo’llanilgan bo’lsa, keyingi yillarda o’qitishda ilg’or pedagogik texnalogiyalari keng qo’llanila boshlanadi. Ularga sinfni “Kichik guruxlarga bo’lish”,”O’zaro bir-birini o’qitish”, ”Munozara darslari”, ”Aqliy hujum”, ”Ishbilarmonlik o’yinlari” ”Debatlar o’tkazish”,”Sinkveynlar” tuzish vahokazolarni keltirish mumkin. Ular bilan 6-9-sinfda fizika o’qitish yuzasidan chop etilgan o’quvchilar uchun metodik qo’llanmamizda tanishgansiz. O’quvchilarning davlat ta’lim standartlari bo’yicha egallashlari zarur bo’lgan bilim ko’nikma va malakalarini nazoratdan o’tkazish uchun test sinovlari va reytivg tizimi qo’llanilmoqda. Bunda qisqa muddatda maolum bobda o’rganilgan barcha mavzularni qamrab olgan holda, o’quvchilarni har tomonlama,yaoni ko’p darajali holda bilimlarni sinash imkoniyati mavjud bo’ladii.Joriy etiladigan o’quvchilar bilimini baholashning ko’p ballik reyting reyting tizimiga ko’ra joriy,oraliq va ijodiy faollik nazoratlari o’tkaziladi. Sinfda o’quvchilar soni ko’p bo’lishini hisobga olib,yuqorida keltirilgan o’qitishning ilg’or texnalogiyalari asosida darslar tashkil etilsa,o’quvchilarning barchasini joriy nazoratdan o’tkazishga imkoniyat yaratiladi.yuqori tashkilotlardan oraliq nazoratni o’tkazish uchun “Majburiy standart nazorat ishi”(MSNI) namunalari yuboriladi.Unga sosan o’qituvchi MSNI lar bankini yilma-yil yangilab to’ldirib borishi zarur. Ijodiy faollik bali olish hamma o’quvchi uchun majburiy emas.SHu sababli, ularni ijodiy ishlashga o’rgatish uchun vazifa hisoblanadi. Bu borada elektr kursining imkoniyatlari kattadir.Elektrlangan jismlarning o’zaro taosirini ko’rsatadigan asbob ipga osilgan zar qog’ozdan yasalgan silindrlar, elektroskop,dedektorli priyomnik kabilarni yasash va ishlatib ko’rsatish bo’yicha o’quvchilarga ijodiy ishlarni berish mumkin. Fizika fanini o’qitishda tajriba namoyishlarining ro’li kattadir.Lekin tajribalarda fizik jarayonlarning chuqur mazmuni kam ochilmaydi.Unda turli xil maydonlar va ularning ko’rinishi bevosita ko’zga ko’rinmaydi.Bundan tashqari ayrim jarayonlarni ko’rsatish uchun maktabda aynan mos keladigan asbob-uskunalar bo’lmasligi mumkin.Hozirgi kunda elektr o’lchov asboblari raqamli bo’lib,ularning displeyidagi yozuv uzoqdan ko’rinmaydi.O’qituvchi namoyishlari davrida uni hisobga olib,ko’zgular,iloji bo’lsa, ”video glaz” vositasida ularni kattalashtirib ko’rsatish imkoniyatlarini qidirish kerak.Bunday paytda kompyuter texnalogiyasidan foydalanish,uning imkoniyatlaridan foydalanib,hatto labaratoriya ishlarini bajarish mumkin bo’ladi.Hozirgi kunda elektr kursi bo’yicha darslikning “elektron versiyasi” yaratilib,sinovdan o’tmoqda.Shunga ko’ra,o’quvchi qo’lidagi asosiy darslik bilan birgalikda,o’qituvchining qo’lida “Elektron darslik” mavjud bo’lsa,o’tiladigan darslarning samaradorligi yanada yuqori bo’ladi.Chunki elektron darslikdagi rasmlar jonli bo’lib,harakatlar orqali fizik hodisalarning mazmunini ochish oson bo’ladi.
6-sinfda fizika o’qitishning asosiy maqsadi o’quvchilarni fanga qiziqtirish fizika bo’limlariga doir dastlabki maolumotlarni berish xisoblangan bo’lsa,7-9-sinflarda odamning fizik manzarasi shakllantiriladi va uni bilish usullari o’rgatiladi.bunda fizika kursining muhim vazifasi fizikaning texnika va turdosh fanlarni rivojlantirishdagi ro’li,kundalik turmushda ishlatiladigan asboblar,uskunalar,mahsulotlar ishlab chiqarishda qo’llaniladigan sanoat jihozlari bilan tanishtirishdan iborat. Shu bilan o’quvchilarni kasbga yo’naltirish ishlari olib boriladi.Bu kursni vazifasiga tabiatni o’rganishda ilmiy tadqiqotlar o’tkazishni o’rganish,uning elementlarining mustaqil ravishda bajartirish ham kiradi.
Kursni o’rganish jarayonida o’quvchilar ongiga milliy istiqlol g’oyalarini singdirish masalasi ham yechila borishi kerak. Shu maqsadda o’tmish vatandosh allomalarining fizikani rivojlantirishda qo’shgan xissalari,hozirgi kunda respublikamizda erishilgan muvafaqiyatlardan misollar keltirib o’quvchilarda milliy g’urur va iftixor tuyg’ulari shakllantirilishi kerak.
Fizika fanini o’qitishda o’quvchilarda mustaqil fikrlashni o’rgatish,tabiat hodisalarini mushohada qila bilish,xulosalar chiqarish va amaliyotda qo’llash kabi ko’nikmalarni shakllantirish kerak. 7-9-sinflarda fizika o’qitishning yan abir vazifasi fanning turli bo’limlarida o’rganilgan bilimlarni umumlashtira bilishdan iborat.Bu ayniqsa modda va maydon materiya harakatining turli shakllari,ish va energiya,fazo va vaqt energiyaning saqlanish va aylanish qonunlariga taalluqlidir.Bu sinfda fizika o’qitishning o’ziga xos tomonlari bor. Uning muhim xususiyati shundaki,mazkur kursda o’rganiladigan tushunchalar hodisalar bilan o’quvchilar oldin tanishmaganlar.
Bundan tashqari zaryadlangan jism,zaryadlanmagan jismlar,tashqi ko’rinishi,massasi vahokazolari bilan farq qilmaydi. To’k o’tayotgan o’tkazgich ham shunday.Shunga ko’ra ular ichidagi o’zgarish va jarayonlarni abstrakt fikrlash orqali o’quvchilarga yetkaziladi.Shunday abstrak tushunchalardan elektr va magnit maydon,elektromagnit tebranishlar va to’lqinlarni ham tasavvur qildirish uchun multimediyadan foydalanish yuqori samar aberadi.O’quvchilarga yangi tushunchalarni o’rgatishda ularning ahamiyatini kengroq ochish kerak bo’ladi.Masalan,elektr energiyasini ishlab chiqarish va undan foydalanish bo’yicha alohida “elektr energiyasi”, ”Elektrotexnika”, ”Sanoat elektronikasi”, ”Radioelektronika”, ”Radio va televideniya” kabi fanlar paydo bo’lganligi uqtiriladi. Mavzularning mazmunini ochishda tutli usullardan foydalanish zarur. O’qituvchiga yoqib qolgan qandaydir bir usul ketma-ket qo’llanilsa,o’quvchilar uchun zerikarli bo’lib qoladi va samaradorligi pasayadi. 8-sinfda ayrim formulalarni keltirib chiqarish foydadn holi emas.Bunda o’quvchilar bilan muammoli darslarni o’tkazish maqsadga muvofiqdir. Fizika hodisalar, qonunlar va nazariyalarni o’rganishda umumlashtirilgan rejalar tuzish maqsadga muvofiq. Masalan,biror-bir qonunni o’rganish quyidagi reja asosida amalga oshirilishi mumkin.
1. Qonunda qaysi fizik kattaliklar yoki hodisalar orasidagi bog’lanish ko’rsatilishi aniqlanadi.
2. Qonunning taorifi o’qilib,mazmuni haqida fikr yuritiladi.
3. Qonunning matematik ifodasi yoziladi.
4. Qonun qachon,qanday tajribalar asosida,kim tomonidan ochilganligi ko’rsatiladi.
5. Fan xonasida bu qonunni tasdiqlovchi qanday tajribalarni o’tkazish mumkin.
6. Qanday nazariya asosida qonun yuzaga keladi?
7. Qonunning amaliyotga yoki ilmiy-tadqiqotlarga tadbiqi yuzasidan misollar keltiriladi.
Bu rejadan faqat o’rgatish uchun emas,balki o’quvchilar bilimini nazorat qilishda ham foydalanish mumkin.8-sinfda fizika tajribalari va labaratoriya ishlari o’tkazish.
Fizik tajribalar-namoyish, kuzatish va labaratoriya ishlariga bo’linadi. O’quvchi tomonidan ko’rsatiladigan va mavzuni tushuntirishga yordam beradigan tajribalar namoyishlar deyiladi.Namoyishlarni yangi mavzu boshlanishi oldidan,baozan o’rtasida zaruratga qarab,oxirida ham ko’rsatishi mumkin.Namoyishlar odatda qisqa muddatli bo’ladi. (5-10 daqiqa)
Labaratoriya ishlari belgilariga ko’ra quyidagilarga bo’linadi: 1) mazmuniga ko’ra, 2) Bajarish usuliga va natijalariga ishlov berish (Kuzatish,sifat tajribalari,o’lchov ishlar va hokazo)larga ko’r: 3) o’quvchilarning mustaqil ravishda bajarishlariga ko’ra;4) didaktik maqsadlari(yangi mavzuni o’rganish,takrorlash,mustahkamlash,amaliy ko’nikmalar hosil qilish va tadqiq harakatlariga ko’ra: 5) o’quv jarayonidagi o’rniga ko’ra: 6) o’tkazilish joyi(sinfda,uyda) ga ko’ra: 7) tashkiliy usuli ( frontal,fiz. Fraktikum) ga ko’ra: 8) o’tkazilish vaqti (qisqa muddatli frontal tajribalar: to’liq soatda bajariladigan labaratoriya ishlari).bu ishlardan qaysi birlarini tanlash fan xonasida mavjud bo’lgan jihozlarga hamda o’qituvchi tomonidan qo’yiladigan aniq maqsadga bog’liq bo’ladi.Masalan,to’k kuchini reostat yordamida rostlash kabi ishlarda unchalik ko’p jihozlar kerak bo’lmaydi hamda bajarilishi qiyin bo’lmaganligidan frontal ravishda o’tkazish mumkin 8-sinfda 8 ta labaratoriya ishi bajariladi. Dasturda bu ishlarni bajarish uchun alohida soatlar ajratilgan. Labaratoriya ishlari mavzu o’rganiganidan so’ng uni mustahkamlash sifatida o’tkaziladi.Bu holatda o’rganilayotgan jarayonning “Yangi”ligi qolmaydi. SHunga ko’ra,baozi bir namoyishlarni mavzuni o’rganishdan oldin o’quvchilarning o’zlari bajarib ko’rganlari maoqul. Masalan yasli kondensator sig’imini hisoblash formulasini berishda undagi zaryad miqdorining plastinalar orasidagi masofaga,ro’para turish yuzasiga va qoplamalar oralig’iga qo’yilgan materialga bog’liq bo’lishi tajribada ko’rsatilib,keyinchalik undan sig’im formulasiga o’tish maqsadga muvofiq. Huddi shunday elektromagnit induksiya hodisasini o’rganishda turli g’altaklar bilan tajriba o’tkazilib,g’altakning induktivligini o’rganishga zamin yaratiladi.Baozi bir hollarda bajariladigan labaratoriya ishlari “izlanish” harakteriga ega bo’ladi. Ulardan tayyor natija,qonuniyat yoki formulaning to’g’riligi olinmasdan,kattaliklar orasidagi bog’lanish sifat harakteriga ega bo’ladi.Masalan,elektromagnit induksiya hodisasini o’rganishda galvanametr ko’rsatishi magnitning harakatlanish tezligi,g’altakdagi o’ramlar soniga bog’liq bo’lishi darslikda aytilgan.Lekin unda magnitning kuchli yoki kuchsiz bo’lishiga bog’liqligi aytilmagan.bir magnit o’rniga,ikkita magnit juftini olinsa, galvonometr ko’rsatishi qanday o’zgaradi,degan savol bilab tajribalarni o’quvchilarning o’zlari o’tkazsa,ilmiy izlanish boshlanadi.
Darslikda o’quvchilar uyda bajarishi lozim bo’lgan amaliy topshiriqlar keltirilgan.Ularda ham o’quvchilarni ijodiy fikrlashga yo’naltiradigan qirralari ko’p.
Labaratoriya ishlarini bajarish,hisob-kitoblar qilish,absolut va nisbiy hatoliklarni topish bilan yakunlanadi.Albatta,har bir bajarilagan o’lchov ishlari maolum aniqlik bilan amalga oshiriladi.Shunga ko’ra, olingan natija maolumotnomalarda keltirilgan qiymatlardan farq qiladi.Lekin labaratoriya ishini o’tkazishdan maqsad,biror-bir kattaliklar orasidagi bog’lanishni tog’ri topishdir.Oquvchilarni o’lchangan natijalarini jadvalga to’ldirish,ayniqsa,ulardan foydalanib grafiklar chizishga o’rgatish muhim masaladir. Chunki grafikda ikkita kattalik orasidagi bog’lanish yaqqol ko’zga tashlanib turadi.Shuningdek masala yechish ham asosiy bo’lim olishning bir turidir. Fizika masala deyilganda,kichik bir muammoni fikrlash,maolum qonuniyat va matematik formulalardan foydalanib yechish tushiniladi.Masala yechishda ham o’quvchilarda bilim,malaka,va ko’nikmalar shakllantiriladi.Masala mavzusini tanlashga qarab milliy istiqlol g’oyalarini o’quvchilarga ishonarli tarzda singdirish mumkin.Masalan,hozirgi kunda o’zbekistonda ko’plab elektr stansiyalar qurilganligi,sanoat,temir yo’l transporti elektrlashtirilganligi natijasifda ekalogik toza elektrovozlarning ishga tushganligi to’g’risida masala tuzish bunga misol bo’la oladi.Masalalar yechilish usuluga ko’ra og’zaki,hisoblash,grafik va eksperement o’tkazishga doir bo’ladi. Ularning biridan ko’proq foydalanish o’quvchilarning qiziqishini pasaytiradi. SHunday ekan,masala yechishning turlicha usullaridan foydalanish maoqul. Keyingi davrda o’quvchilar bilim, alaka, ko’nikmalarini test sinovlari orqali aniqlash yuqori samara bermoqda. Test sinovlari, odatda,maolum bir bob yoki chorak yakunida o’tkaziladi. Bobning yoki chorakning davomiyligiga qarab,test sinovlari soni ham turlicha bo’ladi. Test orqali qisqa muddat ichida ko’p sonli o’quvchilarning bilim darajasini aniqlash mumkin. Testlarda og’zaki hisoblashga va grafiklardan foydalanishga doir savollar qo’yiladi. Bir-biriga o’xshash javoblarni keltirish,o’quvchilarda mantiqiy mushoxada qilishlarini shakllantiradi.
Masalalar yechish og’zaki sinovlar bilan birgalikda o’quvchilarning fizikadan bilim, malaka va ko’nikmalarini nazorat qilish imkonini beradi. SHu sababli,nazorat yozma ishlari o’tkazilib turiladi. Ayrim hollarda og’zaki so’rov davrida bir yoki ikki o’quvchiga masala berilib doskada yechib berish so’raladi.
Uy vazifalarini bajarishda o’qituvchi o’quvchilarga barchaning bajarishi shart bo’lgan vazifalarni berish bilan birgalikda, o’quvchilarning hoxishiga ko’ra individual tarzda,juftlikga yoki kichik guruxlarda tashkil etilishi lozim. uy vazifalari ham bir necha variantda tayyorlanishi va o’quvchilar o’z hoxishiga ko’ra tanlashlari mumkin. Masalan 1-variantda yangi mavzu yuzasidan o’quv materialini takrorlash,savollarga javob topish,elektr zanjirining chizmasini chizish, 2-variantda o’quv materiali mazmunidagi atama va tushunchalardan foydalanib krosvord tuzish, 3-variantda batarealar bilan ishlaydigan turli o’yinchoqlarni olib kelish va ishlashini tushuntirish. Uy vazifalarini bunday shaklda berilishi o’quvchilar o’z imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda avval uy vazifasining yengilroq variantini, keyin murakkabroq variantini bajarishga o’tish o’z kuchi va bilimini sinab ko’rish imkonini beradi.O’quvchining bu boradagi har bir yutug’i o’qituvchi tomonidan o’z vaqtida rag’batlantirib turilishi,yutuq va kamchiliklarning qayd etilishi,kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida uyushtirilgan yordam o’z samarasini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |