Mavzu: Fanning differensiyasi va integratsiyasi.
Fan differensiatsiya va integratsiya jarayonlari XVI-XVII asrlarda differensiatsiya jarayonlari tufayli fan ikki tarmoqqa ajraldi:
a) falsafa;
b) xususiy fanlar.
Falsafaning taraqqiyoti o‘z navbatida bir qator falsafiy fanlarning shakllanishiga olibkeldi. Ayni vaqtda xususiyfan (matematika, fizika, astronomiya, geometriyavaboshqa)lar jadal rivoj topdi.
Integratsiya- ilmiy bilimlar (fansohalari)dagi yaqinlashuv jarayonlari, yangi oraliq fan sohalarining paydo bo‘lishiga olib keldi. Masalan kibernetika, gidrodinamika, kosmik nurlar fizikasi.
Matematikalashtirish, kompterlashtirish. Nazariylashtirish, va dialektikalashtirish. Nazariylashtirish fan mantiqiy asoslarining tajriba materiallaridan tobora uzoqlashib borishida namoyon bo‘lmoqda. Dialektikalashrish deganda, taraqqiyotning dialektik tamoyillarini, chunonchi rivojlantirish g‘oyasini ilmiy bilimlariga tatbiq etish nazarda tutiladi. Bunda sog‘lom aql va intuitsiyaga tayangan holda fikr yuritish muhim ahamiyat kasb etadi. Integratsiya (lot. Integeration-tiklash, to‘ldirish, birlashtirish. Integeryaxlit)
sintezlab bir butun qilib birlashtirmoq, mantiqiy yaxlit holga keltirmoq ma'nosida
tushuniladi. Ta'lim mazmunini integratsiyalash deganda o‘zaro uzviy aloqador, bir-
birini taqozo etadigan, kengaytiradigan, chuqurlashtiradigan o‘quv predmetlari
mazmunini sintezlash, ya'ni mantiqiy birlashtirib bir butun (yaxlit) holga keltirishni
tushunamiz.
Integratsiya (mujassamlashtirish) va differensiatsiya (tabaqalashtirish) bir-
biridan ajralgan holda mavjud bo‘lmaydi, biri ikkinchisidan kelib ham chiqmaydi,
balki ular har doim bir vaqtni o‘zida o‘rganilayotgan obyektning ikki tomoni sifatida
namoyon bo‘ladi. Ilmiy bilishda ulardan biri vaqtinchalik ma'lum ustunlikka ega
bo‘lishi ham mumkin. Masalani ikki tomonini fan-texnika taraqqiyoti natijasida
qishloq xo‘jaligini ishlab chiqarishida turli kasblarning paydo bo‘lishi, ya'ni
tabaqalanishini, mexanizatsiya, avtomatizatsiya va yana qo‘shma kasblar yoki keng
ixtisosli mutaxassislarning dialektik rivojlanishi ekanligini ko‘rsatish mumkin.
Integratsiyalashtirish jarayonlari hozirgi zamon ilmiy bilimlarining o‘zaro ta'siridan
farqli o‘laroq quyidagi yo‘nalishlarda kechishi mumkin: — alohida olingan fan
doirasida ichki ilmiy rivojlanish sifatida;
Do'stlaringiz bilan baham: |