DEPOZITAR DAVLAT
— ko‗p tomonlama shartnomalar tuzishda qatnashuvchi
va ana shu shartnomaning shartlariga muvofiq o‗z zimmasiga shartnoma matnini,
shartnoma ratifikatsiya qilingani, unga boshqa davlatlar qo‗shilgani to‗g‗risidagi
ma‘lumotlar, xujjatlarni saqlash burchini olgan davlat.
DEPOZITARIY
(lot.
depositum
– saqlash uchun berilgan narsa) — depozitlar
ishonib topshirilgan jismoniy yoki yuridik shaxs. D. fond bozoridagi kimmatli qog‗ozlar
(aksiya, veksel, sertifikat va b.)ni joylashtirish, saqlash va hisobga olish, muomala
harakatlarini qayd etish bilan bog‗liq ishlarni amalga oshiriladi (aksiyadorlik
jamiyatlariga, brokerlik idoralariga, investitsiya fondlari va b.ga xizmat ko‗rsatadi).
DEPRESSIYA
(lot.
depressio
– bosilish, susayish) — 1) iqtisodiy tanglik natijasida
va undan keyin boshlanadigan turg‗unlik davri. Bu davrda ishlab chiqarish o‗smaydi,
iqtisodiy jonlanish yuz bermaydi, ishsizlar soni ko‗payadi, narxlar bir me‘yorga kelgan
bo‗lsa ham tovar va xizmatlarga talab past bo‗ladi. Tovar zaxiralari ko‗paymaydi, uning
ma‘lum qismi arzon bahoda sotiladi. Arzon sotilgan mahsulotlar o‗rnini qoplash uchun
ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga, ish haqini pasaytirishga, mehnat
unumdorligini oshirishga qaratilgan choratadbirlar ko‗riladi. Tanglikdan keyingi D.
iqtisodiy tanglik yakuniy bosqichga o‗tganligini va iqtisodiyotda jonlanishni, so‗ngra
yuksalishni kutish mumkinligidan darak beradi. 2) ruhiy tushkunlik, ezilganlik holati.
DEPUTAT
(lot.
deputatus
– vakil etilgan, yuborilgan) — 1) qonunchilik yoki
davlatning boshqa vakillik organiga yoki mahalliy o‗zini o‗zi boshqarish organiga
saylangan shaxs, aholining ma‘lum qismi – o‗z saylov organi (sotsialistik deb atalmish
mamlakatlarda) saylovchilarning yoki butun millatning (demokratiya davlatlarida) vakili.
Deputat muvofiq keluvchi vakillik organida professonal asosda (ko‗pchilik demokratiya
davlatlarida) yoki noprofessional asosda, ya‘ni asosiy faoliyatini to‗xtatmay (sotsialistik
deb atalmish mamlakatlarda) ishlaydi.; O‗zbekiston Respublikasida – xalqning
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Qoraqalpog‗iston Respublikasi Jo‗qorg‗i
Kengesi, xalq D.lari viloyat, tuman va shahar Kengashlaridagi vakolatli vakili. Ularning
maqomi, vakolatlari, D.lik faoliyatining kafolatlari «O‗zbekiston Respublikasida
deputatlarning maqomi to‗g‗risida»gi O‗zbekiston Respublikasining qonunida belgilab
berilgan; 2) jamoa (guruh) tomonidan biron-bir topshiriqni bajarish uchun vakil qilingan
shaxs.
DEPUTAT MAQOMI
— davlat vakillik hokimiyat organlari deputatlarining
huquqiy maqomi bo‗lib, huquqiy normalar majmuasi bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |