66
ahamiyatga molik masalalar yuzasidan rasmiy tushuntirish berish yoki o‗z
nuqtai nazarini
bayon qilib berish haqida qo‗yilgan talabdir.
DEPUTATLARNING FRAKSIYALARI, BLOKLARI VA GURUHLARI
—
deputatlarning o‗zaro kelishuv asosida tashkil topgan birlashmalari. Deputatlar siyosiy
karashlari, kasbi, qiziqishlari bo‗yicha
rasmiy fraksiyalar, bloklar, doimiy va muvaqqat
deputatlar guruhlariga birlashishlari mumkin. O‗zbekistan Respublikasida D.f.b. va g.
faoliyati «O‗zbekiston Respublikasida deputatlarning maqomi to‗g‗risida»gi qonunda va
«O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining reglamenti»da belgilab berilgan.
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida ro‗yxatga olingan 4 ta fraksiya (O‗zbekiston
Xalq demokratik partiyasi, O‗zbekiston Liberal-demokratik partiyasi, «Adolat»
sotsial-
demokratik partiyasi, Milliy tiklanish demokratik partiyasidan saylangan deputatlar
fraksiyalari) va 2 ta blok (O‗zLiDeP, Milliy tiklanish DP,
Adolat SDPlaridan iborat
demokratik blok va o‗zini muxolifat deb e‘lon qilgan XDP) bor.
DEPUTATLIK ODOBI
— deputatlar parlamentda muomala qilish chog‗ida amal
qilishi lozim bo‗lgan ma‘naviy va axloqiy qoidalar yig‗indisi.
DEPUTATNING DAXLSIZLIGI
— demokratiya prinsipi; unga ko‗ra, davlat
hokimiyati vakolatli organining deputati shu organning roziligisiz
jinoiy javobgarlikka
tortilishi mumkin emas. O‗zbekistonda D.d. O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va
O‗zbekiston Respublikasining «O‗zbekiston Respublikasida deputatlarning maqomi
to‗g‗risida»gi qonuni bilan mustahkamlangan. Qonunga ko‗ra, Oliy Majlis deputati –
Oliy Majlisning, sessiyalar oralig‗idagi davrda esa – Oliy Majlis Kengashining; Jo‗qorg‗i
Kenges deputati – O‗zbekiston Respublikasining butun xududida Jo‗qorg‗i Kengesning,
sessiyalar oralig‗idagi davrda esa – Jo‗qorg‗i Kenges Raisining; viloyat, tuman, shahar
Kengashining deputati esa tegishli hududda tegishli Kengashning, sessiyalar oralig‗idagi
davrda esa – hokimning yoki hokim vazifasini ijro
etuvchi mansabdor shaxsning
roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, hibsga olinishi yoki sud tomonidan beriladigan
ma‘muriy javobgarlikka tortilishi mumkin emas. Oliy Majlis deputatiga nisbatan jinoiy
ish faqat O‗zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan, Jo‗qorg‗i Kenges
deputatiga nisbatan – O‗zbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki Qoraqalpog‗iston
Respublikasi prokurori tomonidan; viloyat va Toshkent shahar Kengashining deputatiga
nisbatan
jinoiy ish tegishli viloyat, Toshkent shahar prokurori yoki yuqori turuvchi
prokuror tomonidan, tuman, shahar Kengashining deputatiga nisbatan esa – tegishli
tuman, shahar prokurori yoki yuqori turuvchi prokuror tomonidan qo‗zg‗atilishi mumkin.
Oliy Majlis va Jo‗qorg‗i Kenges
deputatini majburan keltirish, ushlash, shun., uning
shaxsiy buyumlarini, yuki, transport, uy-joyi yoki xizmat xonasini ko‗zdan
kechirishga
yo‗l qo‗yilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: